II BOB. SI FAT TURKUMIDAGI DARAJA KATEGORIYSI
HAQIDA MA’LUMOT
2
.1. Oddiy daraja sifatlar haqida ma’lumot
Oddiy daraja deb belgining ortiq, kamlik munosabatini ifodalamaydigan va
bunda sifatlar daraja ifodalovchi vositalarga ega emasligiga aytiladi.
Demak, oddiy daraja shaklida sifatlar hech qanday qo’shimcha olmas
ekan, ya’ni nol ko’rsatkichga ega bo’ladi.
Sifatlarning ma’no jihatdan quyidagi turlari daraja ko’rsatish shakliga ega:
1
2
3
4
5
. Xususiyat sifatlari;
. Rang-tus sifatlari;
. Ma’za-ta’m sifatlari;
. Hajm-o’lchov sifatlari;
. Hid bildiruvchi sifatlari.
Makon, zamon sifatlari daraja shaklini ko’rsatmaydi.
1
. Xususiyat sifatlarining daraja korsatishi:
Bilsang men ham chaman o’lkamning sho’x va quvnoq, shod o’g’ilchasi.
“O’qish kitobi”, 106- bet.
Bu gapda, sho’x, quvnoq, shod so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan bo’lib,
hech qanday qo’shimcha olmagan, nol ko’rsatkichda ifodalangan.
Zukko va donishmand Amir Temur betakror siymodir.
“1-sinf O’qish kitobi”, 21- bet.
Bu misolda zukko, donishmand, betakror so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan,
Bobur dovyurak, epchil, kuchli, o’ta idrokli inson bo’lgan.
“3-sinf O’qish kitobi”, 167- bet.
Bu gapda, dovyurak, epchil, kuchli, idrokli so’zlari oddiy daraja shaklida
kelgan.
3
-4 sinflarda keltirilgan darsliklarda berilgan oddiy daraja shakliga
misollar quyidagicha:
Biz O’zbekiston nomi bilan dunyoga mashhur bo’lgan go’zal Vatanda
yashaymiz.
3-sinf O’qish kitobi”, 167- bet.
“
Bu gapda, go’zal so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan.
Musavvir oddiy, ammo buyuk narsalardan chiroyli rasm yaratibdi.
“1-sinf O’qish kitobi”, 98- bet.
Bu gapda, oddiy, buyuk, chiroyli so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan.
Mirzo Bobur yoshligidan ziyrak bola bo’lib o’sibdi.
“3-sinf O’qish kitobi”, 57- bet.
Bu gapda ziyrak so’zi oddiy daraja shaklida kelgan.
Har bir farzandki, oqil va dono bo’lsa, hech vaqt ota-onaning mehr haqqini
ado qilmoq kabi bo’lmag’usidir.
“4-sinf O’qish kitobi”, 4- bet.
Bu gapda, oqil va dono so’zlari oddiy daraja shaklida.
Yaxshi so’z bilan ilon inidan chiqar.
So’z yomon bo’lsa pichoq qinidan chiqar.
“3-sinf O’qish kitobi”, 196- bet.
Bu gapda, yaxshi va yomon so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan.
To’maris qayg’uli xabarni aytgan choparga dastlab ishonmadi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 218- bet.
Bu gapda qayg’uli so’zi oddiy daraja shaklida kelgan.
Yosh yigit ko’ngliga kelgan shubhani onasiga aytishdan ham qo’rqardi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 110- bet.
Bu gapda, yosh so’zi oddiy daraja shaklida kelgan.
Bizdan oyim xursand doim.
“
1-sinf O’qish kitobi”, 18- bet.
Bu gapda, xursand so’zi oddiy daraja shaklida kelgan.
Men yolg’iz o’zing uchun gul o’stirganingni bilmagan ekanman,- dedi xomush
ovozda dadasi.
-
“
4-sinf O’qish kitobi”, 199- bet.
Bu gapda, xomush so’zi oddiy daraja shaklida kelgan.
.Rang-tus sifatlarining daraja ifodalashi:
2
Ular koridorga kirishlari bilan g’alati voqeaning ustidan chiqib qolishdi:
har kuni bo’sh turadigan burchakda ustiga qizil mato yopilgan stol turibdi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 163- bet.
Bu gapda, qizil so’zi oddiy daraja shaklida kelgan.
Yoz kunlari Mahmudning bog’i oq, nimchang, ola, zangor, malla,
lojuvard va boshqa tus kapalaklarning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir
ko’rinishlarga kirar edi.
“3-sinf O’qish kitobi”, 3- bet.
Bu gapda, oq, nimchang, ola, zangor, malla, lojuvard so’zlari oddiy daraja
shaklida kelgan.
Bog’-rog’lar, o’rmon va yaylovlardagi bahorning yashil bo’yoqlarini
o’chirib chiqib, ularni zafar, pushti, zarg’aldoq ranglarga bo’yab chiqishi kerak
ekan.
“4-sinf O’qish kitobi”, 103- bet.
Bu gapda, yashil, pushti, zarg’aldoq so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan.
Qo’zichog’im qo’ng’ir, oq,
Qo’ngiroqli qo’zichoq.
“1-sinf O’qish kitobi”, 87- bet.
Bu gapda, qo’ng’ir, oq so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan.
3
. Maza, ta’m sifatlari:
Shirin xayollar zanjirini uzgisi kelmagandek, sukutda o’tirgan Alisher
o’rtog’ining aytganini eshitmadi.
4-sinf O’qish kitobi”, 121- bet.
Bu gapda, shirin so’zi oddiy daraja shaklida kelgan.
“
Qorabug’roxon shaharni ishg’ol qilib, saroydagi boyliklarni qo’lga
kiritdi, o’z askarlariga bozorni talatdi, ko’p imoratlarga o’t tushib ketdi,
achchiq tutun shaharni o’rab oldi.
“
4-sinf O’qish kitobi”, 109- bet.
Bu gapda, achchiq so’zi oddiy daraja shaklida kelgan.
.Hajm-o’lchov sifatlari:
Bobomiz millat, vatan sharafini hamma narsadan baland qo’ygan.
1-sinf O’qish kitobi”, 21- bet.
4
“
Bu gapda, baland so’zi oddiy daraja shaklida kelgan.
U boshini tik tutib (yuki uncha og’ir emasdi) o’ng tomondan yurib, katta,
hashamdor uylarni, baland daraxtlarni va uzoqdagi qor bilan qoplandan
tog’larni tomosha qilib borardi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 240- bet.
Bu gapda, katta, baland so’zlari oddiy daraja shaklida kelgan.
Koptok kabi dumaloq, u bizdan juda yiroq.
“2-sinf O’qish kitobi”, 110- bet.
Bu gapda, dumaloq so’zi oddiy daraja shaklida kelgan.
Senga osmon mehribon,
Keng qirlar saroy chechak.
“
1-sinf O’qish kitobi”, 104- bet.
Bu gapda, keng so’zi oddiy daraja shaklida kelgan.
.Hid sifatlari:
6
Hilvillab pishgan yoki endi yetilib kelayotgan olma-yu, o’riklarning xushbo’y
hidi anqiydi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 252- bet.
Bu gapda, xushbo’y so’zi oddiy daraja shaklida kelgan.
Misollardan ko’rinyaptiki, hid bildiradigan sifatlarining daraja ko’rsatishi
qaraganda kamroq uchrar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |