«energetika» kafedrasi «kichik gidroelektr stansiyalar» fanidan ma’ruzalar kursi namangan-2020



Download 8,01 Mb.
bet3/31
Sana03.06.2022
Hajmi8,01 Mb.
#631662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
МАРУЗА КИЧИК ГЭС лар

(“Gidroproekt” AJ ma’lumotlari)




1.1 – rasm. Bo’zsuv gidroelektr stantsiyasi. Quyi bg’ef tomonidan
ko’rinishi


1.2 – rasm. Qodiriya gidroelektr stantsiyasi. Quyi bg’ef tomonidan
ko’rinishi




1.3 – rasm. Tovoqsoy gidroelektr stantsiyasi. Quyi bg’ef tomonidan
ko’rinishi

1932 yildan boshlab O’zbekistonda yirik gidroenergetik inshootlar qurilishi boshlandi, bunga misol sifatida CHirchiq daryosida qurilgan umumiy quvvati 160 MVt bo’lgan CHirchiq va Tovoqsoy GES larini keltirish


mumkin (1.3 – rasm). Ushbu GESlarning 1935...1940 yillarda ishga tushishi
CHirchiq shahrida joylashgan yirik sanoat korxonalarini arzon elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini berdi.
Qirqinchi yillarda O’zbekiston gidroenergetikasi ilg’or, rivojlangan soha sifatida shakllandi. Gidroenergetikani rivojlantirishda suv anbalaridan faqat bir maqsadda emas, turli maqsadlarda oqilona foydalanishni a’minlash, GES larni suv manbalarida kaskad (pog’ona) shaklida joylashtirish kabi progressiv usullardan foydalanish keng yo’lga qo’yildi. Bu usullarni qo’llash suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi, energiya ishlab chiqarish va uni taqsimlashda uning isrof bo’lishini kamaytiradi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan O’zbekistonga Rossiyadan evakuatsiya qilingan sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasi o’ta dolzarb masala sifatida yuzaga keladi, shu sababli birdaniga bir nechta GESning qurilishi boshlanadi (Oqqovoq -1, Qibray, Oqtepa, Salor, Quyi Bo’zsuv va boshqalar). Og’ir urush yillarida ishchi kuchi, texnika yetishmasligiga qaramasdan hashar yo’li bilan rekord muddatlarda 40 yaqin kichik quvvatli GESlar qurib bitkazildi, masalan Oqtepa GESi 13 oyda, Qibray GES 18 oyda, Salor GESi 11 oyda, Oqqovoq – 1 GESi 15 oyda ishga tushirildi. Elliginchi yillarda Respublikada kichik GESlarning qurilishi davom ettirildi, bu muddatda quvvati 1,5 MVtdan 22 MVtgacha 13 ta GES qurib bitkazildi, ulardan eng yirigi Samarqanddagi Darg’om kanalida qurilgan Xishrov GESi hisoblanadi. Oltmishinchi yillarning birinchi yarmida Farg’ona vodiysi, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida yana 6 ta kichik GESlar barpo etildi, ikkinchi yarmidan boshlab O’zbekiston gidroenergetikasida yangi yuksalish davri boshlandi, ya’ni mintaqa uchun yirik bo’lgan GESlarni qurish davri boshlab yuborildi, 1963…1985 yillar oralig’ida quvvati 120 MVtdan 620,5 MVtgacha bo’lgan 5 ta GES ishga tushirildi. 1985 yildan 2000 yillargacha elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojni qondirish boshqa mamlakatlardagidek issiqlik elektr stantsiyalarni qurish hisobiga amalga oshirildi. SHu sababli Respublikada gidroenergetika inshootlarning qurilishida deyarli o’zgarishlar yuz bermadi, asosiy ishlar ishlab turgan GESlarning samaradorligini oshirish, ularni ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish masalalariga qaratildi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, Respublikamiz iqtisodiyoti va ijtimoiy sohaning energiyaga bo’lgan talabini qondirish uchun ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish, jumladan irrigatsiya tarmoqlarida - magistral, xo’jaliklararo va ichki xo’jalik kanallarida, kollektor-zovur tizimlarida, suv omborlarida, soylarda va boshqa suv manbalarida kichik va o’rta GESlarni barpo etish kontseptsiyasi hukumatimiz qabul qilgan qarorlar va dasturlarda o’z aksini topdi. 2003 yilda Darg’om kanalida qurilgan 3 MVtli Urgut GESi ishlay boshladi (1.4a – rasm), 2006 yilda 30 MVt quvvatga ega bo’lgan Tupolang GESining birinchi navbati ishga tushdi, 2010 yilda Oxangaron GESi 21 MVt quvvat bilan elektr energiyasini ishlab chiqara boshladi (1.4b – rasm) Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilib aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasidagi gidroenergetika sohasidagi tashkilotlarda KGESlarni loyihalash qurish va ishlatish borasida boy tajriba va an’analar to’plangan bo’lib, hozirgi kunda ulardan Respublikamizda mazkur sohada qabul qilingan dasturlarni, ishlarni amalga oshirishda unumli foydalanilmoqda.



Download 8,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish