3
. Ma’za-tam sifatlari:
Tatib ko’rsa, qozondagi qiyom juda mazali emish, hidi juda yoqimli, o’zi
to’yimli emish.
2-sinf O’qish kitobi”, 108- bet.
“
Bu misolda juda mazali sifati orttirma daraja shakli bo’lib, maxsus so’z juda
so’zining oddiy darajadagi sifatdan oldin kelishi bilan ifodalangan.
Eng lazzatli Navro’z taomlaridan biri sumalak pishiriladi.
“2-sinf O’qish kitobi”, 107- bet.
Bu misolda eng lazzatli so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi
shaklidagi sifatdan oldin eng so’zini keltirish bilan ifodalangan.
-
Oyijon, ovqatingiz juda shirin bo’libdi, - dedi.
“2-sinf O’qish kitobi”, 43- bet.
Bu misolda juda shirin so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi
sifatdan oldin maxsus so’z juda so’zi kelishi bilan ifodalangan.
4
. Hajm-o’lchov sifatlari:
Jahongir shoh bu xunuk xabarni eshitdi-yu, saroyning eng baland minorasiga
chiqib, yov tomonga qarabdi.
“2-sinf O’qish kitobi”, 15- bet.
Bu misolda eng baland so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatdan
oldin eng so’zini keltirish bilan ifodalangan.
Bobokolonlari aytgan suv uchun, oziq-ovqat uchun bo’ladigan janglarning eng
o’g’ir pallasi boshlanganga o’xshaydi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 260- bet.
Bu misolda eng o’g’ir so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatdan oldin
eng so’zini keltirish bilan ifodalangan.
Dum-dumaloq barkash non ko’l yuzida suzadi.
“1-sinf O’qish kitobi”, 43- bet.
Bu misolda dum-dumaloq so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatning
birinchi bo’g’ini to’g’ridan-to’g’ri takrorlanib kelishi bilan ifodalangan.
Kap-katta bo’lib, mendan bug’doy so’ragani uyalmaysanmi? O’zing topib
yesang bo’lmaydimi?
“4-sinf O’qish kitobi”, 153- bet.
Bu misolda kap-katta so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatning
birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan takrorlanib kelishi bilan yasalgan.
Dunyodagi eng katta bu bog’ga turli yurtlardan nihollar keltirib ektiribdi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 228- bet.
Bu misolda eng katta so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatdan oldin
maxsus so’z: eng so’zi kelishi bilan yasalgan.
5
.Hid bildiruvchi sifatlar:
Dunyodagi eng xushboy narsani keltiring, - deb qolibdi.
1-sinf O’qish kitobi”, 27- bet.
-
“
Bu misolda eng xushboy so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi shaklidagi
sifatdan oldin maxsus so’z: eng so’zi kelishi bilan yasalgan.
Gulning hidi juda yoqimli ekan.
“2-sinf O’qish kitobi”, 100- bet.
Bu misolda juda yoqimli so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi shaklidagi
sifatdan oldin maxsus so’z: juda so’zi kelishi bilan yasalgan.
Demak, misollarni sifatlarning ma’no jihatdan ajratib orttirma daraja shakli
qanday yadalganini tahlil qilganimizda boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida hid
bildiruvchi sifatlarga kamroq misollar berilgan ekan.
Shuni aytib o’tish lozimki, boshlang’ich sinf o’qish kitoblaridagi matnlardan
to’plangan misollarni sinflar bo’yicha taqqoslaydigan bo’lsak, 1-3 sinf o’qish kitoblarida
orttirma daraja shakli matnlarda kamroq berilgan ekan.
2
-4 sinf o’qish kitobida yuqorida keltirilgan sinflarga qaraganda orttirma daraja shakliga
ko’proq misollar berilgan.
Bundan tashqari 4-sinf o’qish kitobida berilgan matnlar o’quvchilarning yoshiga
mos bo’lib, matnlarning soni ortib borganligi sababli, orttirma daraja shakli ko’proq
berilgan. Orttirma daraja shakli haqida yuqorida keltirilgan boblardagi ilmiy
adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarda orttirma daraja shaklining yasalishi turlicha talqin
qilinganligini ko’rib chiqgan edik.
III BOB. BELGI BILDIRUVCHI BOSHQA SO’Z
TURKUMLARIDAGI DARAJA KATEGORIYASI HAQIDA
Sifatlardan tashqari yana bir qancha belgi ifodalaydigan so’zlar guruhlari
ham belgini darajalab ko’rsata olish xususiyatlariga ega. Bularga ravish, fe’l
shakllaridan ravishdosh va sifatdoshlar kiradi. Albatta, bu guruh so’zlarning
daraja ifodalash xususiyatlari sifatlardagi kabi unumli bo’lmasa ham, baribir
tadqiq qilishga arziydi. Quyida biz shu haqda ma’lumot beramiz/
3
.1. Ravish turkumidagi daraja kategoriyasi haqida
Oldingi qismlarda aytganimizdek, ravish so’z turkumi ham sifat so’z
turkumi kabi daraja kategoryasiga ega. Ravish so’z turkumi daraja ko’rsatish
shakli ham sifat so’z turkumi kabi bosh daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja va
kuchaytirma daraja shakllariga bo’linadi.
Ravish so’z turkumining ma’no jihatdan holat ravishi, qisman payt
ravishi, daraja-miqdor ravishilari, qisman miqdor-sabab ravishilari daraja
ko’rsatish shakliga ega. Faqat biz topgan misollar ichida o’rin ravishilarining
daraja shakllariga xos misollar uchramadi.
Ravish so’z turkumining oddiy daraja shakliga boshlang’ich sinf o’qish
kitoblaridagi matnlaridan to’plangan misollarni sinflar bo’yicha taqqoslaydigan
bo’lsak, 1-2 sinf o’qish kitoblarida oddiy daraja shakliga misollar ozroq berilgan
ekan.
3
-4 sinf o’qish kitoblarida esa 1-2 sinf o’qish kitoblariga qaraganda ancha
ko’proq berilgan.
Ravish so’z turkumining oddiy daraja shakliga boshlang’ich sinf o’qish
kitoblaridan topilgan misollarni ravishlarning ma’no jihatdan turlarining
darajalanishini nazarda tutgan holda tahlil qilishni joiz deb bildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |