Электротехника фанида трансформатлар ва уларнинг уланиш гуруҳини аниқлашни ўргатишда янги ўқув усулларидан фойдаланиш



Download 1,07 Mb.
bet1/19
Sana26.02.2022
Hajmi1,07 Mb.
#466658
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish gruhini aniqlashni o`rgatishda yangi o`quv usullaridan


O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Fizika matematika fakulteti
Mehnat ta’limi kafedrasi Mehnat ta’limi yo`nalishi


BITIRUV MALAKAVIY ISHI


Mavzu: Elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish gruhini aniqlashni o`rgatishda yangi o`quv usullaridan
foydalanish


Bajargan: I. Matkarimov


Ilmiy rahbar: dots. B. Ibragimov




Kafedra mudiri: dots. B. Ibragimov
NUKUS 2014 yil

Mavzu: Elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish gruhini aniqlashni o`rgatishda yangi o`quv usullaridan


foydalanish


REJA:
Kirish:

  1. BOB. ELEKTR TOKI VA UNI TRANSFORMATSIYALASH

    1. Elektr manba haqida umumiy tushincha.

    2. Transformatorlar haqida umumiy tushinchalar.

  1. BOB. TRANSFORMATORLAR VA ULARNI ULASH USULLARI

    1. Transformatorlarning tuzilishi va ishlash printsipi.

    2. Transformatorning ish rejimlari

    3. O`quvchilarga elektr bilan ishlaydigan uy ruzg`or buyumlarini o`quvchilarga o’rgatish uslublari.

    4. Amaliy ishlar paytida mehnat xavfsizligi qoydalari.

Bir soatlik dars konspektasi Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlar tayyorlash tizimining mukammol bo`lishi, zamonaviy iqtisod, Fan madaniyat, texnik va texnologiyalar asosida rivojlanishi shart.
Milliy dasturni amalga oshirishda mavjud ta`lim va kadrlarni tayyorlash tizimlarini tubdan o`zgartirish zamonaviy ilmiy fikrlar yutuqlari va ijtimoiy tajribalarga, ta’lim jarayonini hamma shakli va turlarida ilg`or-metodik talimlarga tayangan holda amalga oshiriladi.
Ma’lumki «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» asosida yoshlarning ongini yuksaltirishga e’tibor qaratilgan va ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri deb belgilab berilgan. Ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri zamonaviy o`quv dasturlari asosida yuqori natijali o`qitish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash hisoblanadi. Eng asosiy dolzarb ko`rsatkichi shundan iboratki, o`quvchilarni mustaqil fikrga yo`naltirish va ularning ong saviyasini zamonga mos holda tarbiyalashdan iborat.
Shunday ekan, o`qituvchining o`zida ham dars mashg`ulotlarini olib borishda yuksak saviya va bilim talab qilinadi. Maktab ta`lim tizimi jarayonida talabaning erkin tafakkurini shakllantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash har bir pedagogning diqqat e`tiborida bo`lishi zarur.
Dars jarayonida jonli muloqotni tashkil qilish uchun zamonaviy o`qitish usullaridan foydalanish ta`lim mazmunida etakchi rol o`ynaydi. Ta`lim mazmuni asosida o`quvchining tafakkuri, dunyoqarashi, ongli munosati, mafkuriy qarashlari tarkib topadi.
Shunday qilib, maktab programmasida maktab o`quvchilariga elektr manbali bilan ishlaydigan uy-ro`zg`or buyumlari buyicha elektr qo`ng`iroq, elektr mayatnik, uyingohlar va boshqalar bilan qo`yidagicha tanishtiriladi; vazifasi haqida gapiriladi, ishlatilib ko`rsatiladi, konstruktsiyasi bilan tanishtiriladi, elektr sxemasi chiziladi.
Elektrlashtirilgan qurilmalar bilan tanishish natijasida o`quvchilar qo`yidagilarni o`zlashtirib olishlari lozim;

      1. Elektrlashtirilgan buyumlar shunday konstruktsiyalanishi kerakki, ularda simlar va kontant birikmalar ko`rinmasin, shuningdek elektr armaturalar puxta mahkamlangan , shunday buyumdan foydalanish hafvsiz bo`ladi;

      2. Elektrlashtirilgan buyum pishiq va havfsiz bo`lishidan tashqari chiroyli va foydalanishda qulay bo`lishi kerak;

      3. Sharnirli birikmalarda simlar shunday joylashtirilishi kerakki, qurilmadan uzoq foydalanish ularning ishdan chiqishiga (qisqa tutashuvga) olib kelmaydigan bo`lishi kerak;

      4. Elektr energiya iste`molchilarini shunday joylashtirish kerakki, issiqlik ajralishi (aylanma harakatda) oqibatida buyum yonib ketmaydigan, aylanuvchi detalga simlar o`ralib qolmaydigan bo`lishi maqsadga muvofiq bo`ladi.

Montaj qilish davomida, odatda qiyinchiliklar tug`ilishi mumkin. Bunday holda o`qituvchi ulardan texnik topshiriqlar sifatida foydalansa bo`ladi. Masalan, o`qituvchilar ta`minlash shnurini lampa asosiga biriktirish kerak bo`lsin.Bunda instruktsion kartada esa bu operatsiya tushirib qoldirilgan. O`qituvchilarda buni qanday qilish kerak, degan savol tug`iladi. O`qituvchi darhol javob bermaydi, aksincha o`quvchilarga shnurni biriktirish usulini topishni tavsiya qiladi. Albatta, bunda o`quvchilar o`qituvchi yordamisiz optimal xulosaga kela olmasliklari mumkin. Ammo bu qiyin vaziyat o`quvchilarni fikrlashga, mustaqil xulosa chiqarishga qiziqtiradi. Bu esa o`quvchilarning intellektual rivojlanishiga va mehnatga ijodiy yondoshishlariga yordam beradi.
Shunday qilib, bu bitiruv malakaviy ishida o`quvchilarga elektr manbai bilan ishlaydigan uy ro`zg`or buyumlarini foydalanish va ishlatish uslublari haqida batafsil aniq ko`rsatilgan bo`lib topiladi.
O`qitish jarayonida yangi o`quv uslublarini tadbiq etish kadrlar tayyorlash talablarning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Respublikamiz hukumati va prezidenti olib borayotgan siyosiy iqtisodiy siyosatida davlat faoliyatining barcha sohalarin rivojlantirishga ayniqsa, yosh avlodni milliy tiklanish g`oyasi ruhida tarbiyalashga katta e`tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta`lim olayotgan yoshlar xalqimizning kelajagi hisoblanadi. Bu sharafli vazifani bajarish o`qituvchilar zimmasiga tushadi. Shu sababli yuqori malakali o`qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda.
Xalqning faravonligini ta`minlashda, ilm-fan taraqqiyotida shuningdek, turmushning barcha javhalarida elektr energiyasiga bo`lgan talab juda kattadir. Shu sababli elektrtexnika fanining rivojlanishi va uning amaliyotta qo`llanilishi, maktab o`quvchilariga tushintirilishi, ko`nikmalar hosil qilish juda katta ahamiyotga egadir.
Elektrotexnika fanida o`zgaruvchang tok va uni hosil qilish, etkazib berish masalariga alohida e`tibor qaratilgan. Elektr stantsiyalarida hosil bo`lgan elektr energiyasini olis masofalarga etkazib berishda transformatorlarning roli juda katta. Bu termin va tushinchalarni o`quvchilarga tushintirishda bazi muoammalarga echishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Maktab o`quvchilarga elektrotexnikaning asosiy qisimdan biri bu transformatorlar va ularing ishlash printspini o`rgatish alohida katta ahamiyatga ega shu bois elektrotexnika ishlari asosan uninng mazmuni, maktablarning ish tajribasidan kelib chiqib dasturning tegishli bolmagan faqatgina elektromantaj ishlari uchun moljallangan.
Bu masalada yangi pedagogik texnologiya usullaridan-klaster tuzish, aqliy hujum, tanqidiy fikrlash, juftliklarda ishlash va xokazo foydalanish mumkin. Bu usullarning mohiyati shundaki, o`quvchilarda qiziqish paydo qilish va u o`zicha yondashish yuzaga keladi va buning natijasida shaxsiy fikr, tafakkur rivojlanadi.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish