Amir Temur. Rassom M. Nabiyev asari.
kurashlarida qatnashib, jasorat ko‘rsatgan,
janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshir-
gan. U voyaga yetib, o'lkaning ijtimoiy va siy-
osiy hayotida ishtirok eta boshlagan paytda
mo'g'ullar imperiyasining to'rt ulusidan biri
bo'lgan Chig'atoy ulusi bekliklarga bo'linib
ketib, ular o'rtasida o'zaro urushlar avj olgan
edi. Xalq esa urushlardan charchab, butun
Movarounnahming yagona davlatga birlashish-
ini, unda tinch, yaratuvchilik mehnati bilan
shug'ullanishni orzu qilib yashardi.
1342-yilda Chig'atoy xonligi taxtiga o'tirgan
Qozonxon qattiqqo'lligi bilan qo'l ostidagi
mansabdorlami va xalqning ko'pchiligini o'ziga
qarshi qilib qo'ygandi. 1346-yildagi urushda
Qozonxon o'ldirildi. Mo'g'uliston hukmdori
To'g'luqTemurxon qo'shini 1359-yilda Xo'jand
yaqinida Sirdaryoni kechib o'tib, Sirdaryo va
Amudaryo o'rtasidagi yerlarni katta qarshilik-
siz bosib oldi. Bu qo'shindan qo'rqqan amal-
dorlarning bir qismi Xuroson va Afg'onistonga
qochib yashirindi; boshqa bir qismi qarshilik
ko'rsatish befoyda deb hisoblab, dushmanga
itoat etdi. Temur bu voqeadan sal aw al ota-
sidan ayrilgan, vatandoshlari oldida hali obro'-
e’tibor topib ulgurmagandi. Shu bois vaqtincha
tashqi itoatkorlik yo'lini tutdi va To'g'luq Temum-
ing ishonchini qozonib, uning o'n ming kishilik
qo'shiniga boshliq bo'lib oldi. Shu zaylda o'z
yerlari va ittifoqdoshlari yerlarini talanishdan
saqlab qoldi. To'g'luq Temur shundan keyin o'z
xonligiga qaytib, o'rniga o'g'li llyosxo'jani
qoldirdi.
Biroq Temur llyosxo'ja bilan kelishib ishlo-
Imadi. llyosxo'ja Temurdan shikoyat qilib, af-
tidan, otasiga murojaat qilgan. To'g'luq Temur
AmirTemurni o'ldirish haqida buyruq bergan.
Bu buyruq tasodifan Temurning qo'liga tush
ib qolgan. Bu paytda Temurning tarafdorlari oz
edi, ular bilan mo'g'ullarga qarshi kurashib
bo'lmasdi. Shundan keyin Temur o'ziga sa-
doqatli 60 navkar bilan Amudaryoning so'l to-
moniga qochib o'tib, Badaxshon tog 'lari
orasiga yashirinmoqchi bo'ladi. Shunda Te-
murni hurmat qiladigan bir darvesh unga Xo
razm cho'llariga ketib, qo'zg'olon uchun qulay
payt kelishini kutishni m aslahat beradi.
Xorazmga borayotgan Temurga llyosxo'janing
muxolifi, Chingizxon avlodidan bo'lgan Balx
viloyati hukmdori Amir Husayn uncha ko'p
bo'lmagan a'yonlari bilan qo'shiladi.
Shundan keyin Temur Xorazm cho'llarida
ancha vaqt sarson-sargardon bo'lib yurgach,
mo'g'ullarni yurtdan quvish uchun qo'shin
to 'p la s h um idida X uro song a yo 'l oladi.
Navkarlari safi 2000 nafarga yetganda Temur
llyosxo'janing 100 ming kishilik qo'shiniga
qarshi kurash boshlashga qaror qildi. Kuchlar
nisbatidagi farq katta edi, albatta. Ammo
g'ayrioddiy harbiy san’ati va mardligi Temur
ga muntazam muvaffaqiyat keltirdi va u 1369-
70-yillarda mo'g'ullarni Movarounnahrdan qu-
vib chiqarishga muvaffaq bo'ldi.
Amir Temur bu g'alabaga o'z ittifoqchisi
Amir Husayn bilan birgalikda erishadi. Amir
Temur Amir Husaynning jiyan singlisi O'ljaoy
Turkon Og'oga uylangan, o'rtadagi ittifoq qarin-
doshlik iplari bilan ham mustahkamlangan edi.
Biroq M ovarounnahr m o'g'ullardan ozod
bo'lgach, bu ittifoqqa Amir Husaynning insof-
sizligi va g'ayirligi sababli putur yetadi. Bu ora-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |