3
.1.1 Oddiy darajadagi ravishlar
Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida oddiy daraja shakliga topilgan
misollar quyidagicha:
. Holat ravishi:
Quyosh bobo tog’lar orasidan sekin o’rmonga mo’ralabdi.
2-sinf O’qish kitobi”, 123- bet.
1
“
Bu misolda sekin so’zi oddiy daraja shakli bo’lib, hech qanday qo’shimchani
olmagan, faqat nol ko’rsatgichda ifodalangan.
Sinfga kirdi-yu xuddi orqasidan birov quvlab kelayotganday kitobni tez
papkasiga tiqdi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 165- bet.
Bu misolda tez so’zi oddiy daraja shakli bo’lib, nol ko’rsatgichda ifodalangan.
Hech kim yo’qligini ko’rgan Sharif bilan Xitoy asta yonimga
kelishdi.
“
4-sinf O’qish kitobi”, 205- bet.
Bu misolda asta so’zi oddiy daraja shakli bo’lib, nol ko’rsatgichda ifodalangan.
. Payt ravishi.
Ular safar oldidan avval xonadon sohiblari bilan xayrlashdilar.
2-sinf O’qish kitobi”, 106- bet.
2
“
Bu misolda avval so’zi oddiy daraja shaklida kelgan bo’lib, hech qanday
qo’shimchani olmagan, faqat nol ko’rsatgichda ifodalangan.
Keyin bir to’nka ustiga o’tirib olib sovg’alar yasabdi.
“2-sinf O’qish kitobi”, 83- bet.
Bu misolda keyin so’zi oddiy daraja shaklida kelgan bo’lib, hech qanday
qo’shimchani olmagan, faqat nol ko’rsatgichda ifodalangan.
3
. Daraja-miqdor ravishlari:
Turmushning ko’p sirlarini maktab o’rgatadi, - dedi Alisher.
1-sinf O’qish kitobi”, 26- bet.
“
Bu misolda ko’p miqdor ravishi oddiy daraja shaklida kelgan bo’lib, hech
qanday qo’shimchani olmagan, faqat nol ko’rsatgichda ifodalangan.
Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida maqsad-sabab ravishlarining oddiy
daraja shakliga misollar berilmagan ekan.
Demak, ravish so’z turkumining ma’no jihatdan daraja ko’rsatishi holat
ravishlarida ko’proq uchrar ekan. Chunki boshlang’ich sinf o’qish kitobida holat
ravishlarining daraja ko’rsatishining oddiy daraja shakliga misollar ancha ekan.
Payt ravishlarining daraja ko’rsatishining oddiy daraja shakliga misollar holat
ravishlariga qaraganda kamroq berilgan.
3
.1.2 Qiyosiy darajadagi ravishlar
Endi ravish so’z turkumining boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida berilgan
matnlarida qiyos daraja shakliga misollar vositasida tahlil qilib chiqamiz.
1
. Holat ravishi:
Ota-onangga izzat va hurmat qancha ko’p qilsang, ularning duosi shuncha
tezroq mustajob bo’lur.
“4-sinf O’qish kitobi”, 155- bet.
Bu misolda tezroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja
shakliga –roq qo’shimchasining qo’shilishi natijasida ifodalangan. Bu ravish
harakatning (mustajob bo’lmoq) qiyoslangan darajasini ko’rsatmoqda.
2
. Payt ravishi:
So’ngroq ipak matolardan, qog’ozdan kitob tayyorlashda foydalanishgan.
2-sinf O’qish kitobi”, 27- bet.
“
Bu misolda so’ngroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja
shakliga –roq qo’shimchasining qo’shilishi natijasida ifodalangan. Bu ravish
ham harakatning (foydalanishgan) qiyosiy darajasini ifodalagan.
Ovqatlanib bo’lganimdan so’ng oyim: - Darsingni keyinroq tayyorlaysan,
-
dedi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 202- bet.
Bu misolda keyinroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja
shaklidagi ravishga –roq qo’shimchasini olganligi natijasida yasalgan.
3
. Daraja-miqdor ravishlari:
Axir olamda tug’ilgan odamzodning biri ozroq, boshqa biri ko’proq
yashaydi, so’ng baribir vafot etadi.
“4-sinf O’qish kitobi”, 93- bet.
Bu misolda ozroq va ko’proq so’zlari qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib,
oddiy daraja shaklidagi daraja-miqdor ravishi –roq qo’shimchasini qo’shilish
bilan ifodalangan.
Maqsad-sabab ravishlarining qiyosiy daraja shakliga boshlang’ich sinf o’qish
kitoblarida misollar uchramadi.
Demak, yuqorida qiyosiy daraja shakliga berilgan misollarni ravishlarining
ma’no jihatdan taqqoslaydigan bo’lsak, daraja-miqdor va holat ravishlari payt
ravishlariga qaraganda ko’proq berilgan ekan. Shuni aytib o’tishim joizki, ravish
so’z turkumida ham qiyosiy daraja sifat so’z turkumi kabi –roq qo’shimchasini
olishi bilan gapning ma’nosini qiyoslab, kuchaytirib va ozaytirib kelar ekan.
3
.1.3 Orttirma darajadagi ravishlar
Buni ham ravishning ma’no guruhlari bo’yicha tadqiq qilamiz.
1
. Holat ravishlari:
Qish faslida, ayniqsa dekabr oyida juda tez qorong’i tushadi.
“3-sinf O’qish kitobi”, 78- bet.
Bu misolda juda tez so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy daraja shaklidagi
holat ravishidan oldin maxsus so’z juda so’zi kelishi bilan ifodalangan.
2
. Payt ravishlari:
Eng avval chumolilar yig’gan donlarini yashirib, issiqqina inlariga
joylashib olibdilar.
“2-sinf O’qish kitobi”, 79- bet.
Bu misolda eng avval so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy daraja shaklidagi
payt ravishidan oldin maxsus so’z eng so’zi kelishi bilan ifodalangan.
3
. Daraja-miqdor ravishlari:
Alisher Navoiy juda ko’p she’r va rivoyatlar yozgan.
1-sinf O’qish kitobi”, 7- bet.
“
Bu misolda juda ko’p so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy daraja shaklidagi
daraja-miqdor ravishidan oldin maxsus so’z: juda so’zi kelishi bilan ifodalangan.
Jahongir shohning askarlari esa juda oz ekan.
“2-sinf O’qish kitobi”, 15- bet.
Bu misolda juda oz so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy daraja shaklidagi
daraja-miqdor ravishidan oldin maxsus so’z: juda so’zi qo’llanishi bilan
ifodalangan.
Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida maqsad-sabab ravishlarining orttirma
daraja shakliga misollar uchramadi.
Orttirma daraja shakliga boshlang’ich sinf o’qish kitoblaridagi berilgan
misollarni ravish so’z turkumining ma’no jixatdan taqqoslaydigan bo’lsak, holat
ravishlari va payt ravishlariga qaraganda daraja-miqdor ravishiga misollar
ko’proq beilgan ekan.
Demak, ravish so’z turkumining daraja ko’rsatish shakllari sifat so’z
turkumining daraja ko’rsatishiga o’xshar ekan. Ravishlarda daraja
ko’rsatmaydigan o’rin ravishlari mavjud bo’lsa, sifatlarda esa zamon-makon
sifatlari daraja ko’rsatmaydi. Bunday ma’lumotlarni keltirishimizdan maqsad,
ravishlarning daraja shakllari: oddiy darajaning, nol ko’rsatkich orqali yasalishi,
qiyosiy darajaning –roq qo’shimchasini olishi, orttirma darajaning maxsus
so’zlar yordamida, birinchi bo’g’inni takrorlash yordamida yasalishlari
sifatlarning darajalanishiga o’xshab ketishini yanada ta’kidlab ko’rsatishdir.
3
.1.4 Kuchaytirma darajadagi ravishlar
1
. Holat ravishlari:
Bahor kelgan bo’lsa-da, mart oyi boshlarida ob-havo tez-tez o’zgarib turadi.
“2-sinf O’qish kitobi”, 88- bet.
Bu misolda tez-tez so’zi kuchaytirma daraja shakli bo’lib, oddiy daraja
shaklidagi holat ravishi takrorlanishi orqali yasalgan.
3
.2 Ravishdoshlarda daraja kategoriyasi
Oldingi qismlarda ilmiy adabiyotlardan ravishdoshlarning qisman daraja
ko’rsatishi haqidagi ma’lumotlarni ko’rib chiqqandik. Biz bitiruv malakaviy
ishimizning mana shu qismini yoritishda, ayrim ilmiy adabiyotlarda
ravishdoshlarning daraja ko’rsatishi berilgan misollarni inobatga olgan holda
oldingi qismlarda ravishdoshlarning ta’rifini va uning ravish so’z turkumi kabi
daraja ko’rsatish shakllari: oddiy daraja, qiyosiy daraja va orttirma darajalarni
ko’rsatishi haqida ma’lumotlar beramiz va ularni boshlang’ich sinf o’qish
kitoblaridagi topilgan misollar orqali isbotlashga harakat qilamiz.
Boshlang’ich sinf o’qish kitoblaridagi daraja ifodalagan ravishdoshlar
bo’yicha topilgan misollarni sinflar bo’yicha taqqoslaydigan bo’lsak, 1-2-
sinflarda kamroq berilgan, 3-4-sinflarda esa ularga qaraganda ko’proq berilgan.
Biz boshlang’ich sinf o’qish kitoblaridagi topilgan misollarni
ravishdoshlarning ma’no jihatdan qisman darajalanishini tahlil qilishni joiz deb
bildik.
3
.2.1 Oddiy darajadagi ravishdoshlar
1
Do'stlaringiz bilan baham: |