Vatan ozodligini his etib yashash, mustaqillik deb atalgan buyuk neʼmatdan bahramand boʻlib, oʻz orzu-maqsadlari, el-yurt farovonligi uchun erkin mehnat qilish, izlanish, oʻrganish, yaratish inson uchun eng oliy saodatdir.
Mamlakatimiz istiqlolga erishganidan buyon xalqimiz ana shunday ezgu va oliy maqsadlarni roʻyobga chiqarib, yaratuvchilik, bunyodkorlik mehnati bilan taraqqiyot dovonlarini oshmoqda. Taʼkidlash joizki, barcha muvaffaqiyatlarimizning hayotbaxsh manbai boʻlgan Konstitutsiyamiz huquq va erkinliklarimiz kafolati, taraqqiyotimizning mustahkam poydevori, kelajagimiz asosi ekanini yorqin namoyon etib kelmoqda.
Mana, 26 yildirki, Konstitutsiya qabul qilingan kunni ulugʻ bayram sifatida faxru gʻurur bilan nishonlab kelmoqdamiz. Istiqlol tufayli xalqimizning xohish-irodasini oʻzida aks ettirgan mustaqil mamlakatimizning Asosiy qonunini har birimiz baxtimiz qomusi, deb ulugʻlaymiz. Bu bebaho hujjatda huquq va erkinliklarimiz kafolatlangan, Bosh qomusimiz asosida qabul qilingan qonun hujjatlari har gal yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochib, manfaatlarimiz roʻyobga chiqishi, tashabbuslar qanot yozishiga, oʻz salohiyatimizni olam aro namoyon etishga xizmat qilib, mamlakatimiz taraqqiyotning yangi-yangi bosqichlarida dadil odimlamoqda.
Mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, tarixan qisqa fursat ichida jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallagan jonajon Oʻzbekistonimiz bugungi kunda tenglar ichra teng, jadal rivojlanayotgan mamlakat. Xalqimizning yuksak tafakkuri, davlatchilik tariximiz, umuminsoniy qadriyatlar ifodalangan Konstitutsiyamiz erishilgan marralar, olamshumul yutuqlarimizga mustahkam poydevor boʻlib kelmoqda. Milliy qonunchiligimiz asoslari tobora mustahkamlanib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlar, yangilanishlar izchil davom etmoqda.
Asosiy qonunimizda koʻppartiyaviylik tizimining erkin faoliyati, siyosiy partiyalar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishiga doir huquqiy asoslar belgilab qoʻyilgan. Fuqarolarning hokimiyat vakillik organlariga saylash va saylanish, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqlari kafolatlangan.
Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham, avvalo, Konstitutsiyamizda mustahkamlangan meʼyorlardan kelib chiqib, oʻz faoliyatini olib bormoqda.
Xususan, Bosh qomusimizning 7-moddasida qayd etilgan “Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir” tamoyiliga amal qilgan holda partiyaning “Fraksiya-markaz-viloyat-tuman” tizimi asosida qonun loyihalarini partiya tuzilmalarida, deputatlik guruhlarida muhokama qilish va bildirilgan taklif-mulohazalarni fraksiyaga taqdim etish vazifasi qoʻyilgan.
Mazkur konsepsiya asosida joriy yil boshidan buyon 20 dan ortiq qonun loyihalari joylarda muhokamadan oʻtkazilib, 100 ga yaqin asoslantirilgan takliflar olindi. Bunda, ayniqsa, ilm-fan, taʼlim, tibbiyot, sud-huquq va advokatura sohalariga oid qonunchilikka tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishiga erishildi.
Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi prinsipiga rioya qilingan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida faoliyat olib borayotgan deputatlar, xususan, partiya fraksiyasi aʼzolari ham aynan Konstitutsiyada belgilangan vakolatlari doirasida faoliyatini tashkil etganligi, deputatlar jamiyat va davlatni bir-biriga bogʻlab turuvchi koʻprik vazifasini bajarayotgani hamda ijtimoiy-siyosiy masalalarda xalq manfaatlaridan kelib chiqqan holda parlamentda qonunlar shakllanishi boʻyicha aniq mexanizmlar bitilgani Konstitutsiyamizning nechogʻli mukammalligidan dalolat beradi.
Jumladan, fraksiyamiz aʼzolari Bosh qomusimizda aks etgan normalar asosida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini qabul qilish, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, Vazirlar Mahkamasi taqdimiga binoan respublikamiz Byudjetini qabul qilish, parlament nazorati va boshqa bir qator vakolatlarni amalga oshirishda faollik koʻrsatib kelmoqda.
Shu oʻrinda Konstitutsiyamizning 40-42-moddalarida belgilanganidek, fuqarolarimizning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bepul umumiy taʼlim olish, ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi taʼminlanishi kabi huquqlarini partiyamiz va fraksiyamiz aʼzolari toʻliq roʻyobga chiqarishga qaratmoqda.
Taʼkidlash joizki, Saylovoldi dasturimizda belgilangan ijtimoiy yoʻnalishdagi eng muhim vazifalarimiz sifatida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish, dori-darmon vositalari bilan taʼminlashni yaxshilash, ilm-fan, taʼlim-tarbiya sohalariga alohida eʼtibor qaratish, yosh olimlarning muammolarini aniqlash va ularga yechim topish kabi masalalar diqqat markazimizda boʻlmoqda. Bu borada Sogʻliqni saqlash, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi, Innovatsion rivojlanish vazirliklari, Fanlar akademiyasi bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Bunga misol tariqasida “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri, “Fan toʻgʻrisida”gi, “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi, “Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida”gi, “Aholining reproduktiv salomatligi toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalarini keng jamoatchilik oʻrtasida muhokamadan oʻtkazgan holda ularni, eng avvalo, xalqimiz manfaatini koʻzlab takomillashtirish ishlari olib borilayotganini qayd etish joiz.
Shuningdek, Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz aʼzolari Bosh qomusimizning 83-moddasida kafolatlangan huquq, yaʼni qonun tashabbuskorligi huquqidan ham unumli foydalanishga intilmoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida fraksiyamiz aʼzolari 10 ga yaqin qonun loyihalarini ishlab chiqishda tashabbus koʻrsatdi. “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi, “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihalari shular jumlasidandir.
Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi qonunchilik faoliyatini amalga oshirish bilan birga, nazorat-tahlil faoliyatiga ham alohida eʼtibor qaratmoqda.
Xususan, joriy yilda olib borilgan oʻrganishlarda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va undan oqilona foydalanish hamda fuqarolarni arzon va sifatli dori-darmon vositalari bilan taʼminlash, ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish kabi koʻp muammolar koʻtarilgan edi. Aynan shu masalalar Qonunchilik palatasida ilk bor tashkil etilgan “Hukumat soati” kun tartibiga fraksiya tashabbusi bilan kiritilib, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va Sogʻliqni saqlash vazirliklari rahbarlarining axboroti eshitildi.
Shuningdek, partiyamiz tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida “Ijtimoiy soha rivoji – aholi farovonligining garovi” loyihasi doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xodimlar mehnat faoliyatiga oid hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, joylarda ushbu sohaga oid qonunchilikka amal qilish holatlari hududlardagi partiya tashkilotlarimiz va mahalliy Kengash deputatlari bilan hamkorlikda oʻrganildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, 2012-2017 yillarda 68 ming 594 tashkilot tugatilgan boʻlib, ulardan faqatgina 22 ming 347 tasining (32,6 foizi) hujjatlari arxiv muassasalarida mavjudligi maʼlum boʻldi. Qolgan 46 ming 247 ta tugatilgan korxona va tashkilotlarning hujjatlari esa na viloyat arxivida va na tuman (shahar) arxivlarida mavjud emasligi aniqlandi.
Natijada fuqarolarning mehnat faoliyatiga oid hujjatlar va ularning koʻp yillik mehnatini tasdiqlovchi maʼlumotlar tashkilot rahbarlarining oʻz ishiga masʼuliyatsizligi tufayli yoʻqolib ketganligi ayon boʻldi. Bu esa mehnat layoqatini yoʻqotganda fuqarolarimizning ijtimoiy taʼminot olishga doir konstitutsiyaviy huquqini toʻliq taʼminlashda amaliyotda va qonunchiligimizda boʻshliqlar borligini koʻrsatib berdi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida hozirda “Oʻzbekiston Respublikasining arxiv ishi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Maʼlumki, saylovchilarga bergan vaʼdalarimizni bajarishda partiya loyihalari asosiy mexanizmlardan biri sanaladi. Shundan kelib chiqqan holda partiyamiz tomonidan bolalarning
maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrovi, maktablarda oʻquvchilarning darsliklar bilan taʼminlanish darajasi va darsliklarning sifati, ilgʻor texnologiyalar asosida oʻquv uslublarini joriy etish, oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash holatini oʻrganish, taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash, oʻquvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimi bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish, uyushmagan yoshlarning bandligini taʼminlash, atrof-muhit tozaligini saqlash kabi masalalarga ham ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqning boy turmush tajribasiga asoslangan holda respublika aholisining milliy va madaniy anʼanalariga, barcha ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratik prinsiplarni qaror toptirish kafolatidir. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham oʻzining keng qamrovli gʻoya, maqsad-vazifalaridan kelib chiqqan holda bu jarayonda faol ishtirok etaveradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 boʻlim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Muqaddimada Konstitutsiya qabul qilish sabablari va mamlakatimiz oldiga qoʻyilgan vazifalar belgilangan. 1boʻlimda Oʻzbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari koʻrsatilgan. Bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat tamoyillari kiradi. "Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari" deb atalgan 2boʻlim inson huquqlarishtt Oʻzbekistonga xos yaxlit va keng tizimidir. Konstitutsiya Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqaroliknp oʻrnatdi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari huquq normalarigamuvofiqtaʼminlanadi. Oʻzbekistonda hamma uchun vijdon erkinyaigi kafolatlanishi Konstitutsiyada mustahkamlangan, har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli, meros huquqi bilan kafolatlanadi. Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga egadir. Barcha fuqarolar dam olish huquqiga ega boʻlib, ish vaqti va haq toʻlanadigan mehnat taʼtilining muddati qonun bilan belgilanadi. Har bir inson bilim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Konstitutsiyada har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xattiharakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquklidirlar. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish fuqarolar uchun majburiydir. Oʻzbekistonni himoya qilish — mamlakat har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar.
Konstitutsiya - baxtimiz qomusi
Bosh qonunimiz - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul
qilinishi muhim siyosiy, huquqiy xujjat sifatida jahonda yangi, suveren, istiqboli porloq davlat dunyoga kelganining o‘ziga xos shahodatnomasi bo‘ldi.
Inson o‘z hayotini borliqqa, uning qonunlariga e'tibor bermay tashkil eta olmaydi. Shuning uchun o‘zini kashf qilishda, o‘rganishda, uning xususiyatlarini, me'yorini kengroq bilishga intiladi.
Konstitutsiya atamasi qadimda siyosiy tuzum ma'nosini anglatgan. Konstitutsiya xuquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Unda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hususiyati, taraqqiyotning bosh mezonlari, mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil yurtning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo‘lgan ikkinchi sessiyasida mustaqillik dekloratsiyasi qabul qilindi. Dekloratsiyada O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e'lon qilindi. 1991 - yil 31 - avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida Qonun qabul qilindi. Bunda Mustaqillik Deklaratsiyasi va Bayonot asos bo‘lib xizmat qildi. Ushbu qonun 17 moddadan iborat. Bu hujjatda O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida qo‘ygan ilk qadamlarining huquqiy asosi yaratildi. O‘z mohiyatiga ko‘ra uni Muvaqqat Kichik Konstitutsiya deb ta'riflash mumkin. Mazkur qonunning yutug‘laridan biri birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi fuqoroligi joriy etildi.U shbu qonunda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan qat'iy nazar bir hil fuqarolik huquqlariga egaligi hamda ularning Respublika Konstitutsiyasi va Qonunlari himoyasida bo‘lishi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-chaqiriq,11-sessiyasida (1992yil, 8-dekabr) xuquqiy va ahamiyatga molik xujjat-Mustaqillik konstitutsiyasi qabul qilindi. U iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va ma'naviy xayotda chuqur islohatlar o‘tkazish uchun puxta xududiy poydevor yaratdi.
Konstitutsiyada eng avvalo, o‘zbek millatining tarixiy an'analari, xududiy tafakkuri o‘z aksini topgan.
Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi jaxon hamjamiyatining inson huquqlari sohasidagi yutug‘larini to‘la mujassam qiladi. Ushbu Konstitutsiya inson huquqlari sohasidagi barcha muhim qoidalarni: insonning yashash, erkinlik va shahsiy daxlsizlik huquqi, mulkdor bo‘lish huquqi va boshqa shu kabi huquqlarni o‘z ichiga olgandir.
Bizning Konstitutsiyamiz nafaqat yuridik hujjat, balki u milliy mafkuramizning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy asosini tashkil etuvchi umuminsoniy g‘oyalarga xizmat qiladi.
Davlat va jamiyat rivojlanishining muhim yo‘nalishlarini va ularning tuzilishlarini belgilab beradigan, tartibga keltiradigan oliy yuridik hujjat konstitutsiyadir.
Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hamda rivojlangan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi jahondagi yirik siyosatshunoslar-ekspertlar tomonidan xalqaro me'yorlarga to‘la javob beradigan mukammal hujjat sifatida tan olingan.
Xalq manfaatlarini kafolatlovchi Bosh Qomusimiz boshqa yangi mustaqil davlatlar konstitutsiyalaridan tubdan farq qilib, o‘tish davrigagina mo‘ljallanmasdan, balki davlat va jamiyat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini belgilab beruvchi dasuriy hujjat sifatida ham yuksak e'tiborga sazovardir.
Farovon turmushimiz rivojida, Vatanimiz va xalqimiz taqdirida Konstitutsiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Konstitutsiyamizni nafaqat tariflaganda, balki qoidalarni moddama-modda ro‘yobga chiqarish asosida uni hayotimiz qomusi deb bilishimiz va qadrlashimiz katta ahamiyatni kasb etadi.
Konstitutsiyamizda xalqimizning huquqiy demokratik davlat adolatli fuqarolik jamiyati, erkin va farovon hayot qurishdek orzu-havasi o‘zining to‘la ifodasini topgan. Unda hayotimizning garovi bo‘lmish tinchlik, osoyishtalik, totuv hayotning asoslari belgilab berilgan
. Fuqarolarning huquq va burchlari bir - biriga uyg‘unlashtirilgan. Eng muhimi, inson huquqi, inson erkinligi mustahkam muhrlab qo‘yilgan.
Konstitutsiyamizda eng oliy qadriyat sifatida asosiy e'tibor davlat va ijtimoiy tuzumga emas, balki inson manfaatlariga qaratilgan. Uning 13 moddasida O‘Zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deb belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari e'lon qilinibgina qolmasdan, shu moddaning o‘zida demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilishni ham mustahkamlangan.
Asosiy qonunda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari mazmunini bevosita ochib beruvchi 34 ta modda mavjud. Uning muqaddimasidan tortib, yakunlovchi qoidalariga qadar inson to‘g‘risida, uning farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik g‘oyalari singdirilgan. Har qanday davlat organining, har qanday mansabdor shaxsning faoliyati inson manfaatlariga bo‘ysundiriladi.
Mustaqillik yillarida biz halqimiz va davlatimizning Konstitutsiyasi ahamiyatini aniq tasavvur qildik va avvalo nimadan voz kechib, nimalarni qo‘lga kiritishimizni anglab yetdik. Shuni alohida ta'kidlash joizki shu bilan birga uni himoya qiluvchi qalqon jamiyatimizning asosiy xuquqiy poydevori hisoblanadi. Eng muhimi konstitutsiya tufayli O‘zbekiston Respublikasi yangi demokratik davlat sifatida dunyo siyosiy xaritasidan munosib o‘rin egalladi.
Prezidentimiz Islom Karimov konstitutsiyaning mohiyatiga ta'rif berar ekan, shunday deb ta'kidlab o‘tgan edi,-“Dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarda hech bir fuqaro, hech bir odam o‘z ijtimoiy shaxsiy xayotini o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilishi konstitutsiyasiz tasavvur eta olmaydi”.
O‘tgan davr ichida Konstitutsiyamiz jiddiy hayot sinovlaridan o‘tdi. Halqimiz xayotida bu muhim xujjat asosida asrlar mobaynida yuz berishi mumkin bo‘lgan tengsiz o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Yurtimiz sho‘rolar davridan meros bo‘lib qolgan chuqur iqtisodiy tanazzildan qutildi, o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohatlar tufayli bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot qaror topib bormoqda. Demokratiya tamoyillariga asoslangan milliy davlatchilik va huquq tizimi shakllantirmoqda, ijtimoiy-madaniy soha barqaror rivojlanib, kishilarimizning ma'naviy qiyofasi yangilanmoqda, ularning ongiga istiqlol g‘oyasi tobora chuqurroq singib bormoqda, mustaqil yosh davlatimiz xalqaro jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallamoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz manfaati yo‘lida xizmat qiladi. Asosiy qomusimiz hatto insoniyatni qamrab olgan ona tabiat, yer osti va yer usti tabiiy boyliklarigacha qonun himoyasida, chunki u ham inson uchun xizmat qiladi.
Konstitutsiyaning qabul qilinganligi munosabati bilan maktab, kollej, litsey, oliy o‘quv yurtlari hamda ziyo maskanlari bo‘lmish kutubxonalarda ham Konstitutsiyaga bag‘ishlab targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Respublika kutubxonalarining va ARMlarning vazifasi kitobxonlar diqqatini Konstitutsiyamizni o‘rganishga hamda o‘z huquq va burchlarini bilishga, qonun-qoidalarga rioya qilishga va uning davlatimiz siyosatida muhim o‘rin tutishini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Bu ishda kutubxonalar va ARMlar adabiyotlar targ‘ibotining kitob taqdimoti, ilmiy-amaliy konferensiya , ilmiy-amaliy seminar, savol-javob kechalari, davra suhbati, bilimdonlar bellashuvi, mavzuli va munozara kechalari, uchrashuv kechasi, kitob ko‘rgazmasi, Konstitutsiya haqidagi nashrlarning obzori singari turli tuman usullaridan foydalanishlari mumkin.
Bunday tadbirlar turkumini tashkil etish uchun tarixshunoslar, huquqshunoslar, hokimiyat vakillari, idora xodimlari, huquqiy markaz hodimlarini jalb qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |