O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MU’ANDISLIK QURILISH
INSTITUTI
«ENERGETIKA» kafedrasi
«KICHIK GIDROELEKTR STANSIYALAR»
fanidan
MA’RUZALAR KURSI
NAMANGAN-2020
«Kichik gidroelektr stansiyalari» fanidan ma’ruzalar kursi «Muqobil energiya manbalari» ta’lim yo’nalishining bakalavrlar tayyorlash uchun namunaviy o’quv rejasi va dasturi asosida tuzilgan.
Ushbu ma’ruzalar kursidan «Muqobil energiya manbalari» ta’lim yo’nalishida taxsil olayotgan barcha talabalar foydalanishi mumkin.
Tuzuvchi:
A.Daminov - NamMQI, Energetika kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchi:
Q. Umarov – NamMQI Energetika kafedrasi dotsenti
Ushbu ma’ruzalar kursi «Energetika» kafedrasini umumiy yig’ilishida mu’okama qilingan va ma’qullangan. Bayon №_________ 2020 yil
Namangan mu’andislik–qurilish instituti o’quv-uslubiy kengashida ko'rib chiqilgan va tavsiya qilingan. «__»_____2020 y.dagi ___ sonli majlis bayoni. (__ - son bilan ro'y’atga olingan).
Kirish
Bugungi kunda kichik gidroenergetika mamlakatlar energiya ta’minotida muhim o’rinlarni egallayotgani va uning katta gidroenergetikaga nisbatan afzalliklari xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda. Hozirgi zamon kichik gidroenergetikasi yetuk texnologiya va boshqaruv tizimiga ega, shu sababli energiya ishlab chiqarish jarayoni atrof-muhitga minimal ta’sir ko’rsatadi, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi, kichik gidroelektr stantsiyalar (KGES) qisqa muddatlarda qurib bitkaziladi, ularning suv omborlari ko’p joylarni egallamaydi.
Dunyoning ko’pgina mintaqalarida uzoq masofalarda joylashgan, shu sababli markazlashgan holda elektr energiyasi bilan ta’minlash ancha qimmat va mushkul bo’lgan aholi turar-joylarini elektrlashtirish muammolarini hal qilishga kichik gidroenergetika katta hissa qo’shmoqda, aholining turmush darajasini va ishlab chiqarish sharoitlarini yaxshilashga yordam bermoqda. KGESlar gidroenergetik potentsialga ega bo’lgan deyarli barcha suv manbalari va inshootlarida qurilishi mumkin, hatto hech qanday quvurlar va tug’onlardan foydalanmasdan, faqat suv oqimining kinetik energiyasi hisobiga ishlaydigan kichik energetik qurilmalar mavjud. Keyingi paytlarda jahonda markazlashgan energiya ta’minotidan ajralgan, yakka holdagi kichik energetik tizimlar – (microgrid)lardan foydalanish keng rivojlanmoqda. Mazkur tizimlar asosan qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan, jumladan KGESlardan foydalanishga mo’ljallangan bo’lib, ulardan oqilona foydalanish, energiya resurslarini tejash, zarur hollarda to’plash (akkumulyatsiyalash) va to’g’ri taqsimlash hisobiga katta samaradorlikka ega bo’lmoqda. Jahonning nufuzli energetik tashkilotlaridan biri Xalqaro Energetika Agentligining ma’lumotlariga ko’ra 2030 yilga borib rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik energetik tizimlarning energiya ta’minotidagi ulushi 30…40 % ni tashkil etadi. 2 O’zbekiston Respublikasida ham energetikani rivojlantirish asosida iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani elektr energiyasi bilan to’liq va sifatli ta’minlash bo’yicha katta miqyosda ishlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi “2017 - 2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida” gi, 2017 yil 26 maydagi «2017 - 2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida»gi Qarorlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish asosida yoqilg’i –energetik resurslar balansini diversifikatsiyalash, ya’ni an’anaviy yoqilg’i turlarini qayta tiklanadigan energiya turlariga almashtirish hisobiga ularning elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi hissasini kamaytirish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, 2017 - 2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturida “yirik, o’rta, kichik va mikro gidroelektrostantsiyalarni loyihalashtirish va qurish sohasida zamonaviy va asoslangan ilmiy-texnik yechimlarni tatbiq etish, shu asosda respublika energetika balansi tarkibida gidroenergetika quvvatlarining ulushini ko’paytirish” ko’zda tutilgan [1,2,3]. Respublikamiz tabiiy geografik sharoiti va suv resurslarining holati gidroenergetik quvvatlarni o’zlashtirishda ko’proq kichik quvvatli GESlardan foydalanish maqsadga muvofiqligini taqozo etadi. SHuni hisobga olib 2017 - 2021 yillarda qurilishi rejalashtirilgan 42 ta GESdan 35 ta har biri 2,0...30 MVt quvvatga ega bo’lgan va umumiy quvvati 349 MVtni tashkil etadigan kichik quvvatli GESlarni barpo etish mo’ljallanmoqda. Buning natijasida Respublikamiz gidroenergetikasi quvvati 1,7 barobarga oshadi. SHu bilan bir qatorda Respublikada mikroGESlardan foydalanish bo’yicha ham bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 sentyabrdagi 724-son 3 qaroriga ko’ra kanallar, soylar, zovurlar, suv omborlarda umumiy quvvati 6100 kVt bo’lgan 37 mikroGESning tajriba loyihalari amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi energetikasini rivojlantirish sohasida belgilangan marralarda 2025 yilga borib energiya ishlab chiqarishda tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 20 % dan oshirish, 2030 yilga borib mahsulot ishlab chiqarishning energiya sig’imdorligini ikki barobar kamaytirish ko’zda tutilgan. Ushbu marralarni egallashda bajariladigan ishlarning asosiy salmog’i kichik gidroenergetikaning hissasiga to’g’ri keladi, shu sababli mazkur soha bo’yicha zamonaviy kadrlarni tayyorlash ham shu kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib turibdi. “Kichik gidroelektr stantsiyalar” darsligi 5312400 - “Muqobil energiya manbalari” ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan, shu bilan bir qatorda undan 5310100 – “Energetika”, 5310200 “Elektroenergetika” , 5450100 – “Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish”, 5450400 – “Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalardan foydalanish” ta’lim yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar, shu yo’nalishlarga turdosh bo’lgan mutaxassisliklarda o’qiyotgan magistrlar ham foydalanishi mumkin. Darslikni tayyorlashda ko’rsatilgan yordam va maslahatlar uchun muallif TDTU “Gidravlika va gidroenergetika” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor M.M. Muxammadievga o’z minnatdorchiligini bildiradi.
Darslikning mazmuni bo’yicha bildirilgan taklif va kamchiliklarni quyidagi manzilga jo’natishingizni so’raymiz: 180100, Qarshi sh., Mustaqillik ko’chasi, 225, Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish” kafedrasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |