«energetika» kafedrasi «kichik gidroelektr stansiyalar» fanidan ma’ruzalar kursi namangan-2020



Download 8,01 Mb.
bet8/31
Sana03.06.2022
Hajmi8,01 Mb.
#631662
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
МАРУЗА КИЧИК ГЭС лар

Takrorlash uchun savollar

1. O’zbekiston Respublikasida qachondan boshlab gidroelektr stantsiyalar


qurilishi boshlandi?
2. Respublikamizda qurilgan birinchi GES qanday nomlanadi?
3. Jahonda va Respublikamizdagi gidroenergetik resurslarning texnik
potentsiali miqdorini aytib bering
4. Kichik GESlar qanday sinflarga bo’linadi?
5. Respublikada keyingi yillarda qurilgan KGESlar haqida ma’lumot
bering.
6. Respublikada keyingi yillarda gidroenergetikani rivojlantirish
bo’yicha qanday dastur qabul qilingan?
7. Respublikamizda gidroenergetikani rivojlantirish dasturiga ko’ra
GESlar quvvati 2025 yilga borib qancha bo’lishi kerak?
8. Gidroenergetik resurslarning yalpi, iqtisodiy va texnik potentsiali
haqida tushuncha bering.


2 BOB. KICHIK GIDROELEKTR STANTSIYaLARNING SUV
MANBALARI


Ma’ruza №4


Mavzu. Suv resurslari va ulardan kichik GESlarda foydalanish
istiqbollari.

KGESlarning suv manbalari sifatida kichik daryolar, soylar, suv omborlari, ko’llar, gidrotexnik suv taqsimlash va dimlash inshootlari, kanallarning napor hosil qilish mumkin bo’lgan qismlari qabul qilinishi mumkin. Hozirgi kunda KGESlar texnologik jihozlarining keng diapazonlarda ishlash imkoniyatlari ularni deyarli har qanday napor va suv sarfi qiymatlariga ega bo’lgan suv manbalarida qo’llash imkonini beradi. SHu sababli KGESlar katta GESlarga nisbatan bir qator boshqa afzalliklarga ham ega bo’lganligi uchun keng ommaviylashib bormoqda. Bu afzalliklar quyidagilardan iborat: - KGESlarning eng muhim afzalligi uni qurish uchun katta suv omborlari va to’g’onlar, shu sababga ko’ra katta miqdordagi mablag’lar talab qilinmaydi;


- KGESlarning atrof-muhitga zararli ta’sirini deyarli yo’q deb hisoblasa bo’ladi. Katta GESlar atmosferaga zararli chiqindilar chiqarmasada, ular joylashgan akvatoriyada ekologik muvozanat buziladi, katta maydonlar suv ostida qoladi, yer osti suvlari sathi ko’tariladi, flora va faunaga zarar yetkaziladi, hatto suvning tarkibiga zarar yetadi. Jahondagi eng katta Xitoyning “Uch dara” GES i 2012 yilda ishga tushirilgan edi, natijada 13 ta shahar, 1440 ta katta kichik qishloqlar, 1300 ta yodgorliklar suv tagida qolib ketdi, 1,3 mln. aholi boshqa joylarga ko’chirildi. Bugungi kunda yuqorida keltirilgan zararli oqibatlardan tashqari, Yantszi daryosida uzunligi 2300 metr, balandligi 185 metr bo’lgan to’g’onning qurilishi tufayli ushbu daryo orqali okeanga chiqarib boriladigan zararli sanoat va maishiy chiqindilar suv omborda qolib ketmoqda va suv tarkibiga, unda yashaydigan jonzotlarga, atrof muhitga katta zarar ko’rsatmoqda;
- KGESlarning qurilish muddatlari juda qisqa, shu sababli
xarajatlarni qoplash muddati ham qisqa bo’ladi;
- KGESlarni to’liq avtomatlashtirish mumkin, unda inson qo’l
mehnatidan, xarajatli mehnat turlaridan deyarli foydalanilmaydi, shu
sababli unda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi issiqlik elektr
stantsiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan 4…5 marta, katta GESlardagiga nisbatan 1,5...1,7 marta arzon hisoblanadi; O’zbekiston Respublikasida gidroenergetik maqsadlar uchun yaroqli bo’lgan 83369 km3 suv yig’ish maydoniga ega 656 ta daryo, soylarning umumiy quvvati 12 231 MVt bo’lib, ular yordamida bir yilda 107 mlrd. kVt·soatdan ortiq elektr energiyasini ishlab chiqish mumkin. SHundan texnik potentsial 7225 MVt oshiq bo’lib 27,4 mlrd. kVt·soat elektr energiyasini ishlab chiqarish imkonini beradi. “O’zbekgidroenergo” AJ mutaxassislari tomonidan Respublikadagi 27 ta daryoning gidroenergetik imkoniyatlari o’rganib chiqildi va ular yordamida faqat eng istiqbolli KGESlarni qurish va ishga tushirish hisobiga qo’shimcha 2,3 mlrd. kVt·soat elektr energiyasini ishlab chiqarish mumkinligi aniqlandi. Bu daryolar quyidagilardan iborat:

  • Toshkent viloyatida: CHotqol, Oqbuloq, Ko’ksuv, Pskom, Ugam,

  • Ohangaron, CHirchiq (quyi oqimi);

  • Jizzax viloyatida: Sangzor, Zominsuv;

  • Farg’ona viloyatida: Sux, SHoximardon, Isfayramsoy, Podshoota,Kosonsoy;

  • Surxondaryo viloyatida: Surxondaryo, Tupolangdaryo, Qishtut,

  • Sangargakdaryo, Xujaipak (Xalqajar).

  • Qashqadaryo viloyatida: Qashqadaryo, Jinnidaryo, Oqsuv, Qizildaryo,

  • Katta Uradaryo, Kichik Uradaryo, G’uzordaryo.

Bundan tashqari Respublika suv xo’jaligi tizimida 180 ming
kilometr uzunlikdagi kanallar tarmog’i, 160 ming dona gidrotexnik inshootlar (shundan 800 tasi yirik), foydali suv hajmi 14,86 km3 bo’lgan 51 ta suv mborlari mavjud. Ushbu gidroenergetik manbalaridan olinishi mumkin bo’lgan elektr energiya miqdori to’g’risidagi ma’lumotlar 2.1 –jadvalda berilgan. Jadvaldan ko’rinib turibdiki asosiy gidroenergetik potentsial daryo va soylar ulushiga to’g’ri keladi, buning asosiy sababi ularda napor va suv miqdori yil davomida katta qiymatlarda o’zgarmaydi.



Download 8,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish