O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika institutí


Shaxs rivojlanishining psixologik pedagogik diagnostikasining predmeti, asosiy vazifalari va yo`nalishlari



Download 152,6 Kb.
bet8/56
Sana29.05.2022
Hajmi152,6 Kb.
#616781
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA DIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI FANIDAN ОМК

Shaxs rivojlanishining psixologik pedagogik diagnostikasining predmeti, asosiy vazifalari va yo`nalishlari.
Shaxs rivojlanishining psixologik pedagogik diagnostikasining predmeti shaxs ruhiy xususiyatlari, qobiliyatlarini, ularning rivojlanish,tarbiyalanganlik va ta`limda muvaffaqiyatlilik darajalarini aniqlash va tashhis qo`yish masalalarini o`rganishdan iboratdir.
Psixologik-pedagogik diagnostika kursining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
a) talabalarni psixologik-pedagogik diagnostikaning nazariy asoslari,yo`nalishlari bosqichlari va printsiplari bilan tanishtirish;
b) diagnostika qilishning turli metodikalarini amalda qo`llashga o`rgatish;
v) shaxslar psixologiyasida, xulq-atvorida yuz bergan salbiy o`zgarishlarni tuzatish, ularga yordam berish usullari bilan qurollantirish;
Uning maqsadi – ta`lim va tarbiya jarayonida shakllantirilayotgan shaxsning individual sifatlarini, rivojlantirilishi yoki shakllantirilishi lozim bo`lgan xususiyatlarning mavjudligi (boshlang`ich) darajasi va o`quv jarayonidagi o`zgarishlar dinamikasini o`rganishdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, psixologik-pedagogik diagnostika predmeti sifatida avvalambor bolaning ta`lim jarayonida (masalan, bilim darajasi) va tarbiya jarayonida (xarakter xususiyatlari) shakllantiriladigan sifatlarni ko`rsatish mumkin.Keyingi yillarda O`zbekiston Respublikasida bilimlarni baholashning reyting tizimiga o`tish, ta`lim jarayonini takomillashtirish,shu jumladan test metodining bilimlarini baholash usuli sifatida keng qo`llanilishi, turli psixologik metodikalarga, ayniqsa, shaxslarning aqliy rivojlanish darajasini o`rganishga bo`lgan qiziqish va ehtiyojlarining oshishi Ruspublikamizda pedagogik va pedagogik-psixologik diagnostikaning nazariy va amaliy jihatdan rivojlanishiga katta turtki berdi.Psixologik-pedagogik diagnostika bugungi kunda maktab, bog`cha va boshqa turli tipdagi o`quv bilim yurtlari psixologlari va pedagoglari oldida turgan muhim vazifalardan, ularning real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllanmoqda va rivojlanmoqda.Psixologik-pedagogik diagnostikaning rivojlanib kelayotgan fan tarmog`i ekanligi, uning amaliy va dolzarbligi bilan bir vaqtda bu sohani aniq chegaralari, boshqa fanlardan farqi va o`ziga xos xususiyatlari hozircha to`liq tarkib topmaganligini ko`rsatib o`tish lozim. Shuning uchun biz psixologik-pedagogik diagnostikaning ba`zi tomonlarigagina qisqacha to`xtalib o`tishga harakat qilamiz. Shunday tomonlaridan biri, shakllanib kelayotgan fan sohasining asosiy ob`ektlari qanday yo`nalishlarda ish olib borilishiga to`xtalib o`tmokchimiz.
Psixologik-pedagogik diagnostikaning asosiy yo`nalishlari pedagogik amaliyotning talab darajasidan kelib chiqqan holda shakllanmoqda. Shu sababli ham uning yo`nalishlarini bu yo`nalishlarning mohiyatini psixologik-pedagogik diagnostika pedagogik amaliyotning qaysi sohalarida qo`llanilishini ko`rsatmasdan turib to`liq ochib berib bo`lmaydi.Biz quyida psixologik-pedagogik diagnostika qo`llanilishi juda kata amaliy ahamiyatga ega bo`lgan sohalardan bir nechtasini shartli ravishda (hayotda esa ular umumiy, bitta pedagogik jarayonning ajralmas qismlaridandir) ajratib oldik. Ular quyidagilar:
1. Ta`lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi.
2. Boshqarish va amaliyot.
3. Didaktika va xususiy metodika.
4. Pedagogik sotsiologiya.
5. Ijtimoiy psixologiya.
6. Pedagogik psixologiya.
Bu sohalarning asosiy vazifalari, predmeti pedagogik va psixologik adabiyotlarda, o`quv qo`llanmalarida juda keng yoritilmasligini hisobga olib ularga batafsil to`xtalib o`tmaymiz.
Yuqorida keltirilgan har bir sohada psixolog yoki shu sohalarga qiziquvchi mutaxassislar ma`lum diagnostik ishlarni amalga oshiradilar.Mana shu ishlar majmuasi psixologik-pedagogik diagnostikaning yo`nalishlarini tashkil qiladi. Har bir sohada o`ziga xos diagnostik ishlar olib boriladi va bu ishlarning mazmuni psixologik-pedagogik diagnostikaning yo`nalishlarini tashkil qiladi.Bu yo`nalishlarga quyidagilar kiradi. (Mixaylovich e.A.,1997)
1. Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish.
2. Tashkiliy-metodik diagnostika.
3. Didaktik diagnostika.
4. Ijtimoiy-pedagogik diagnostika.
5. Ijtimoiy psixologik-pedagogik diagnostika.

Download 152,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish