Ensiklopediyasi


Sharafiddin Ali Yazdiyning Amir Temur tarixiga bag'ishlangan «Zafarno-



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

Sharafiddin Ali Yazdiyning Amir Temur tarixiga bag'ishlangan «Zafarno- 
ma» asariga ishlangan miniatyura.
da 0 ‘ljaoy Turkon Og‘o ham 
vafot etadi. Amir Husayn Amir 
T e m u rd a n
a y rilib , 
o ‘z 
qo'shinlari bilan Balxga joy- 
lashib oladi. Amir Temur Balx­
ga yurish qilib, shaharni qamal 
qiladi va uni egallaydi. Amir 
Husayn o'z noiblari tomonidan 
ushlanib, o'ldiriladi.
Shu voqeadan so'ng Balx- 
da qo'shin boshliqlarining qu- 
rultoyi chaqirilib, Temur o'z piri 
Said Barakaning duoyi foti- 
hasidan so'ng Movarounnahr- 
ning amiri deb e’lon qilinadi.
Temur mamlakatni siyosiy, 
iqtisodiy, harbiy jihatdan mus- 
tahkamlashga harakat qiladi.
Bu paytda Movarounnahrga 
shimolda Oltin O'rda xavf solib 
turardi. Temur O'rusxonning 
tazyiqidan qochib o'z huzuriga 
yordam s o 'ra b kelgan Oq 
O'rda xonzodalaridan To'xta- 
mishga bir necha bor yordam 
beradi. U a w a l Oq O'rdani, 
keyin Oltin O'rdani egallab, 
kuchli xonlik tuzib olgach, Te- 
murning yaxshiligini unutadi va 
Movarounnahrga tahdid sola 
boshlaydi.
Shundan keyin Temur qis- 
man Oltin O'rda tasarrufida 
bo'lgan Xorazmga bir necha 
marta yurish qilib, uni xonlik si­
fatida tugatib, Movarounnahr­
ga q o 's h ib o la d i. K eyin T o 'x ta m is h
qo'shinlariga qarshi yurish boshlaydi. Temur 
q o 's h in la ri bilan T o 'x ta m is h q o 's h in la ri 
o'rtasida 1389, 1391 va 1394-1395-yillarda 
to'qnashuv bo'ladi. So'nggi ikki jang Sama­
ra va Chistopol shaharlari oralig'ida joylash­
gan Qunduzcha (Kondurcha) degan joyda, ik- 
kinchisi Shimoliy Kavkazda - Terek daryosi 
vodiysida sodir bo'ladi va Temur qo'shinlari 
g'alabasi bilan tugaydi. Shunday qilib, Amir 
Temur mo'g'ul imperiyasining asosini yemirib, 
rus knyazliklari va Sharqiy Yevropa xalqlari
mo'g'ullar asoratidan xalos bo'lishlariga yo'l 
ochib berdi. Yirik rus olimi A. Y. Yakubovskiy: 
“Temurning To'xtamish ustidan qozongan bu 
g'alabasi nafaqat O'rta Osiyo va Sharqiy 
Yevropa, balki Rusiya uchun ham katta aha­
miyatga molik bo'ldi”, - deb yozgan.
Amir Temurning hayoti va faoliyatini shartli 
ravishda ikki davrga bo'lish mumkin. Birinchi 
d a v rid a (1 3 6 6 -1 3 8 5 ) M o v a ro u n n a h rn i 
m o 'g 'u lla r istilosidan ozod qilib, o'lkada 
yagona markazlashgan davlat tuzgan, o'zaro 
urushlarga barham bergan. Ikkinchi davrida 
(1386-1405) boshqa mamlakatlarga yurish
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilib, tarixga “uch yillik”, “besh yillik”, “yetti yil­
lik urushlar” nomi bilan kirgan urushlami amal- 
ga o s h irg a n . Bu u ru s h la r s h u b h a s iz
tajovuzkorlik tusida edi, shafqatsizlik bilan olib 
borilgan, har ikki tomondan ko'p qurbonlar 
bo'lgan. Lekin bu urushlarning har biri o'z 
davri uchun ma’lum bir o'rinli sabab bilan 
boshlangan. Elchilar orqali muloqot, mu- 
zokaralar foyda bermagan sharoitdagina 
qurol ishga solingan. Masalan, jahon tarixin- 
ing buyuk hodisasi bo'lgan Anqara jangini 
olaylik. Amir Temur turk sultoni Boyazidga 
qarshi urush boshlashdan aw al u bilan ancha 
vaqt yozishma olib borgan. Turk sultoni maish­
iy buzuq, shariatga xilof ish qilib, musulmon 
b o 'lm a g a n ayol (se rb m a lik a s i M ariya 
Oliver)ga uylanib, bundan tashqari ichkilikka 
berilib ketib, o'zidan ko'pgina ruhoniylarni 
bezdirgan odam. Temur undan muqaddas 
shaharlar Makka va Madinaga boradigan kar- 
vonlarni talash bilan shug'ullangan qaroqchi- 
lar boshlig'i, Turkiyadan panoh topgan Qora 
Yusufni berishni talab qilgan. Boyazid esa 
Temurning xotinlarini haqoratlovchi javob xati 
qaytargan. Shundan keyin Temur turk sultoni 
qo'shinlariga qarshi urush boshlashga qaror 
qilgan va unda zafar qozongan.
Bu g'alaba ko'pgina xalqlarni Turkiyaning 
mustamlakasi bo'lish xavfidan qutqarib, butun 
Yevropa yengil nafas oldi. Yevropada Temur 
davlatiga qiziqish, u bilan diplomatik va iqti­
sodiy aloqalar o'rnatishga intilish kuchaydi. 
Samarqandga xorijdan ko'plab elchilar kela 
boshladilar. Shulardan biri Ispaniya qiroli 
Genrix III ning elchisi Ryui Gonzales de Kla- 
vixodir. U Samarqandda 1404-yilda bo'lib, Te­
mur bilan bir necha marta uchrashgan, suh- 
batlashgan, u haqdagi hikoyalarni tinglagan. 
Samarqand bozorlaridagi oziq-ovqat mahsu- 
lotlarining mo'l-ko'lligi, arzonligini, mamlakat 
poytaxti va Kesh (Shahrisabz) shahrida olib 
borilayotgan qurilish va obodonlashtirish 
ishlarining ko'lami va sur’atini ko'rib hayajon- 
ga tushgan.
Amir Temur qaysi yurtni istilo qilsa, o'sha 
yurtning eng yaxshi hunarmandlari va olimlari- 
ni Samarqandga olib kelib, ularning bilim va 
tajribasidan yurtni obodonlashtirishda foyda- 
langan. Mo'g'ullar bosqini natijasida vayron
bo'lgan Samarqand shahri Temur hukmronli- 
gi davrida eski Afrosiyobdan janubroqda bu- 
tunlay yangidan qad ko'tarib, atrofi devor bi­
lan o'raldi. Shaharda Ko'ksaroy, Jome masji- 
dini, Bibixonim madrasasini, Shohi Zindada- 
gi bir qator maqbaralarni, Samarqand atrofi­
da B o g 'i C h in o r, B o g 'i S h a m o l, B o g 'i 
D ilkusho, Bog'i Nav, Bog'i B ehisht deb 
nomlangan bog'lar va saroylarni bunyod 
etdi. Ko'hak va Zarafshon daryolari orqali 
o'tgan yo'llar va ko'priklar, Am udaryo va 
Sirdaryo ustida ko'priklar, Toshkent atrofi­
da kanallar, shaharlararo karvon yo'llarida 
rabotlar, karvonsaroylar qurdirdi. Bundan 
tashqari Temur Tabrizda masjid, Sherozda 
saroy, Bag'dodda madrasa, Turkistonda 
Ahmad Yassaviy qabri ustida maqbara qur- 
dirgan.
Am ir Tem ur mamlakatda amalga oshir­
gan bunyodkorlik ishlarini ham o'z saltanati 
kuch-qudratini ko'z-ko'z qilishning bir vosi- 
tasi deb bilgan. Ehtimol, shuning uchun 
bo'lsa kerak, o'zi obod qildirgan Shahri- 
sabzdagi m ashhur O qsaroyning peshto- 
qidagi naqshlar orasiga “Agar bizning kuch- 
quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizn­
ing imoratlarimizga boq”, degan xitobnoma 
yozdirgan.
A m ir T e m u r o 'z d a v rin in g h u km d o ri 
bo'lgan murakkab tarixiy siymodir. U bek- 
liklar, uluslar o'rtasida o'zaro urushlar avji- 
ga chiqqan, xalq tinchlikni, ijtimoiy adolatni 
orzu qilgan zam onda o'sib voyaga yetdi. 
Bundan ta sh q a ri uning q a lb id a islo m iy 
aqidalarga katta hurmat va ehtirom bor edi. 
Unda osmonda Olloh bitta bo'lganidek, yer 
yuzida ham bitta podsho bo'lsa, g'ayridinlar 
islom ga kirgazilsa, olam tinch, turm ush 
farovon bo'ladi, degan bir tasavvur bo'lgan.
Am ir Temur ikki til egasi bo'lgan - turkiy 
va fors tillarida yaxshi so'zlashgan. Dunyo- 
ga buyuk lashkarboshi va davlat arbobi si­
fatida tanilgan bu inson kitob o'qitib tin- 
glashni, olimlar bilan suhbatlashishni, shoh- 
m o t o 'y n a s h n i y a x s h i k o 'rg a n . U o 'z
qo'shinlari bilan olib borgan janglar tajriba- 
si 
h o z ir ja h o n n in g
b a rc h a
h a rb iy
akadem iyalarida o'rganiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Am ir Tem ur tarixiy shaxs sifatida uzoq 
vaqt qoralanib kelindi. Faqat O'zbekiston 
mustaqillikka erishgandan keyingina buyuk 
bobomizning hayoti va faoliyati haqqoniy 
bahosini olib, qadr-qim m ati joyiga qo'yildi. 
Am ir Temurning 660 yillik yubileyi respub- 
likam izda zo 'r tantana bilan nishonlandi. 
Shu munosabat bilan Toshkentda Temuriy­
lar tarixi davlat muzeyi ochildi. Toshkentda, 
S a m a rq a n d d a va S h a h ris a b z d a unga 
haykallar o'm atildi. Ko'plab ko'chalar, xiyo- 
bonlar, m aydonlar uning nomi bilan atala 
boshladi. “Am ir Tem ur” ordeni ta ’sis etildi. 
Buyuk sarkarda va davlat arbobi, uning av- 
lo d la ri h a yo ti va fa o liy a tig a b a g 'is h la b
kitoblar nashr etildi, kinofilm lar ishlandi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish