O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika institutí


Pedagogik diagnostikada so`roqlash metodi



Download 152,6 Kb.
bet11/56
Sana29.05.2022
Hajmi152,6 Kb.
#616781
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA DIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI FANIDAN ОМК

Pedagogik diagnostikada so`roqlash metodi
Mazkur uslub pedagogik diagnostikada qadim-qadimdan qo`llanib kelinadi.U deyarli o`qish, o`qitish jarayoni boshlangandan buyon mavjud.Agar diagnostikaning kuzatish usulida bolaning axloqiy-ma`naviy tamoyillari, qiziqishi, munosabati, fikrlash doirasi o`rganilgan bo`lsa, suhbat,savol-javob ko`proq axborot to`plash imkoniyatini beradi. Bunda u yoki bu shaxs to`g`risida ob`ektiv yoki sub`ektiv ma`lumot olish imkoniyati mavjud.
Axborot – og`zaki, yozma, standartlashtirilgan, yakka, guruhlarga bo`lingan holda bir yoki bir necha bor so`rash asosida to`planadi.
Pedagogik diagnostikaning test metodi
Odatda tekshiruvchi tomonidan amalga oshirilgan barcha nazorat shakl va uslublari ham testga kiradi.Nazoratning test uslubi ilmiy asoslarga ko`rilgan bo`lib, u ma`lum talab,qonun-qoidalar zaminida olib boriladi.Test asosan psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga tavsiya etilgandir. Test pedagogik diagnostika metodlari orasida eng qulay hisoblanib, u har jihatdan sifatli ma`lumot berishi bilan ajralib turadi.Test sinovi muntazam takomillashib boradi. Unga turli bosqichlarda turlicha ta`rif berib kelingan. Masalan, nemis olimi Linert «Test shaxsning turli holatlarini, shaxsiy xususiyat, imkoniyat va qobiliyatini aniqlovchi ilmimetoddir» deb ta`riflaydi.
Test usuli chinakamiga pedagogik diagnostika metodi bo`lib, u o`quv jarayonining pirovard natijasini ob`ektiv aniqlab berishga qodir mezondir. U doimo tahlil asosiga ko`rilib, aynan shu xususiyatiga ko`ra, pedagogik jarayon natijalarining takomillashib borishiga yordam beradi. Ayni paytda testlar ta`limiy xulosalar bilan birga, texnologik vaziyatni, istiqbolni, harakat yo`nalishini ham belgilab beradi. Shunga ko`ra testlar quyidagilarga bo`linadi:
1. Ta`limiy muvaffaqiyatlarni aniqlaydigan test;
2. Shaxs taraqqiyoti va uning imkoniyatlarini belgilaydigan test;
3. Intellektni aniqlovchi test;
4. Umumiy natijani belgilaydigan test;
5. Muayyan hududda, maktabda u yoki bu fanni o`qitish samaradorligini ko`rsatuvchi test;
6. Professional kasbga moyillik layoqatini, shaxsning funktsional imkoniyatlarini aniqlovchi test;
7. Shaxs psixologiyasini ochib beruvchi test;
8. Shaxsning yo`naltirilganligini belgilovchi test;
9. Shaxsning qiziqishi, moyilligini aniqlab, shu sohani takomillashtirishga yordam beruvchi test;
10. Klinik test va h. k.
Yuqorida bayon etilganidek, test ham baholash, ham pedagogik diagnostika hisoblanadi. O`quvchilar bilimini bu usulda baholash 1930 yilda boshlangan.Lekin keyingi paytlarda u keng joriy qilinmoqda. Istiqbolda o`quvchilar bilimini baholashda test, reyting tizimi ustuvor bo`lib qoladi. 5 ballik baholash tizimi o`quvchini har tomonlama baholashga noqulayligi uchun, undan voz kechish fikridamiz. Test imkoniyatlarini bayon etishni davom ettiramiz.
Amaliyotda o`zlashtirishga qaratilgan testlar tobora ko`proq o`rin olib bormoqda.
O`zlashtirishga qaratilgan testlar:
♦ muayyan predmetni o`zlashtirishga qaratilgan testlar;
♦ o`zbek tilini o`zlashtirishga qaratilgan testlar; ♦ chiroyli yozuvni belgilashga yo`naltirilgan testlar;
♦ o`qish tezligi va texnikasini baholovchi testlar;
so`z boyligini aniqlovchi testlar;
♦ bolaning rivojlanishini va maktabga tayyorligini aniqlovchi testlar;
bolaning intellektual faoliyatini aniqlashga qaratilgan testlar;
♦ bolaning didaktik ko`nikma va malakasini belgilovchi testlar va h. k.
O`zlashtirish nima va u qanday aspektlarda namoyon bo`ladi?
1) O`zlashtirish bu – o`quvchining fanlarni o`qib, o`rganishda erishgan
natijalari;
2) O`zlashtirish bu o`quvchiga maktab, demakki, davlat va jamiyat tomonidan
qo`yilgan talabga erishish;
3) O`zlashtirish o`quvchining muayyan davrda qilgan mehnatining yakunidir.
Ma`lumki, ta`lim markazida inson, shaxs turadi va barcha ta`limiy jarayonlar uning qobiliyati, imkoniyati, ehtiyojiga qaratiladi. Pedagogik diagnostika esa, ana shu intilish, mehnat, faoliyat samarasini ham ijobiy, o`am salbiy jihatdan belgilab beradi.Test asosida o`quvchi o`zlashtirishini aniqlash pedagogik diagnostikaning metodi ekanligini yuqorida bayon etgan edik. Egallagan bilimlarni qiyoslash, solishtirish, samaradorlikni, kamchilik va nuqsonlarni belgilashda uning imkoniyati nihoyat darajada katta. Uni umumiy o`rta ta`lim maktabida qo`llash ta`limni takomillashtirish ishiga katta naf keltiradi.Oli Kyuforker maktabda amalga oshiriladigan testni 3 ko`rinishga bo`ladi.
Ular quyidagilar:
a) o`zlashtirishni muayyan bir davr ichida aniqlovchi test (masalan, turli sertifikatlar olish uchun topshirilgan test);
b) o`quv qo`llanmasining ma`lum bir qismi, bo`limi, bobda olingan axborotlarni qay darajada o`zlashtirilganligini aniqlovchi test;
v) o`quv dasturi yoki darslikdagi bir qism mashg`ulotlar o`tkazilgandan keying o`quvchi o`zlashtirishidagi yutuq va nuqson tamoyillarini aniqlash testi.
Pedagogik diagnostikaning o`lchovi, ishonchlilik koeffitsienti mukammal va ishonchli bo`lmog`i uchun; ♦ qayta testdan o`tkazish metodi;
♦ ikkiga bo`lgan holda paralelli testni amalga oshirish, shu orqali olingan ma`lumotning ishonchliligini tekshirish mumkin.Aniqlik, ishonchlilikni tekshirish maqsadida 4 xil usul qo`llaniladi.
Ular:
♦ mazmun tasdig`i;
♦ har xil uslublar bilan olingan natijalarni bir xil ko`rsatkichga olib kelish tasdig`i;
♦ tahlillar natijalarining mos kelishi tasdig`i;
♦ loyihalashning tasdig`idan iboratdir.
Pedagogik diagnostikada amal qilayotgan test sinovlari hududiy diagnostikani yo`lga qo`yishda ham katta imkoniyat va qulayliklarga ega. Masalan,keyingi yillarda oliy o`quv yurtlariga talabalar qabul qilish bo`yicha amalga oshirilayotgan test sinovlari natijalariga ko`ra quyidagi aniq va ishonchli tahlillarga osongina ega bo`lish mumkin. Bu test sinovlaridan bizga:
♦ qaysi tuman (shahar) maktablarida qaysi o`quv fani qay ahvolda o`qitilayotganligi ma`lum bo`ladi;
♦ pirovard natijada Vatanimiz sarhadlarida kim qanday ishlayotgani, kim qanday o`qiyotgani ma`lum bo`ladi;
♦ shaxsning o`z kamchilik va xulosalarini belgilab olishga, qaysi yo`nalishda ko`proq ishlash lozimligini aniqlashga yordam beradi.Pedagogik diagnostikani ta`lim sohasining istalgan sohasini tahlil qilishda ham joriy etish mumkin. Masalan, Xalq ta`limi vazirligi xalq ta`limining hududiy boshqarma va bo`limlari faoliyatini uzoq yillardan beri 15 yo`nalish bo`yicha aniq tahlil etib bormoqda. Tahlil natijalari esa har qanday baxs va munozaralardan holidir.Maqsad esa bitta - kamchilik va nuqsonlardan to`g`ri amaliy xulosalar chiqarish, faoliyatning asosiy va to`g`ri yo`nalishini belgilab olish va ularni bartaraf qilishda sabot bilan ishlashdan iborat.

Download 152,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish