Erkin Musurmonov rahimbobo mashrab faoliyati va ruhiyati talqini monografi ya



Download 84,93 Kb.
bet8/13
Sana20.07.2022
Hajmi84,93 Kb.
#825468
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Erkin Musurmonov

Mashrab taxallusli shoirlar
Mashrab taxallusi bilan she’r yozgan bir qancha ijodkorlar bo’lgan.
«Ma’lumki, Boborahim Mashrab, asosan o’zbek (turk) tilida, qisman fors va arab tillarida ham ijod qilgan. Ammo, shunday adabiy-tarixiy omillar ham ayonki, O’rta va Yaqin Sharqda, shuningdek, O’rta Osiyoda «Mashrab» taxallusi bilan ijod etgan o’nlab shoirlar bo’lib, ularning ba’zilari Boborahim Mashrabdan avval, yoki u bilan zamondosh, yoki undan keyin yashab ijod etganlar». -deb yozadi M. Zokiriy. Darhaqiqat, XV asrda yashab Mashrab taxallusi bilan ijod etgan shoir haqida Alisher Navoiyning «Majolis un nafois» asarida ma’lumot beriladi. Unda «Mavlono Mashrab Mashhadlikdur. Xushta’b yigitdur» deyilib, shoirning forscha bayti keltiriladi. M. Zokiriy o’zining «Mashrab» nomli risolasida ana shunday taxallus bilan ijod qilgan olti nafar shoirni sanab o’tadi: «Alisher Navoiyning zamondoshi Mashrab Mashhadiy, shuningdek, Abdurazzoq Mashrab (eronlik, XVII asr), Mirhusayn Mashrab (XVII asr oxirlari — Tabrizda vafot etgan), Mir Inoyatulla Mashrab (dehlilik bo’lib, XVI asr o’rtalarida tug’ilgan), Mirzo Ashraf Mashrab (1717 yilda Sherozda vafot etgan), Mashrab (shoirning ismi va nasabi ma’lum emas) XVII asr oxirlarida Hindistonda yashab o’tgan».
Akademik V.Abdullayev yetti ijodkor Mashrab taxallusi bilan o’tganligini ko’rsatadi. Birinchisi – isfahonlik shoir Hakim Abdurazzoq, ikkinchisi – tabrizlik shoir Mirhusayn, uchinchisi – Mir Inoyatullo, to’rtinchisi – Sherozda vafot etgan Mirzo Ashraf, beshinchisi – hindistonlik Mashrab, oltinchisi – Hofiz Ro’ziboy, yettinchisi – namanganlik Rahimbobo Mashrabdir. Bularning deyarli barchasi XVII – XVIII asrlarda yashab ijod qilishgan.
Z.Rizayev mazkur davrda Rahimbobo Mashrabdan tashqari Mashrab taxallusi bilan yetti shoir yashab o’tganligini qayd qiladi. Mashrab taxallusli shoirlarning yuqoridagi ro’yxatiga Nasrabodiyning tazkirasida (Tehron, 1939 y., 384 b.) ma’lumotlar keltirilgan, Sherozda tug’ilib ijod etgan shoir shoh Mas’um nomini ham kiritadi, V.Abdullayev qayd qilgan beshinchi – hindistonlik Mashrab shaxsiyatiga ayrim aniqliklar kiritib, uni Baxuriy Sitga nomi bilan bog’laydi. Hamda Astrabodda yashaganligi, fors tilida nasriy va nazmiy asarlar yaratganligi, Mirzo Haydarbekxon hukmronligi davrida vazir Shujo’u-Davla saroyida ijod qilib e’tibor topganligi va XVIII asr oxirida vafot etganligi haqida ma’lumot beradi. I. Abdullayev va J. Yusupov ham Mashrab taxallusi bilan ijod qilgan shoirlarga o’z munosabatlarini bildirishgan. Jumladan, I. Abdullayev o’zining «Mashrab va «Mabdai nur» nomli maqolasida akademik V. Abdullayev keltirgan Mashrablarni sanab, kengroq ma’lumotlar berishga harakat qiladi. Tadqiqotchi ro’yxatdan Hofiz Ro’ziboy nomini tushirib qoldirib, Mir Inoyatullohni « XVI asr oxirlarida vafot etgan» deb ta’kidlaydi.
J.Yusupov ham Mashrablarni asosan V.Abdullayev va I. Abdullayev fikrlari kabi keltiradi, ammo Mirzo Ashraf va Hofiz Ro’ziboy nomini ro’yxatdan tushirib qoldirib, o’rniga Z.Rizayev ko’rsatib o’tgan shoh Ma’sum Mashrab nomini kiritadi.
Umuman olganda adabiyotshunos olimlar ushbu Mashrab taxallusli shoirlar haqida asosan turk olimi Shamsiddin Somiy qalamiga mansub bo’lgan «Qomus a’lom» lug’atining oltinchi jildiga (Istambul, 1116 hijriy yili, 4288-4289 betlar) asoslanib holda fikr yuritishgan. Shoh Ma’sum Mashrab haqidagi ma’lumot esa Said Ali Hasanxonning «Subhi-gulshan» (toshbosma asari, Bombey, 1878 inv. № 3120. 414-bet) nomli kitobidan olingan. Shunday qilib yuqoridagi fikrlarni umumlashtirish asosida Mashrab taxallusli shoirlarni ushbu tartibda keltirish mumkin:
1. Mashrab Mashhadiy – XV asrda Mashhadda yashagan. Bu shoir haqida Alisher Navoiy o’zining «Majolisun nafois» asarida ma’lumot berib, uning bir bayt forscha she’rini keltiradi.
2. Mir Xusayn o’g’li Mashrab Koshoniy–Eron shohi Abbosning (1642 – 1666 y.y.) mulozimlaridan bo’lib, XVII asrning ikkinchi yarmida Tabrizda vafot etgan.
3. Hakim Abdurazzoq Mashrab Isfaxoniy – ko’pqirrali ijodkor bo’lib, she’r yozish bilan birga tabobat bilan ham shug’ullangan. Avrangzeb hukmronligi davrida (1659 – 1707) Abdurazzoq Hindistonda yashaydi va 1715 yili o’sha yerda vafot etadi.
4. Baxuriy Sitga Mashrab – asli Rajput nomli hind qavmidan. XVII asr ikkinchi yarmida yashagan Muhammad Muqim Kashmiriyning shogirdi bo’lgan. Vazir Shujo’ ud-davla saroyida nazmiy va nasriy asarlar yozib tanilgan. XVIII asr oxirida vafot etgan.
5. Mirzo Ashraf Mashrab – asli arab qavmidan bo’lib, Eron shohi Nodirshohning buyrug’i bilan ko’ziga mil tortib ko’r qilingan. XVIII asr oxirida Sherozda vafot etgan.
6. Mir Inoyatulloh Mashrab – nazmiy va nasriy asarlar muallifi. Dehlida yashab, ijod qilgan. Tug’ilgan va vafot etgan yillari aniq emas.
7. Shoh Ma’sum Mashrab. Sherozda tug’ilgan. Vafot etgan yili aniq emas.
8. Rahimbobo Mashrab – 1640 yilda Namanganda tug’ilib, 1711 yilda Balx shahrida qatl etilgan xalqimizning sevimli shoiri.
9. Mullo Ro’ziboy Oxun Mashrabi Soniy – XIX asrning ikkinchi yarmida yashab ijod qilgan qashqadaryolik so’fiy shoir.
Mashrab Mashhadiy va Mullo Ro’ziboy Oxun Mashrabi Soniydan boshqa shoirlar asosan Rahimbobo Mashrabga zamondosh hisoblanib, fors tilida ijod qilishgan.

Download 84,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish