Erkin Musurmonov rahimbobo mashrab faoliyati va ruhiyati talqini monografi ya


Hozirgi davr adabiyotida shoir timsoli



Download 84,93 Kb.
bet7/13
Sana20.07.2022
Hajmi84,93 Kb.
#825468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Erkin Musurmonov

Hozirgi davr adabiyotida shoir timsoli
Sho’rolar davrida Rahimbobo Mashrab haqida ilmiy maqola, risolalar bilan birgalikda badiiy asarlar ham yaratildi. Ushbu asarlar ichida hajman salmoqli bo’lgan Hamid G’ulomning “Mashrab”asari ustida qisqacha to’xtalsak. Roman 1981 yilda “Sharq yulduzi” oynomasining uch sonida e’lon qilindi. Aftidan, asarning dastlabki nusxasi hajmi ancha katta bo’lgan, shu sababli roman muallif ta’kidlagandek, oynoma uchun maxsus qisqartirilgan variantda e’lon qilingan. Romanning oxirgi “Yigirma besh yil hikoyasi” deb ataluvchi bo’limi an’anaviy bayon uslubida emas, balki xronologik tartibda berilgan. Bu holat muallif tomonidan majburiy qisqartirishi oqibatida sodir bo’lgan bo’lishi ham mumkin. Romanni ko’zdan kechirish mobaynida shu narsa ayon bo’ldi-ki, Hamid G’ulom asarni yozishdan oldin jiddiy tayyorgarlik ko’rgan, Mashrab hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi mavjud ilmiy adabiyotlarni o’rganib chiqqan. “Devonai Mashrab” qissasi va Mashrab haqida ma’lumot beruvchi tazkiralar bilan tanishgan. Lekin bu ilmiy maqola va risolalar, shuningdek tazkiralardagi ma’lumotlar asosida romandek katta hajmli asar yaratish ancha mushkul. Shu sababli romanga “Devonai Mashrab” qissasi asosiy manba bo’lib xizmat qilgan.
Hamid G’ulomning “Mashrab” romani tarixiy mavzudagi asardir. Unda aks etgan Mashrab hayot yo’li, faoliyati, asardagi asosiy qahramonlar asosan tarixiylik mezonidan kelib chiqib talqin etiladi. Lekin romanning badiiy quvvati va estetik ta’sirini oshirish, shuningdek Mashrab siymosini yorqin ifodalash uchun tarixiy omillarning o’zi kamlik qiladi. Shu sababli muallif romanga ayrim to’qima qahramonlar siymosini, voqea-hodisalarni kiritib, o’z o’rnida foydalandi. Asarning kompozitsion tuzilishi ko’pgina jihatlari bilan qissani eslatadi. Roman garchi qissadagidek, Mashrabning murg’aklik davridan boshlanmasa ham, lekin Rahimboboning Namangandagi hayoti, Bozor Oxun, so’ngra Qashqarda Ofoq xo’ja makonida ta’lim olishi, u yerdan chiqib sharq mamlakatlarini qalandarona kezishi va umri so’ngida Balx shahrida dorga osib o’ldirilishi qissa bayoni singari amalga oshadi. Romandagi Mashrab siymosi, uning tashqi qiyofasi va ruhiy dunyosi masalasiga kelsak, bunda qissadagi Mashrab siymosi va uning tarixiy qismlari o’rtasida ma’lum farqlar mavjudligi ko’zga tashlanadi.
Qissadagi va romandagi Mashrablarning zohiriy ko’rinishi, tashqi qiyofasi deyarli bir xil. Asarning avvalida o’spirin Mashrab qiyofasi quyidagicha ta’riflanadi: “Bo’yi baland, qad-qomati kelishgan, umrovi keng, qo’llari uzun, yelkasini qoplagan sochi patila-patila” yoki “(Mashrabning – E.M.) ozg’inligidan bo’lsa kerak, sal cho’zinchaqroq yuz suyaklari bo’rtib chiqqan, ko’z kosalari ich-ichiga kirgan, yirik qora ko’zlarida ichki bir sho»la, botiniy bir olov porlab turadi”. Demak, ayrim iboralarning o’rni almashib kelganligini hisobga olmasak, umuman ta’rif qissadagidek, farqi shuki, qissalarda Mashrab deyarli o’zgarmasdan “Shahlo chashm, payvasta abro’, sochlari patila-patila girdi kamariga tushg’on” holatida namoyon bo’lsa, H. G’ulom Mashrabning yoshiga qarab uning qiyofasini o’zgartirib boradi. Qissalarda sipo kiyimlardan o’zini nari olib yurgan Mashrab romanning ayrim joylarida amaldorlardan zarrin chopon va sovg’alar olishdan istihola qilmaydi.
Romandagi Mashrab botiniy dunyosi qissadagidan jiddiy farq qiladi. Oldin aytib o’tganimizdek qissalarda Mashrab siymosi butun moddiy istak va noz-ne’matlardan voz kechgan, faqatgina yaratuvchi yodi va ishqi bilan yashovchi valiy sifatida talqin etiladi. Lekin roman qahramoni Mashrab valiy yoki so’fiy sifatida emas, balki foniy dunyo lazzatlarini (qiz bilan nosha’riy uchrashuvi, gohida may ichishni) kanda qilmaydigan kishi sifatida tasvirlanadi-ki, bu hodisa qissadagi Mashrab va romandagi Mashrab siymosi o’rtasidagi asosiy farqni, ziddiyatni belgilaydi. Fikrimizcha, muallif Rahimbobo Mashrabni ham ruhan, ham jismonan baquvvat, o’z yoriga vafodor, turli diniy arboblar va amir — amaldorlarga qarshi kurashuvchi va oxir-oqibat o’z maqsadi yo’lida qurbon bo’luvchi qahramon sifatida talqin etmoqchi bo’lgan. Biroq Mashrab siymosining yaralishiga zamin bo’ladigan bu xil insoniy g’oyalar har vaqt ham kutilgan natijani bermagan. Mashrab Bozor Oxun dargohida tahsil olgan chog’ida ustozi tanbehlaridan tegishli xulosa chiqarish o’rniga u bilan ziddiyatga boradi, duoibad bo’lib murshid ostonasidan haydalgach, Bozor Oxun dargohini tark etadi hamda o’ziga yangi ustoz izlamay qo’yadi.
Umuman olganda Mashrabning o’z oldiga qo’ygan tayinli bir maqsadi yo’qdek. Sevgilisi To’tixon Ofoq xo’jaga nazr qilinib, Qashqarga jo’natilgach, Mashrab do’stlari bilan uni izlab yo’lga otlanadi. Ular Ofoq xo’ja dargohiga yetgach Mashrab shayxning xizmatiga kiradi va yetti yil shu yerda qolib ketadi. Yorini izlab borgan oshiq unga yordam berish o’rniga do’stlari bilan pirning turli xizmatlarini bajarib yuradi. Faqatgina Ofoq xo’janing katta xotini Malika xonim poshsha yordami bilan Mashrab To’tixon vasliga erishadi. Ikki yoshning uchrashuvi nosha’riy tarzda amalga oshadi. Qiziq bir hol, Mashrab To’tixon bilan uchrashganda, ularning qochib ketishiga hech narsa mone’lik qilmaydi. Oshiq-ma’shuqlar qochib ketish o’rniga, birlashishga intiladilar. Bu hol Mashrabning maqsadi yori bilan birga baxtli oila qurib yashash emas, balki shunchaki uchrashib yurish bo’lgandek taassurot qoldiradi. Mashrab pir dargohidan ikkinchi marta quvilgach, do’stlari bilan turli shaharlarni bemaqsad kezadi. Bizningcha, Mashrabning yorini izlab Qashqarga borishi va u yerdan haydalib hayotini tayinsiz o’tkazishi zo’rma-zo’rakilik asosida paydo bo’lgan holatdir. Chunki, sho’rolar siyosati davri adabiyotida Mashrabni chin e’tiqodli inson sifatida talqin etish, uning maqsad va intilishlarini aniq ochib berish mumkin emas edi. Mashrab asarning ijobiy qahramoni ekan, u faqat moddiy dunyo mavjudligi sababli uning manfaatlardan va nafsiy istaklardan to’la-to’kis voz kechishi mumkin emas. Shuning uchun asardagi bu xil holatlar shartli ravishda zamonasozlik nuqtai nazaridan paydo bo’lgan, degan xulosaga kelamiz.
Mashrab haqida yaratilgan ikkinchi yirik asar Mirkarim Osimning “Singan setor” qissasidir. Qissada Mashrab, shogirdi Shodavlat Pirmast, iti Qitmir bilan bog’liq voqealar yengil yumoristik holatda tasvirlanadi.
Keyingi avlod adibu munakqidlari ham Rahimbobo Mashrab siymosiga qayta-qayta murojaat qilishdi. Ushbu ma’noda Ibrohim G’ofurovning “Gala” va “Alif” nomli hikoyalarini keltirish mumkin. Avvalgi hikoyada Mashrab va shogirdi Pirmast bilan Ofoq xo’janing dargohidan ketganidan keyingi kunlari, Mashrabni yadachi deb yoqmoqchi bo’lgan daydi olomon haqida hikoya qilinsa, ikkinchisida “Alif” harfi ilohiy ma’nosi va uning ijtimoiy hayotidagi zuhuroti haqida so’z boradi.
Shoir haqida Aziz Tursunning “Mashrab” nomli lirik dramasi mavjud. Bunda Mashrabning Namangan, Qashqardagi hayoti va Balxdagi foje’ qismati badiiy vositalar bilan yoritiladi. Adib asar badiiy ta’sirini oshirish uchun tarixiy qahramonlar qatori to’qima siymolardan (Gulruh–Mashrabning sevgilisi, Mamat–Oxun – Ofoq xo’janing muridi, Darveshali – Mashrabning do’sti) unumli foydalanadi.
Umuman olganda, o’zbek adabiyoti nasrida Rahimbobo Mashrab siymosining yangi mazmundagi qiyofasini yaratishga urinishlar bo’lmoqda. Biroq bunday harakatlar faqatgina hayoliy uydirmalar zaminida emas, balki tarixiy asoslarda bo’lishi va ijodkorning Mashrab asarlaridan, uning dunyoqarashi, falsafasi, tarixiy sharoiti xususiyatlaridan kelib chiqish maqcadga muvofiqdir.
O’zbek she’riyatida Mashrab siymosining haqqoniy tasvirini yaratishda Jamol Kamol, Muhammad Ali kabi alloma shoirlarning xizmatlari katta. Ular boshlab bergan an’ana yoshlar tomonidan muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda. Ergash Yondoshning “Boborahim Mashrabning tug’ilgan joyi” , Yo.Ahmedjonovning “Boborahim Mashrab tafakkur iztirobi” , Sanobar Hasanovaning “Yor dardida” , “Shoirning hamyurt¬lari qoshiga peshvoz chiqishi” , “Shoir orzusi” , shuningdek, Ilhom Karimovning “Mashrab” va Mahmud Toirovning “Mashrab” (“O’zbekiston adabiyoti va san’ati”, 1992 yil 19 iyunь) nomli she’rlari poetik ohangdorligi bilan kitobxonni o’ziga jalb qiladi.
Hozirgi erkinlik davrida Mashrab siymosining haqiqiy, milliy vakilini yaratmoq adibu olimlar, tadqiqotchilar oldida turgan vazifalardan biridir.
Biz ishimizning bu qismida Rahimbobo Mashrab hayoti va ijodi haqida yaratilgan tadqiqotlar, risola va maqolalar, shoir timsoli aks etgan zamonaviy asarlarning sifati va xususiyatlari to’g’risida muxtasar so’z yuritdik. Aslini olganda shoir siymosi yaratilgan badiiy asarlar soni kun sayin ortib bormoqdaki, ularning barchasi haqida bir kitob doirasida so’z yuritish mumkin emas. Ayrimlari balki alohida tadqiqot ishlari bo’lishini talab qilar.
Mashrabshunoslik tarixida o’ziga xos muammolar bo’lgan. Mashrab faoliyati va adabiy merosi haqida ma’lumot beruvchi dastlabki adabiy manbalarda aks etgan ayrim chalkashliklar (jumladan, Mashrab tug’ilgan yili va joyi xususida), mashrabshunoslik ilmiga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Biz quyida Mashrab taxallusli shoirlar, shoir tug’ilgan yili, joyi, «Devonai Mashrab» qissasi bilan bog’liq masalalar haqida to’xtalib o’tamiz.

Download 84,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish