O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTÍ
«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo’yıcha prorektor
___________ M.Jumamuratov
«___» ___________2021-yil
|
JISMONIY TARBIYA DIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI FANIDAN
O‘QUV - USLUBIY
MAJMUASI
2 – kurs magistratura
Fanning kodı:
|
JTDKM 2004
|
Magistristratura yo‘nalishi:
|
5A112001 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
|
Semestr:
|
3
|
Kreditler sonı:
|
2
|
№
|
Mashg‘ulot túri
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
II
|
1
|
Nazariy (lekciya)
|
30
|
30
|
2
|
Amaliy
|
30
|
30
|
3
|
Seminar
|
-
|
-
|
4
|
Mustaqil ta’lim
|
60
|
60
|
5
|
Kurs ishi
|
|
|
6
|
Jami auditoriya soat
|
60
|
60
|
7
|
Umumiy o‘quv sat
|
120
|
120
|
Tuzuvchi:
A.Q. Utepbergenov
|
–
|
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutí “Jismoniy madaniyat” fakulteti dekanı, b.f.n., dotsent.
|
Nukus-2021
1-Mavzu: Jismoniy tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi fanining predmeti va uslublari.
Reja:
1. Metodik ish tizimida pedagogik diagnostikaning ahamiyati va vazifasi
2. Pedagogik diagnostika nima? Uni joriy etish yo`llari va ahamiyati
3. Pedagogik diagnostika fanining hozirgi kundagi ahamiyati
4. Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari
Tadqiqot ishlarining natijalari zamonaviy pedagog va rahbar shaxslarning quyidagi kasbiy sifatlari bilan farq qilishini ko`rsatmoqda:
- o`z faoliyatini tahlil qilish ehtiyoji;
- dialogga kirishish qobiliyati;
- diagnostika va o`zini-o`zi diagnostika qilishning yangi usullarini egallashga intilish;
- o`zini-o`zi bir xilda baholash qobiliyati.
Shuning uchun o`quv jarayonini boshqarish, ayniqsa uning ishtirokchilarini boshqarish masalasiga tubdan o`zgartirishlar kiritish kerak. Ularni o`zini-o`zi boshqarish tartibiga o`tkazish har bir rahbarning bosqichma-bosqich o`zini-o`zi tahlil qilishi va o`z maqsadini belgilashi, o`zini-o`zi istiqbol rejasini belgilashi, o`zini-o`zi nazorat qilishi, o`zini-o`zi baholash va korrektsiya qilishi (to`g`rilash) demakdir. Bu esa har qanday boshqaruvchining tashxis qilish tomonini kuchaytiradi.
Tahlil, o`zini-o`zi tahlil qilish, shaxsni o`rganish tushunchalari so`nggi vaqtlarda yagona diagnostika (tashxis) atamasi bilan nomlana boshlandi‖. Ushbu so`zning umumiy ma`nosi-tashxis qo`yish nazariyasi va amaliyoti, bilishning alohida turidir, chunki diagnostika‖lotinchadan tarjima qilinganda aniqlash‖, belgilash‖ ma`nolarini anglatadi. Pedagogik diagnostika - pedagogik faoliyat sohasida voqeliklarning mohiyatini belgilash, jarayonlarni har tomonlama o`rganish, pedagogic omillarning majmuaviy harakatini aks ettirish demakdir. Uning vazifasi - pedagog va rahbarga sabablarning o`zaro bog`liq harakati, ularning qaysi biri shu lahzada kritik ahamiyatga ega bo`lishi haqida tezkor va ishonchli axborot beradi.
Shuning uchun ta`lim-tarbiya va metodik jarayonlarning barcha tarkibiy qismlariii tashxis qilib turish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik diagnostikaning mazmuni deganda metodik va pedagogikjarayonning, bola shaxsi, pedagog yoki rahbarning faoliyati darajasidan qat`inazar, tezkor o`rganilishi va baholanishi, tartibga solinishi va korrektsiyasi(to`g`rilanishi) tushuniladi.
Pedagoglarning faoliyati va shaxsini o`rganish - metodik ishlarning sifativa samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Metodik ishlar pedagoglarning bolalarga ta`lim-tarbiya berish va ularni rivojlantirish bilanbog`liq faoliyatida yuqori natijalarga erishish uchun yordam berishga qaratilgan.
Ushbu masalani nafaqat keyingi takomillashtirish, balki har bir pedagogning mavjud imkoniyatlarini har tomonlama hisobga olish shartlaridagina bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |