O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika institutí


Qiyoslash uchun parametrlar. Diagnostikaning an`anaviy tizimi



Download 152,6 Kb.
bet13/56
Sana29.05.2022
Hajmi152,6 Kb.
#616781
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA DIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI FANIDAN ОМК

Qiyoslash uchun parametrlar. Diagnostikaning an`anaviy tizimi
Diagnostikaning zamonaviytizimi
1 Maqsad Dalillarni keltirish Jarayonni o`zaro aloqa vositasi sifatida har tomonlama o`rganish, yoki aniq, tezkor tizimli ma`lumotlarni olish.
2 Mazmuni Alohida belgilarni kesim ko`rinishida baholash.Jarayonni yoki holatni tezkor o`rganish va baholash, tartibga solish va korrektsiyalash.
3 Diagnostika vazifalari Shaxsiy diagnostika Ma`lumotga oid, baholovchi,yo`naltirilgan, tahliliy, shaxsiy diagnostik, korrektsion
4 Diagnostika pog`onalari Diagnostikaning pog`onasi – tizimlilik.
Diagnostikaning 3 ta pog`onasi mavjud: komponentli. tuzilmaviy, tizimli Diagnostika usullari:
a) pedagog xulq-atvoriga―aralashish‖ darajasi bo`yicha;
b) diagnostika jarayonida pedagogning ishtirok etish darajasi bo`yicha:
v) diagnostika-ning uzoq muddatliligi bo`yicha
5.Passiv (savolnoma o`tkazish, test sinovi,suhbat, kuzatish,hujjatlarni tahlil qilish, chetdan ma`lumot yig`ish va h.k.) Sub`ektiv yoki to`g`ri (o`zini-o`zi baholashning ustuvorligi) Tezkor, qisqa muddatli (alohida harakatlar tahlili) Passiv va faol usullarning uyg`unlashuvi (diagnostik tajriba- sinov, maxsus holatlarni vujudga keltirish va h. k.) Ob`ektiv yoki tegishli (mustaqiltavsiflar usuli) Uzoq muddatli (xulq-atvor,holatlar tahlili)
6 Diagnostika-ning natijaviylik ko`rsatkichlari
O`lchamlarning tasodifiy tanlanishi; to`liqsizligi; statiklik; tashxisning noaniqdigi; ko`p vazifalilik.Parametrlarning ilmiy asoslanishi; tizimlilik; dinamiklik; tashxisning tezkorligi va aniqligi;harakatdan keyingi ta`sir‖ yarim vazifalilik
Pedagogik diagnostika – boshqaruv ma`lumotlarini olishning muhim
vositasi sifatida
Asl diagnostikadan tashqari ikkinchi muhim diagnostik mexanizm – bu monitoringdir. Monitoring – tizimli diagnostika, olingan natijalarni standart natijalar bilan solishtirish, chetlashishlarni aniqlash, tahlil qilish, daraja va sabablarni baholash, asosiy qarorlarni qabul qilish, qabul qilingan choralarning natijaviyligini baholash va korrektsiyalashdir.
Ekspertiza – eng murakkab va qiyin diagnostik mexanizm bo`lib, unda diagnostika va monitoring alohida o`rin egallaydi. Ekspertizaning muhim usullariga kuzatish, o`tkazilgan diagnostika va monitoring natijalari bo`yicha tuzilgan hujjatlar, chizmalar, jadvallar, diagrammalarni o`rganish; savolnoma o`tkazish, diagnostik kesimlar o`tkazish va boshqa bir qator diagnostik usullar kiradi.Boshqaruv jarayonining texnologiyasi, shu jumladan metodik ishlarni boshqarish texnologiyasi, ma`lumotlarni tahlil qilish jarayoni sifatida 3 bosqichdan iborat:
- diagnostika - boshqaruv ob`ektining holati to`g`risidagi ma`lumotlarni yig`ish.
- olingan ma`lumotlarni tahlil qilish.
- ta`sir etadigan ma`lumotni berish.
Shu tariqa aytish mumkinki, tizimli, asl va tezkor ma`lumot olishning eng asosiy vositasi – bu pedagogik diagnostikadir.Ta`lim muassasalarining ommaviy attestatsiyasi o`tkazilayotgan hozirgi paytda rahbarlarning boshqaruv faoliyati davlat-ijtimoiy ekspertizaning bosh ob`ekta sifatida maydonga chiqadi, diagnostika, monitoring va o`zini-o`zi ekspertizadan o`tkazish esa umummaktab metodik ishlari tizimida alohida o`rinni egallaydi.
Xulosa qilib aytganda, diagnostik yondashuv maktabning ichki metodik tizimida quyidagilarga imkon beradi:
- pedagoglarning individual-shaxsiy xususiyatlari va ehtiyojlarini ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishining barcha yo`nalishlarida inobatga olish;
- pedagoglarning boshqaruv-metodik faoliyatining oraliq va yakuniy natijalarini holisona baholash;
- ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirishning istiqbollarini aniqlash;
- pedagogik jamoaning metodik faoliyatini jadallashtirish orqali har bir pedagogning kasbiy o`sish dasturini belgilab olish;
- metodik ishlarni tashkil etishda nafaqat kasbiy bilimlarni egallashdagi o`zaro yordam muammosini, balki kichik ijodiy guruhlar, ilg`or tajriba maktablarini tuzishda psixologik moslashuvning xususiyatlarini ham e`tiborga olish;
- pedagoglarning umummaktab va individual metodik ishlari bilan o`z ustida ishlashi va rivojlanishi, dunyoqarashini boyitish ishlarining uzviybog`liqligini ta`minlash;
- maktab ichki boshqaruvi tizimining muhim va tarkibiy qismi bo`lib hisoblangan ta`lim muassasasida metodik ishlarning muqobil rejalashtirilishini ta`minlash;
- har bir ta`lim muassasasi uchun muqobil mualliflik metodik tizimni loyihalashtirish va joriy qilish.Demak, diagnostika va o`zini-o`zi diagnostika qilish zamonaviy diagnostikahar bir pedagog va rahbarning faoliyatiga aniqlik kiritadi, ularni ta`lim-tarbiya va metodik jarayonni jadallashtirishga qaratilgan ko`pgina amaliy vazifalarni hal qilishga yo`naltiradi.
Diagnostika qilish boshqaruv piramidasini ag`darib tashlaydi va pedagog shaxsini uning kasbiy ehtiyojlari va talablari bilan birga birinchi ustunga chiqaradi.Rahbarlar, pedagoglar va o`quvchilar faoliyatining diagnostikasi va o`zini-o`zi diagnostika qilish muammolari boshqaruv, ta`lim-tarbiya berish hamda o`qituvchi va rahbarlarning malakasini uzluksiz oshirish tizimi bilan bog`liq masalalarni echishda o`ta dolzarb va ahamiyatli bo`lib hisoblanadi. Diagnostika bolalar va pedagog kadrlar bilan ishlarni tashkil etishda, ularni rivojlantirish va metodik ishlar tizimining samaradorligini oshirishda ilmiy yondashuvni ta`minlaydi.
O`z-o`zini tahlil qilish uchun savollar:
- An`anaviy diagnostikaning asosiy kamchiliklari nimada?
- Zamonaviy va an`anaviy diagnostika tizimlarining farqi nimada?
- Boshqaruv tizimida asosiy diagnostik mexanizmlarning ahamiyatli xususiyatlari nimada?
- Metodik ishlarni tashkil etishda diagnostik yondashuv qanday ahamiyatga ega?

Download 152,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish