Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakulteti Zooinjeneriya yo'nalishi 301-guruh talabasi Bozorboyeva Maftunaning Limnologiya fanidan "Suv omborlari"mavzusida tayyorlagan taqdimot ishi
Suv ombori — toʻgʻonlar yordamida suvni yigʻish va saklash uchun quriladigan sunʼiy suv havzasi. Kompleks foydalanishga moʻljallangan Suv ombori xalq xoʻjaligidagi bir qancha tarmoqlar (sugʻorish, suv taʼminoti, elektr energiyasi, kemachilik, baliqchilik, toshqinlarga qarshi kurashish va boshqalar) ehtiyojini qondiradi. Yil davomida daryo oqimlarining oʻzgarib turishi va uning hudud boʻylab notekis taqsimlanganligi Suv ombori barpo etishga zarurat tugʻdiradi. Suv ombori oqimni fasllar va yillar boʻyicha tartibga soladi, kanal va boshqa suv oʻtkazish inshootlari bilan birga hududlar boʻylab qayta taqsimlashga imkoniyat yaratadi.
Suv ombori katta xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgani sababli 20-asr oxiriga qadar Yevropa, Osiyo, Afrika, Shim. va Jan. Amerika, Avstraliya va Okeaniyada 130 dan ortiq juda yirik suv omborlari barpo etilgan. Tanzaniyadagi OuyenFols (hajmi 250 km³, suv yuzasi maydoni 69000 km²), Kanadadagi Daniel Jonson (tegishlicha 142, 1940); Rossiyadagi Bratsk (169; 5500) Suv ombori jahondagi eng yirik suv omborlari hisoblanadi.
Oʻrta Osiyo hududida suv omborlari, asosan, ekinzorlarni sug'orish, energetika va suv taʼminotini yaxshilash uchun quriladi.
Oʻrta Osiyo hududida 75 ta Co. mavjud (2004). Ularning yalpi umumiy hajmi qariyb 50 mlrd. m³. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yirik suv omborlari (Toʻxtagʻul, Qayroqqum, Chordara, Chorvoq, Norak, Tuyamoʻyin va boshqalar) qurilgan (qarang jadval). Suv omborlari qurilishi natijasida Oʻzbekistonda 4,3 mln.ga dan ortiq yerda sugʻorma dehqonchilik qilish, suv resurelaridan gidroenergetika va baliqchilik maqsadlarida yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
Suv xoʻjaligi maqsadlarida barpo etiladigan Suv omborining toʻliq hajmi Z qismdan: foydalanib boʻlmaydigan (ishlatilmaydigan), foydali va rezerv (jadal boʻshatiladigan) hajmdan iborat. Foydalanib boʻlmaydigan hajm toʻliq hajmning bir qismi boʻlib, normal ish sharoitlarida oqimni tartibga solish uchun ishlatilmaydi; uning balandligi foydalanib boʻlmaydigan sath hajmi deyiladi. Bu satxdan yuqoridagi suv foydali hajm (yoki quyilish prizmasi)ni hosil qiladi. Foydali hajmga mos keladigan suv sathi normal sath deyiladi. Normal satxdan yuqorisi rezerv suv hajmi hisoblanadi, suv tashlagich inshootlari orqali toshqin suvlarini oʻtkazib yuborishga xizmat qiladi. So. daryo oqimini mavsumiy va koʻp yillik tartibga soladigan turlarga boʻlinadi.
Mavsumiy tartibga soladigan Co. aniq yillik toʻlish va sarflanish sikliga ega. Oqimni koʻp yillik tartibga soluvchi So. sersuvlik yillarida ortiqcha suvni yigʻib, suv kam boʻlgan yillarda esa yigʻilgan suvdan foydalanishga imkon beradi. Oʻrta Osiyo hududidagi So. dan sugʻorish mavsumida suv foydalanib boʻlmaydigan hajm darajasigacha olinadi. Koʻpincha vegetatsiya davrida mavsumiy tartibga solinadigan Suv omborining foydali hajmi toʻla ishlatiladi.
Havzaning joylashishiga qarab daryo oʻzanidagi (toʻgʻon oʻzanni va vodiydagi oqimning bir qismini toʻsadi) va toʻldiril ad i gan Suv omboriga (oʻzandan chetdagi tabiiy yoki sunʼiy havzadan foydalaniladi) boʻlinadi. Suv omboridagi asosiy inshootlar — toʻgʻon (suvni toʻsuvchi), suv chiqargich (suvdan foydalanuvchilarga suv berish) va ehtiyot tashlama (ortiqcha suvni chiqarib yuborishni taʼminlaydi). Toʻldiriladigan Suv omborida, bulardan tashqari, havzani chegaralovchi dambalar, suv keltirgich va chiqargich kanallar ham boʻladi (qarang Kattaqoʻrgʻon suv ombori).
Havzaning joylashishiga qarab daryo oʻzanidagi (toʻgʻon oʻzanni va vodiydagi oqimning bir qismini toʻsadi) va toʻldiril ad i gan Suv omboriga (oʻzandan chetdagi tabiiy yoki sunʼiy havzadan foydalaniladi) boʻlinadi. Suv omboridagi asosiy inshootlar — toʻgʻon (suvni toʻsuvchi), suv chiqargich (suvdan foydalanuvchilarga suv berish) va ehtiyot tashlama (ortiqcha suvni chiqarib yuborishni taʼminlaydi). Toʻldiriladigan Suv omborida, bulardan tashqari, havzani chegaralovchi dambalar, suv keltirgich va chiqargich kanallar ham boʻladi (qarang Kattaqoʻrgʻon suv ombori).
So. ni loyqa bosishi juda xavfli. Baʼzi hollarda loyqa bilan toʻlishi sababli Co. butunlay ishdan chiqadi. Loyqa bosish jarayoniga daryoda toʻgʻon qurilgandan soʻng oqiziqlarshgʻt choʻkishi sabab boʻladi. Oqiziqlarning asosiy manbalari suvdagi loyqa, tuproq, shamol va suv eroziyasi mahsulotlari. Oʻrta Osiyodagi So. ni juda tez loyqa bosadi. Mac, Qashqadaryoda qurilgan Chimqoʻrgʻon Co. 20 yilda 60 mln. m³, Gʻuzordaryodagi Pachkamar So. 9 yilda 17 mln. m³, Janubiy Surxon Suv omborining toʻrtdan bir qismi 25 yilda loyqa bilan toʻddi; Sirdaryodagi Uchqoʻrgʻon Suv ombori hajmi 19 yil davomida 60% ga qisqardi.
Co. ning loyqa bosishiga qarshi kurashda quyidagi choralar qoʻllanadi: oqim loyqalanadigan toshqin vaqtida So.da suv sathi pasaytirilib, juda loyqa daryo suvi katta tezlikda oʻtkazib yuboriladi; aylanma kanallar barpo etiladi, soʻngra choʻkib qolgan okiziq (pulpa)lar zemsnaryadlar bilan chiqarib tashlanadi, suv yoʻlida okiziklarni choʻktiradigan tindirgichlar quriladi; muallaq oqiziqlar koʻp boʻlgan loyqa oqim toʻgʻon tagidagi maxsus suv tashlagich orqali chiqarib yuboriladi
Suv omborlarining turlari
Suvni to’plab, undan kelgusida foydalanishga imkon beradigan inshoot suv ombori bo’ladi. Suv omborlari umumiy ko’rinishi, suvni to’plash shartsharoitlari, to’g’onining qurilishi usullari bo’yicha xilmaxildir. Ana shu belgilari bo’yicha ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
yopiq suv omborlari;
ochiq suv omborlari.
Yopiq suv omborlariga suv saqlanadigan kattakichik idishlar, rezervuarlar kiradi. Bunday suv omborlari temirdan, temirbetondan, tosh va boshqa materiallardan quriladi. Ular oqimni kunlar, hafta, oy, ba’zan mavsumlar bo’yicha boshqarishga mo’ljallanadi. O’lkamizda juda qadimdan mavjud bo’lgan sardobalarni ham ana shunday suv omborlari tipiga kiritish mumkin.
Ochiq suv omborlari ikki xil bo’ladi:
1. Dambali suv omborlari;
2. Тo’g’onli suv omborlari.
Dambali suv omborlari quyidagi ko’rinishlarda uchraydi:
a) bir tomonlama damba, nishab joyda seldan saqlash maqsadida quriladi;
b) gir aylana damba, gorizontal joyda quriladi;
v) yarim kovlangan damba, suv omborining suv sig’imini kattalashtirish maqsadida quriladi.
Suv omborlarining to’g’onlari vazifasiga ko’ra ikki turga bo’linadi:
a) suv sathini ko’tarishga mo’ljallangan to’g’onlar. Ular energetika, suv transporti, daryo yoki kanaldan suv olish maqsadlarida quriladi;
b) suvni to’plash va daryo oqimini boshqarish maqsadida qurilgan to’g’onlar.
Hozirgi kunda yagona maqsadda to’g’on qurish kam uchraydi. Ko’pchilik to’g’onlar majmualikompleks maqsadlarni ko’zlab quriladi.
Suv omborlarining asosiy ko’rsatkichlari
Suv omborlarining ko’rsatkichlari (parametrlari) ikki yo’nalishda belgilanadi:
suv omborining o’lchamlarini xarakterlaydigan parametrlar;
suv omboridan foydalanish rejimini aniqlaydigan parametrlar;
Birinchi turdagi, ya’ni suv omborlarining o’lchamlarini xarakterlaydigan parametrlar quyidagilardan iborat:
a) me’yoriy dimlanish sathi (MDS);
b) foydasiz hajm sathi (FHS);
v) ishchi suv sathi (ISS).
Me’yoriy dimlanish sathi (MDS) shunday sathki, suv ombori shu sathgacha to’ldirilganda to’g’on unda to’plangan suvni uzoq vaqt ziyonsiz ushlab tura oladi. MDS ning takrorlanishi va davomliligi daryoning oqim rejimiga va uning boshqarilish darajasiga bog’liq. Daryo oqimini mavsumiy boshqarishda MDS ga har yili, ko’p yillik boshqarishda esa faqat suv ko’p bo’lgan yili erishiladi (39rasm).
Foydasiz hajm sathi (FHS)suv omborida to’plangan suvning shu sathdan yuqorida joylashgan qismidan foydalaniladi. FHS ning takrorlanishi ham daryoning oqim rejimiga va uning boshqarilish darajasiga bog’liq. FHS daryo oqimini mavsumiy boshqarishda har yili, ko’p yillik boshqarishda esa kam suvli yillarda-mejenning oxirida kuzatiladi.
Suv omborlarining suv sig’imihajmining quyidagi ko’rinishlari mavjud va ularning har biriga o’ziga xos vazifa yuklanadi:
a) foydali hajm yoki ishchi hajm (Vf);
b) foydasiz yoki o’lik hajm (Vo’);
v) umumiy yoki to’liq hajm (V);
g) ishchi chuqurlik (hi).
Foydali yoki ishchi hajm MDS va FHS orasida joylashgan bo’ladi. Daryo oqimi asosan shu hajmda boshqariladi.
Foydasiz hajm daryo oqimini boshqarishda ishtirok etmaydi, lekin suv inshootidan samarali foydalanishda u muhim ahamiyatga ega. Jumladan, loyqa oqiziqlarning cho’kishini, GES ni zarur napor bilan ishlashini ta’minlash foydasiz hajm o’lchami bilan bog’liqdir.
Umumiy yoki to’liq hajm foydali va o’lik hajmlar yig’indisiga teng, ya’ni
Vq +Vf= Q+Vo’ .
Ishchi chuqurlik-me’yoriy dimlanish sathi bilan foydasiz hajm sathi orasidagi balandlikdir. Suv omboridan foydalanish jarayonida undagi suv sathi shu balandlik chegarasida o’zgaradi.
Suv omborlarining yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlari ularda to’plangan suvdan samarali foydalanish va shu bilan bog’liq bo’lgan muammolarni oldindan rejalashtirishda juda muhimdir.