, b 09), d 09), e 09) sinf



Download 73 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi73 Kb.
#12042

8-A (3.09), B (6.09), D (6.09), E (3.09) sinf




1 – dars. Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


Darsning maqsadi:

O‘quvchilarga hisoblash texnikasi taraqqiyot davrlari va EHМ avlodlari davrlari haqida tanishtiriladi.



Asosiy tushunchalar:

Hisoblash texnikasi taraqqiyot davrlari. EHМ avlodlari.



Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.



Mavzuni yoritish:

“Hisoblash texnikasi” deganda axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishni osonlashtirish va tezlatish uchun qo‘llanadigan texnik vosita, ya’ni hisoblash mashinalari hamda matematik vositalar, usullar hamda qoidalar majmui tushuniladi.

Zamonaviy hisoblash mashinalari yoki kompyuterlarning asosiy qismlari elektron qurilmalardan tashkil topgan. Shuning uchun ular elektron hisoblash mashinalari yoki EHM deb yuritiladi.

Axborotni tasvirlash usuliga qarab hisoblash mashinalari 3 turkumga bo‘linadi:



  • analog (uzluksiz) hisoblash mashinalari. Ularda axborot uzluksiz o‘zgaruvchi bo‘lib, biror fizik kattalik (masalan, tok kuchi) bilan ifodalanadi;

  • raqamli hisoblash mashinalari. . Ularda axborot diskret qiymatli o‘zgaruvchi(son)lar bilan ifodalanadi. Masalan, elektr impulslari.

  • gibrid hisoblash mashinalari. Ularda axborotni tasvirlashning yuqoridagi har ikki usulidan foydalaniladi.

Hisoblash qurilmalari tarixi bir necha asrni o‘z ichiga oladi. Quyida bu tarixning eng salmoqli voqealari va uning ishtirokchilari haqida so‘z yuritiladi.

Eramizning 500 yillari. Cho‘t (abak) – ipga tortilgan toshchalardan tuzilgan qurilma ixtiro qilindi.

“Hisoblash texnikasi” deganda axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishni osonlashtirish va tezlatish uchun qo‘llanadigan texnik vosita, ya’ni hisoblash mashinalari hamda matematik vositalar, usullar hamda qoidalar majmui tushuniladi.

Zamonaviy hisoblash mashinalari yoki kompyuterlarning asosiy qismlari elektron qurilmalardan tashkil topgan. Shuning uchun ular elektron hisoblash mashinalari yoki EHM deb yuritiladi.

Dastlabki hisoblash vositalari 2 turkumga bo‘linadi:



  • tabiiy dastlabki hisoblash vositalari (barmoqlar, toshlar, tayoqchalar);

  • sun’iy dastlabki hisoblash vositalari (birka, abak, Neper tayoqchalari, rus cho‘tlari).

Hisoblash qurilmalari tarixi bir necha asrni o‘z ichiga oladi. Quyida eng sodda hisoblash vositalari haqida so‘z yuritiladi.

Inson hisoblay boshlashidagi dastlabki hisoblash vositasi bo‘lib odamlarning barmoqlari xizmat qilgan. Odam tabiiy hisoblash vositasi bo‘lmish qo‘l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Mazkur vosita yordamida biror hisoblash nari tursin, balki ikki yoki undan ortiq raqamli sonlarni qo‘shish ham juda qiyin yoki umuman mumkin emas. Shuning uchun asta-sekin sun‘iy hisob­lash vositalari vujudga kela boshladi. Shubhasiz birinchi hisoblash vositalari toshlar va tayoqchalardir. So‘ngra birka, abak, Neper tayoqchalari, rus cho‘tlari vujudga keldi.

Eramizning 500 yillari. Cho‘t (abak) – ipga tortilgan toshchalardan tuzilgan qurilma ixtiro qilindi.

Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o‘z ichiga oladi:



  • Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davr.

  • Mexanik mashinalar davri.

  • Elektromexanik mashinalar davri.

  • Elektron hisoblash mashinalari davri.

Mexanik mashinalargacha bolgan davr. Inson hisoblay boshlashidagi dastlabki hisoblash vositasi bo‘lib odamlarning barmoqlari xizmat qilgan. Odam tabiiy hisoblash vositasi bo‘lmish qo‘l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Mazkur vosita yordamida biror hisoblash nari tursin, balki ikki yoki undan ortiq raqamli sonlarni qo‘shish ham juda qiyin yoki umuman mumkin emas. Shuning uchun asta-sekin sun‘iy hisob­lash vositalari vujudga kela boshladi. Shubhasiz birinchi hisoblash vositalari toshlar va tayoqchalardir. So‘ngra birka, abak, Neper tayoqchalari, rus cho‘tlari vujudga keldi.

Mexanik mashinalar davri. Nemis olimi Vilgelm Shikkard (1592–1636) tomonidan 1623-yili ixtiro qilingan mexanik moslamalar bilan mexanik mashinalar davri boshlandi. Aslida esa Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967-yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr etilmagan ikki jildli qo‘lyozmasi topilgan. Qo‘lyozmadagi chizmalar ichida o‘n uchta raqamli sonlarni qo‘sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo‘lib, ular asosida mashina yaratilganda, bu qo‘shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shunga ko‘ra, uyg‘onish davrining buyuk rassomi, matematigi italiyalik olim Leonardo da Vinchi (1452–1519-yillar) birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi. Vilgelm Shikkard yasagan mexanik hisoblash mashinasi ham, Leonardo da Vinchining loyihasi ham hayotda qo‘llanilmadi.

«Fransuzlarning Arximedi» degan nomni olgan olim Blez Paskal 1642-yilda keyinchalik keng ko‘lamda qo‘llanilgan va keyingi hisoblash mashinalari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan mexanik mashina yaratdi.



Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo‘l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining yarati­lishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. Bunday mashina loyihasi dastlab Rossiyada yashab turgan shved olimi V.T.Odner tomonidan 1875-yilda yaratildi. 1925-yilda V.Bush elektr releda yig‘ilgan hisob­lash mashinasini yasadi va hayotga tatbiq etdi.

Elektron hisoblash mashinalari davri. 1943–1945-yillarda birinchi bo‘lib AQSHdagi Pensilvaniya universitetida Mouchli va Ekkert 70 tonnaga yaqin og‘irlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallaydigan va 18 mingta elektron lampaga ega bo‘lgan ulkan elektron hisoblash mashinasi «ENIAC»ni yaratdilar. U elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi.

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilish mumkin, masalan:



  1. Birka nima?

  2. Abak nima?

Bu kabi savollarga bahs-munozara shaklida javob berishni tashkil etish katta samara beradi.

Uyga vazifa:

1. Test tuzish (10 ta yoki undan ortiq)



2*. Darslikdagi 3-mashq.
Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish