Transformatorning YuK chulg`ami «yulduz», PK chulg`ami esa
«uchburchak» sxemasi bo`yicha ulanganda YuK chulg`amida o`zgarish bo`lmagani tufayli YuK chulg`am EYuK lari uchun qurilgan vektor diagramma ham o`zgarmaydi.
Bu sxemani PK li chulg`am uchlarining belgilanishi almashtirilgan hol uchun ko`rib chiqamiz.
Past kuchlanishli chulg`am boshlari va oxirlarining belgilanishlari most ravishda almashtirilgandan keyin ham G` uchburchak G` sxemasi to`g`ri ketma- ketlikda birlashtirilgan holda PK iste`molchiga ulashni a,b, s uchlaridan amalga oshirilsa, EYuKlar ularning boshidan oxiriga yunaladi. PK chulg`am uchun vektor diagrammani qurishda yordamchi MN to`g`ri chiziqning doiradan past qismida birorta nuqtadan YuK chulg`am V fazoviy EYuK vektori EYBga parallel qilib, unga teskari yo`nalishda EAV=EVU vektori chiziladi. Chulg`amning boshqa fazaviy EYuK vektorlarini ko`rsatish zarurati tug`ilsa, ularni ham tegishlicha YuK fazaviy EYuK vektorlari teskari yo`nalishda chizish mumkin. Lekin transformatorning ulanish guruhini aniqlash uchun EAV ning EAV ga nisbatan yo`nalishini aniqlash etarlidir.
Shunday qilib, PK chulg`am EYuK vektorining tegishlicha YuK chulg`am EYuK vektoriga nisbatan siljishini soat kichik milining katta miliga nisbatan tutgan holati orqali aniqlanadi va berilgan shartlar uchun ulanish guruhi «5» ekanligi ma`lum bo`ladi.
«Yulduz-zigzag» (Y/Z) sxemasida ulash
Bu sxema amalda quvvati 25-250kv/A bo`lgan umumiy va maxsus maqsadli kuch transformatorlarida ishlatilishdan qatiy nazar adabiyotlarda mazkur sxemaga ulangan uch fazali ikki chulg`amli transformator chulg`amlarining ulanish guruhini aniqlashga oid metodika keltirilmagan. Ma`lumki, «yulduz- zigzag» sxemasi yuqorida ko`rilgan sxemalarga nisbatan o`ziga xos xususiyatga ega.
Chulg`amlarning o`ralish yo`nalishi va uchlarining belgilanishi bir xil bo`lgan transformatorning PK sho`lg`am EYuK lari vektor diagrammasini ko`rish uchun «A» fazaning (a-x) va V fazaning (v-u) g`altaklari o`zaro qarshi ulanganligi ularda hosil bo`ladigan EYuK lar bir-biridan 1200 siljigan hamda EYuK larning yo`nalishi qarshi bo`lganligidan ularni geometrik ayirish natijasida Ea, Ev, Es fazoviy EYuK vektorlari hosil bo`ladi.
Ea = Ev - Ea , Ev = Es – Ev , Es = Ea– Es Takidlash lozimki, tavsiya qilinayotgan usulda bulardan aniqlanadigan liniyaviy EYuK vektori Ea ning «a» nuqtasi MN yordamchi chizig`i ustida yotadigan bo`lishi lozim.
«V» fazaning ikkinchi (v-u) g`altagida hosil bo`ladigan EYuK Ev neytralga yo`nalgan, shu fazaga tegishli YuK chulg`am EYuK Ev esa neytraldan chulg`am boshiga yo`nalgan. Shu sababli Ev vektori Ev teskari yo`nalishda qo`yiladi va uning uchidan A fazaning PK chulg`amiga tegishli birinchi (a-x) g`altagi EYuK vektori Ea ni YuK chulg`amning A fazaviy EYuK vektori EA ga mos yo`naltirib chiziladi. So`ngra EA vektorining uchini neytral nuqta bilan birlashtirib fazaviy EYuK vektori EA hosil
qilinadi. «V» va «S» fazaviy chulg`amlarining tegishlicha EYuK vektorlari Ea va Es lar ham huddi shu tartibda hosil qilinadi. EA va EV vektorining yo`nalishi va kattaligini aniqlaymiz.
rasm
Bu vektorni o`ziga parallel ravishda YuK chulg`am uchun qurilgan vektor diagrammaning «A» nuqtasiga liniyaviy vektor EAV ning «a» nuqtasi ustma-ust tushadigan qilib MN chizig`i bo`yicha ko`shirilganda EAV vektori soatning «11» raqamiga yo`nalganligi kuzatiladi. Demak, berilgan sxema uchun chulg`amlarning guruhi 11 ekan. Uch fazali transformatorlar chulg`amlarini ulash sxemalarini kasr tarzida ko`rsatish qabul qilingan. Kasrning suratidagi belgi birlamchi chulg`amni, maxrajidagi belgi esa ikkilamchi chulg`amni ulash sxemasini bildiradi. Masalan, 5.14-rasm, a dagi uch fazali transformatorning chulg`amlari yulduz/yulduz sxemada ulangan bo`lib, Y/ Y tarzida belgilanadi. Agar yulduz/uchburchak sxemada ulangan bo`lsa, Y/ Δ belgi bilan ko`rsatiladi. Amalda, asosan kichik va o`rtacha quvvatli (taxminan 1800 kVA gacha bo`lgan) transformatorlarning ikkala chulg`amiga nisbatan yulduz usulida ulash sxemasi qo`llaniladi. Bunday ulashda chulg`amlarning izolyatsiyasi faza kuchlanishiga