o’ta, benihoyat, nihoyat, nihoyatda kabi.
Ravishlar ham sifat so’z turkumining belgini darajalab ko’rsatish
xususiyatiga ega: oz, ozroq, eng oz, nihoyatda oz kabi. Shunga ko’ra daraja
9
kategoriyasi 5 shaklga ajratgan. 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma
1
0
daraja; 4) kuchaytirma daraja; 5) ozaytirma daraja” .
Faqat bu kitobda fe’l shakllarining ravishdosh va sifatdoshlarning daraja
ko’rsatishi haqida ma’lumot berilmagan.
Baxtiyor Mengliyev, O’rol Xolyorovlarning 2008-yilda chop etilgan
“O’zbek tilidan universal qo’llanma” kitobida sifat so’z turkumining, ravish
so’z turkumining daraja kategoriyasi haqida ma’lumotlar berilgan. Sifat so’z
turkumining daraja kategoriyasini 3 turga ajratilgan: 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy
daraja; 3) orttirma daraja.
Ba’zi ravish darajalanish xususiyatiga ega: ko’p, oz, sekin. Shuning uchun
ayrim grammatikaga doir manbalarda ravishning 3 darajasini ajratishni ko’rish
mumkin: 1) oddiy daraja: tez, kech, sekin. 2) qiyosiy daraja: tezroq, kechroq,
sekinroq, sal burunroq. 3) orttirma daraja: juda tez, eng kech, juda sekin, eng
burun.
Bu kitobda faqat fe’l shakllari - ravishdosh va sifatdoshlarning daraja
ko’rsatishi haqida ma’lumot berilmagan.
R.Ikromova, A.Azizova, D.Muhamedovalarning “O’zbek tili” kitobida
daraja kategoriyasi haqida alohida ta’rif berilmagan. Bu kitobda sifat va ravish
so’z turkumlarining darajalari haqida ma’lumotlar berilgan.
”
Predmetdagi belgisini miqdorga ko’ra nisbatlab farqlash hodisasi sifat
darajasi deyiladi.
Sifatlarda 3 xil daraja bor: 1) oddiy (bosh) daraja; 2) qiyosiy daraja;
) orttirma darajalardir.
Predmet belgisi boshqa predmetdagi belgiga qiyos qilinmasa, sifat oddiy
3
darajada bo’ladi. Oddiy darajadagi sifat hech qanday daraja ko’rsatkichiga va
uni ifodalovchi vositalarga ega bo’lmaydi.
Bir predmetdagi belgining boshqa predmetdagi belgidan (yoki oddiy
darajadagidan) ortiq yoki kam ekanligini ifodalash qiyosiy daraja deyiladi.
1
0
Qiyosiy darajaning morfologik ko’rsatkichi asosan –roq affiksi bo’lib, belgilarni
qiyoslash, chog’ishtirish ma’nosi gap mazmunidan, sifatdan oldingi otning
chiqish kelishigi formasida ishlatilishidan, shuningdek, chiqish kelishigidagi
ot+jo’nalish kelishigidagi ot + qaraganda formasida qo’llanishi orqali
anglashiladi.
Qiyosiy daraja sifat oldidan sal, bir oz, xiyol kabi so’zlarni keltirish bilan
ham ifodalanishi mumkin.
Bir predmetdagi belgining boshqa predmetdagi belgidan (yoki oddiy
darajadagi) belgiga nisbatan eng ko’p, oliy darajada ekanligini ifodalash orttirma
daraja deyiladi.
Sifatning orttirma daraja formasi quyidagicha ifoda qilinadi:
1
) sifat oldidan eng, juda, g’oyatda, behad, g’oyat kabi so’zlarni keltirish bilan
yasaladi.
) oddiy (bosh) darajadagi sifatni takrorlash bilan: uzundan-uzun, bemazadan-
Do'stlaringiz bilan baham: |