Nazorat savollari 1. Metodik ish tizimida pedagogik diagnostikaning ahamiyati va vazifalari
nimalardan iborat?
2. Pedagogik diagnostika nima? Uni joriy etish yo`llari va ahamiyati qanday?
3. Pedagogik diagnostika fanining hozirgi kundagi ahamiyati nimalardan iborat?
4. Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari nimalar kiradi?
2–mavzu: Diagnostika: turlari, Psixodiagnostika va pedagogik diagnostika maqsadlari va vazifalari Reja: 1. Psixodiagnostika va pedagogik diagnostika iboralarini eshitganingizda fikringizga qanday so`zlar, iboralar keladi. (Aqliy hujum) - 5 daqiqa. 2. Shaxs rivojlanishining psixologik pedagogik diagnostikasi kursini o`rganishning ahamiyati haqidagi fikrlar munozarasi. (3x4 pedagogik texnologiya asosida) -25 daqiqa. 3. Shaxs rivojlanishining psixologik pedagogik diagnostikasi kursining predmeti, maqsad va vazifalari. (Kichik guruhlarda ishlash metodi orqali) - 35 daqiqa. 4. Darsga yakun yasash - 5 daqiqa. Mashg`ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o`quv didaktik tarqatma materiallar 1. Psixodiagnostika va pedagogik diagnostika iboralarini eshitganingizda fikringizga qanday so`zlar, iboralar keladi, degan savol bilan magistrlarga murojaat etiladi. Bunda biz interfaol usullardan biri aqliy hujum usulini qo`llaymiz. Aqliy hujum - g`oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy hujum» metodi biror muammoni echishda talabalar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to`plab, ular orqali ma`lum bir echimga kelinadigan eng samarali metoddir.Aqliy hujum metodining yozma va og`zaki shakllari mavjud. ―Aqliy hujum‖ ishtirokchilari oldiga qo`yilgan muammo bo`yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib boriladi va ularning mualliflari o`z fikrlarini qaytadan xotirasida imkoniyatiga ega bo`ladi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflandi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko`ra eng yaxshi takliflar umumlashtirilishi, sinflashtirilishi tizimlashtirilishi va muammoni echish uchun zarurlari tanlanishi mumkin.
2. «Shaxs rivojlanishining psixologik pedagogik diagnostikasi»kursini o`rganishning ahamiyati haqidagi fikrlar munozarasini «3x4» pedagogik texnologiya asosida tashkil etish uchun guruh 4 ta kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir guruh uchun bir varaq qog`oz olinib, unga «Shaxs rivojlanishining psixologik pedagogik diagnostikasi» kursini o`rganishning ahamiyati haqida 3 tadan guruh fikrini yozishini hamda, bu fikrlar yozilgan qog`ozni (soat strelkasi yo`nalishi bo`yicha) keying guruhlarga uzatish taklif etiladi. Keyingi guruh esa yana bu haqda uchta fikr bilan to`ldirishi va keyingi guruhga uzatishi lozim. Shu tarzda davom etib, har bir qog`ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo`lgach, guruhlar bu fikrlarni tahlil etib, guruhning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi.
3. «Shaxs rivojlanishining psixologik pedagogik diagnostikasi» kursining predmeti, maqsad va vazifalarini muhokama etish uchun kichik guruhlarda ishlash metodidan foydalanish maqsadga muvofiq. Kichik guruhlarda ishlash uchun guruh 4 ta kichik guruhga bo`linadi va ularga quyidagi tarqatma materiallar berilib, ushbu masalalar bo`yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi.
1-guruh uchun tarqatma material.