Tarix fani dunyo xalqlari qanday yashaganligi, ularning hayotida qanday voqealar
sodir bo‘lganligi, odamlar hayoti qanday va nima uchun o‘zgarib, hozirgi holatga
kellganligini o‘rgansa, O‘zbekiston tarixi uning ajralmas qismi bo‘lib, shu tarixiy madaniy
jarayonlarga mos holda ona zaminimizda o‘tmishda yashagan xalqlarning hayoti va
ularning rivojlanishi davomida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, voqea va hodisalar, ularning
turmush tarzi, iqtisodi, ijtimoiy munosabatlari, davlatchiligi, madaniyati va shu kabilarni
to‘laligicha o‘rganadigan fandir.
“Tarix” so‘zi asli arabcha bo‘lib, “o‘tmishdagi voqealar haqida aniq hikoya qilish”
ma’nosida ishlatiladi. Bu so‘z lotinchada “istoriya” deb yuritilgan va bu ibora g‘arb
mamlakatlari xalqlari tillariga singib ketgan. Tarix ma’lum bir makonda, u yoki bu davrga
oid, aniqlangan, tadqiq etilgan inson hayotidagi voqealar to‘plamidir.
Demak, tarix–bu odamzotning turli davr va sharoitlardagi kechmishi, insonning
hayot uchun kurashi, turli qiyinchiliklarni yengishga, bunyodkorlikka, odamiylikka,
ezgulikka intilishini yoritib beruvchi fandir. Inson o‘z manfaatlarini ko‘zlab tutgan
murakkab va mashaqqatli yo‘lini ifodalovchi ham tarixdir. Buyuk mutafakkir A. Navoiy
moziyni ta’riflab shunday degan ekanlar:–Hukmdorlarning qay biri zulm otini surdiyu,
qay biri adolat bilan dong taratdi va oxiri bundan nima murod hosil bo‘lganini tarixdan
bilamiz. O‘lkada nima obod bo‘lgandi, mamlakat nimadan tinchlikka yuz tutdi
Har bir
shaxsning sifati nimayu, nuqsonlari nima, hamma hammasi tarixda bitilgan. Demak
“O‘zbekiston tarixi” faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki bir necha asrlar
davomida to‘planib kelgan o‘zaro ichki g‘onuniyatlar bilan chambarchas bog‘langan
bilimlar tizimi sifatidagi o‘zining predmetiga, o‘rganish ob’ektiga ega bo‘lgan mustaqil
fandir. Shu bilan birgalikda, “O‘zbekiston tarixi” fani xalqimiz tarixini haqqoniy
tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar
majmuasidir. Vatanimiz tarixi predmeti xalqimizning deyarli uch ming yillik murakkab va
shonli o‘tmishini, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganishga,
uni tushuntirishga qaratilgan.
O‘zbekiston tarixi fanining o‘rganish ob’ekti O‘zbekiston tarixidir. Tarixiy ob’ekt
(makon) O‘zbekiston tarixi fanining aniq maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat doirasini
belgilab beradi. Ma’lum bir ma’noda ob’ekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha
bo‘lsada, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi.
Ob’ekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintag‘aviy chegaralar,
ma’lum bir xalq, milliy mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi voqea va
hodisalarni bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun
ob’ekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy jarayonlardir.
Sovet Ittifoqining davlat sifatida shakllanishi hukmronlik davrida 1922 yilda sodir bo'lgan. Keyin, SSSR bilan birgalikda superdövlətga aylandi.Shu bilan birga, uning mavjudligi davrida uning chegaralari bir necha bor o'zgargan. Bunga uning tarkibidagi respublikalar ittifoqdan chiqish huquqiga ega bo'lganligi sabab bo'lgan.Biroq, Sovet hukumati SSSR turli xalqlardan tashkil topgan yaqin oila ekanligini doimo ta'kidlab o'tdi.SSSR boshida barcha davlat idoralari ustidan hukmronlik qiladigan Kommunistik partiya mavjud edi.Muayyan respublikani kim boshqarishi kerakligi to'g'risidagi so'nggi qaror har doim markaziy rahbariyat tomonidan saqlanib kelgan.
Qayta qurish — 20-asrning 80-yillari oʻrtalarida keng isteʼmolga kirgan tushuncha; SSSRda totalitar tizimni isloh yoʻli bilan oʻzgartirishga qaratilgan harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda toʻplanib qolgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni "qayta qurish" yoʻli bilan hal etishdan iborat boʻlgan. M.S.Gorbachyov boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan bu siyosat mamlakat hayoti va umuman jahonda maʼlum oʻzgarishlar sodir boʻlishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyuralizm, "sovuq urush"ning tugashi va h.k.). Qayta qurishniamalga oshirishdagi qarama-qarshilik va noizchilliklar natijasida 80-yillarning oxiri — 90-yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida boʻhronlar kuchayib ketdi. Bunga shu davrda turli respublikalarda boʻlib oʻtgan siyosiy voqealar, milliy nizolarning ayrim joylarda ixtilofli tus olishi misol boʻladi.Qayta qurish sobiq SSSRda toʻplanib qolgan muammolarni toʻla hal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik gʻoyalariga toʻgʻri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning halokati va SSSR ning tugashiga muayyan turtki boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |