Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

AMUDARYO
Amudaryo - O'rta Osiyodagi eng yirik va 
sersuv daryo. U tarix kitoblarida ikki yarim 
ming yildan buyon 20 dan ortiq nom bilan 
atalib kelgan. Uni daryo bo'yida yashovchi 
turkiy qabilalar dastlab O'kuz, ya’ni Daryo 
deb atagan. Yunon va rimliklar O'kuzni o'z 
tillarig a m oslab Oks (Oksus), daryoning 
o'ng sohilini esa Transoksiana, ya’ni “daryo 
o rti” deyishgan. A ra b la r ham xuddi shu 
m a ’noda d a ryo n in g shim ol ta ra fin i Mo- 
varounnahr deb atashgan. Daryoning suv 
parisi (xudosi)ni anglatuvchi Vaxsh degan 
nomi ham bo'lgan. Keyinchalik Vaxsh uning 
sersuv o'ng irm og'iga nom bo'lib qolgan. 
Pokistonda Am udaryoni hozir ham Vak- 
sh u nad a deb a ta s h a d i. O 'rta a sr arab 
sayyohlari asarlarida daryo nomi Jayhun 
shaklida uchraydi. A m udaryoning ayrim
qism lari daryo so h ilid agi sh a harlar yoki 
m uzofotlar nomlari bilan Balx daryosi, Ur- 
ganch daryosi, Xorazm daryosi kabi nom­
lar bilan ham yuritilgan. Nihoyat daryoning 
hozirgi nomi qadim gi karvon yo'lida jo y ­
lashgan Amul (Amuye yoki Omuyya) shahri 
nom i bilan m a sh h u r b o 'lib ketd i. Am ul 
shahri Toxariston o'lkasining markazi bo'lib,
15-asrdan Chorjo'y deb atalgan.
D aryoning uzunligi V axjir-V ohandaryo 
b ila n
b irg a q a riy b 2 5 0 0 k ilo m e tr.
Afg'onistondagi Hindikush tog'larining shi­
moliy yon bag'ridan salkam 5000 m etr ba­
landlikdagi muzlikdan boshlanadi. H isortiz- 
masi, Pomir tog'laridan juda ko'p irm oqlar 
kelib qo'shiladi. Eng yirik va sersuv irmog'i
- V a x s h d a ry o s i q o 's h ilg a n d a n ke yin
A m udaryo deb ataladi. S urxondaryodan 
keyin Am udaryoga to Orol dengizigacha 
1200 kilometr masofada bironta boshqa ir­
m oq q o 's h ilm a y d i. Z a ra fs h o n b ila n
Q a s h q a d a ry o A m u d a ry o n in g q a d im g i 
irm o q la ri b o 'lib , u la rn in g suvi b u tu n la y 
sug'orishga sarf bo'ladi. O'zanida orollar 
bor.
Daryoning tog'lardan tushuvchi irmoqlari 
jo'shqin; chuqur va tor daralar orqali hayqirib 
oqadi, gidroenergetika resurslariga boy. 
Daryo o'zani yuqori qism ida har bir kilo- 
metrda 4 metrdan 10 metrgacha pasayib 
boradi. Tekislikdan o'tgan qismida ancha 
tinch, sekinroq oqadi. Shuning uchun uni 
“gohida sho'h, gohida sokin” daryo deyi- 
shadi. Amudaryo o'zanining nishabi Volga 
daryosidan o'n marta, Nil daryosidan uch 
marta ko'p. Daryo yumshoq jinslardan tuzil- 
gan qirg'oqlarini buzib, o'pirib, ba’zi jo yla r­
da yo'lini o'zgartirgani uchun “O 'jar daryo”, 
“Jo'shqin daryo” , “Quturgan daryo” degan 
laqablari ham bor.
Daryoning yuqori oqim i O 'zbekiston -
Afg'oniston chegarasidan, o'rta oqimining 
bir qismi O'zbekiston - Turkm aniston che­
garasidan oqadi. Daryo Qoraqum va Qizil- 
qum cho'llaridan o'tib Orol dengiziga katta 
delta hosil qilib quyiladi. Qish qattiq kelgan 
yillari daryo ayniqsa tekislik qismida ba’zan 
yoppasiga 30 santim etr qalinlikkacha muz 
bilan qoplanadi, natijada suv muz ustidan 
oqib toshqinlar vujudga keladi, bahorda muz 
eriganda ham muz tiqilib daryo toshadi.
Sho'rolar hokimiyati davrida paxtazorlar- 
ni yanada kengaytirish uchun 1960-yillardan 
Amudaryo havzasida bir qancha suv ombor- 
lari, yirik mashina kanallari qurildi. Natijada 
Orol dengiziga quyilayotgan suv hajmi ke- 
skin kam aydi. E kin z o rla r uchun fo yd a li 
bo'lgan millionlab tonna mineral moddalar- 
dan iborat loyqalar suv omborlarida cho'kib
www.ziyouz.com kutubxonasi


qola boshladi. Dalalardan chiqqan oqova 
suvlar zovurlar orqali pastqam joylarga oqib 
yangi ko'llar paydo bo'ldi. Shunday qilib 
daryo suvidan tejam siz foydalanish ko'p 
salbiy oqibatlarga olib keldi. Turli hayvonlar 
uchun makon bo'lgan to'qaylar qisqarib ket- 
di. T o 'q a yzo rla rn in g bir qism ini aslicha 
saqlab qolish maqsadida Termiz shahri ya- 
qinidagi “Payg'am bar oroli”da qo'riqxona 
tashkil etilgan. Am udaryoda noyob baliq 
turlari bor, jumladan qilquyruq (skaferingus) 
balig'i yashaydi.
Daryo havzasida joylashgan O'rta Osiyo 
respublikalari 1991-yili sho'rolar zulmidan 
qutulib, mustaqillikka erishganlaridan keyin. 
Amudaryo suvidan oqilona va bahamjihat 
foydalanish maqsadida birgalikda harakat 
qilmoqdalar, chunki bu daryo uning havza­
sida yashovchi xalqlar uchun g'oyatda hayo- 
tiy ahamiyatga ega.
Amudaryo O'rta Osiyo tarixida juda ko'p 
voqea-hodisalar, jang-u-jadallarning guvohi 
bo'lgan. Bundan 2500 yilcha oldin Eron sho- 
hi, oradan ikki asr o'tgach makedoniyalik 
Iskandar q o 'sh in la ri, 7-asr oxirid a arab 
qo'shinlari Amudaryoni kechib o'tib, O'rta 
O siyoga bostirib kirganlar. Ayni vaqtda 
daryo a s rla r davom ida savdo kem alari 
uchun qulay suv yo'li bo'lib kelgan. Qadim­
da Am udaryo Kaspiy dengiziga quyilgan 
vaqtlarda Hindistondan keltirilgan m ollar 
T e rm iz shahri yonida kem alarga o rtilib
Y e v ro p a g a o lib b o rilg a n . 1 3 -a s rd a
m o'g'ullar bosqini paytida ular daryoning 
chap so h ilid a g i to 'g 'o n n i buzib Xorazm
poytaxti ko'hna Urganchni suvga bostirgan- 
lar.
Amudaryo muhim suv yo'li sifatida Petr I 
zam onidan rus m ustam lakachilarini ham 
e ’tiborini ja lb qilgan. U lar O 'rta O siyoni 
bosib olish va Amudaryo orqali Hindiston- 
ga chiqish uchun ko'p urinishgan. Nihoyat 
o'tgan asm ing ikkinchi yarmida Turkiston 
bosib olingach, Am udaryoda 1888-yilda 
harbiy flot tuzganlar. O'sha yili yanvarda 
Chorjo'y shahri yaqinida, temir yo'l ko'prigi 
qurib b itka zild i va ko 'p rikd a n d a stla b ki 
poyezd o'tdi.
E ndilikda bularning ham m asi o'tm ish 
tarix bo'lib qoldi. Hozirda daryo resurslari- 
dan oqilona foydalanish maqsadida bir qan­
cha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish