2
.2. Qiyosiy darajadagi sifatlar haqida ma’lumot
Oldingi qismda qiyosiy daraja shaklining ta’rifi va uning qanday
qo’shimcha olib yasalishi haqida to’xtalib o’tganmiz.
Qiyosiy darajadagi sifatlar bir predmetning belgisi boshqa predmetdagi
xuddi shunday belgining me’yordan sal kam ekanligini, qiyoslab, taqqoslab va
solishtirib ifodalab va oddiy daraja sifatlarga –roq qo’shimchasini qo’shish bilan
yasaladi.
Qiyosiy daraja shakllarini sifatlarning ma’no jihatdan topilgan
misollarning tarkibiga qarab quyidagi turlarga ajratib chiqdim.
1
. Xususiyatni bildiruvchi sifatlar:
Alisher indamadi, u maydonda chopib yurgan otlarning qaysi biri
suluvroq, qaysi biri chopqirroq degan hayol bilanband edi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 117- bet.
Bu misolda suluvroq va chopqirroq so’zlari qiyosiy daraja shaklida kelgan
bo’lib, oddiy daraja shaklidagi sifatlarga –roq qo’shimchasini olishi bilan
ifodalangan.
Bola-da, bola-dedi qaltirab bobom,-ammo yoshligi bor, sho’xroq,
kechiring taqsir-u ikki bukilib qayta-qayta iltimos qildi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 127- bet.
Bu misolda sho’xroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja
shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan.
Ilmdan yaxshiroq xazina bo’lmas.
“3-sinf O’qish kitobi”, 175- bet.
Bu misolda yaxshiroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja
shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan.
Mana shu asboblarni boshingga qo’yib hushyorroq yotasan mabodo
xo’kiz yomonlik qilgu-day bo’lsa, borib darrov bo’g’zidan pichoq tortib
yuborasanda meni chaqirasan.
“4-sinf O’qish kitobi”, 122- bet.
Bu misolda hushyorroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy
daraja shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan.
Dovdirroq doktor qanday shoshib kelgan bo’lsa, shunday shoshib chiqib
ketdi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 162- bet.
Bu misolda dovdirroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja
shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan.
2
. Maza-tam sifatlari:
Lag’mon unga kechagi ovqatdan ham shirinroq tuyuldi.
2-sinf O’qish kitobi”, 43- bet.
“
Bu misolda shirinroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja
shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan.
4
. Hajm-o’lchov sifatlari:
Keyin Qo’chqor akam meni ko’rib yurgandan ikki-marta kattaroq bir
shprisga haligi doridan to’ldirib oldi-da, saman toy jasadining besh-olti joyiga
ukol qildi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 185- bet.
Bu misolda kattaroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja
shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan.
Sayozroq jayga yetganida oyog’ini yerga tiramoqchi bo’lgandi suv zo’rlik
qilib suzib ketdi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 148- bet.
Bu misolda sayozroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja
shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan.
Demak, yuqorida boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida keltirilgan
misollarga nazar tashlaydigan bo’lsak, qiyosiy daraja shakli –roq
qo’shimchasini olgan holda yasalar ekan. Bundan tashqari, qiyosiy daraja
shaklining –roq qo’shimchasi gap tarkibida kuchaytirma, qiyoslash ma’nosida
keladi. Shuning uchun ayrim ilmiy adabiyotlarda sifat darajasining qiyosiy
daraja shaklini ozaytirma daraja shakli deb berilgan.
2
.3. Orttirma darajadagi sifatlar haqida ma’lumot
Orttirma daraja deb sifatlar belgisining me’yordan ortiq ekanligini
bildirgan sifatlarga aytiladi. Orttirma daraja shakli quyidagi usullar yordamida
hosil qilinadi:
1
) maxsus so’zlar yordamida. Bunda oddiy daraja shaklidagi sifatlardan
oldin eng, g’oyatda, bag’oyatda, zap, hammadan kabi so’zlarni keltirish bilan
ifodalanadi.
2
) birinchi bo’g’inni takrorlash yordamida. Bunda oddiy daraja
sifatlarning birinchi bo’g’ini to’g’ridan-to’g’ri yoki turli tovushlarning
o’zgarishlari bilan takrorlanishi orqali ifodalanadi.
Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida to’plangan misollarni tahlil
qilganimizda oddiy va qiyosiy darajalar orttirma darajaga nisbatan ancha kam.
3
-4- sinflarda ko’proq, 1-2- sinflarda kamroq berilganining sababi, o’qish
kitoblarida berilgan matnlarning murakkablashib borganligida va
o’quvchilarning bilim darajasining kengayib borishiga bog’liq. Matnlardan
olingan misollarda orttirma daraja shakli quyidagicha ifodalangan.
1
. Xususiyatni bildiruvchi sifatlar:
Navro’z bayrami elimizning eng yaxshi udumlaridan biri bo’lib qolgan.
3-sinf O’qish kitobi”, 152- bet.
“
Bu misolda eng yaxshi so’zi orttirma darajada bo’lib, oddiy darajadagi sifatdan
oldin maxsus so’z hisoblangan eng so’zi yordamida ifodalangan.
Keyin ichkarida: Nihoyatda odobli ekan, ota-onasiga ming rahmat deb
havas qilishadi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 129- bet.
Bu yuqorida berilgan misolda nihoyatda odobli so’zi orttirma daraja bo’lib,
oddiy darajadagi sifatdan oldin keltirilgan nihoyatda so’zi yordamida
ifodalangan.
Bolalar orasida g’oyat chiroyli, lekin o’taketgan dimog’dor bir qizcha
ham bor ekan.
“4-sinf O’qish kitobi”, 234- bet.
Bu misolda g’oyat chiroyli so’zi orttirma daraja shakli hisoblanadi, chunki
oddiy darajadagi sifat oldidan maxsus g’oyatda so’zi yordamida orttirma daraja
shakli yasalgan.
Laylakvoy juda saxiy ekan debdi.
“2-sinf O’qish kitobi”, 141- bet.
Bu misolda juda saxiy so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi
sifatdan oldin juda so’zini keltirish bilan yasalgan.
2
. Rang-tus sifatlari:
Kunlar isigan sayin qor tog’ tomonga chekinib, vodiyga yam-yashil gilam
to’shala boshladi.
2-sinf O’qish kitobi”, 102- bet.
“
Bu misolda yam-yashil so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi
sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishlari bilan takrorlanib ifodalangan.
Oldingi u kichkina edi, uch kundan keyin esa piyoladek keladigan qip-
qizil atirgulga aylandi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 199- bet.
Bu misolda qip-qizil so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi
sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishlari bilan takrorlanib yasalgan.
-
Abdulla sap-sariq uzum yaprog’ini u yoq-bu yoqqa surib mo’raladi.
3-sinf O’qish kitobi”, 66- bet.
“
Bu misolda sap-sariq so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi
sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishlari bilan takrorlanib ifodalangan.
Tashqarida yomg’ir shig’illab quyar, osmonni esa qop-qora bulut qoplab
olgan edi.
4-sinf O’qish kitobi”, 160- bet.
“
Bu misolda qop-qora so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi
sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishlari bilan takrorlanib ifodalangan.
Ko’m-ko’k palaklar ichida sarg’ayib qovunlar ko’rinadi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 26- bet.
Bu misolda ko’m-ko’k so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi
sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishlari bilan takrorlanib ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |