Elektr energiyasining inson hayotidagi ahamiyati qanday?
Elektr toki deb nimaga aytiladi?
Tok kuchi deb nimaga aytiladi?, tok kuchining birligi?
Kuchlanish deb nimaga aytiladi?, kuchlanish birligi
O’zgarmas tok deb nimaga aytiladi?
Elektr qarshilik deb nimaga aytiladi?, qarshilik birligi
Elektr tokining ishi va quvvati qanday aniqlanadi?
O`qituvchi o`tilgan mavzuga doir har xil topshiriqlar berib, test sovallari va krassvord o`yini orqali mustaqil shug`ullanishlari uchun vazifalar beradi.
Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.
1. Tezkor savollar berish orqali mavzu mustahkamlanadi. (10-ilova)
2 Mavzu bwyicha yakuniy xulosa yasaydi, muhim jihatlarga ishtirokchilar diqqatini jalb qiladi, mavzu yuzasidan talabalarni qiziqtrigan savollarga javob beradi.
Uy vazifa beradi: “Tushunchalar tahlili” metodining mazmuni va baholash mezonlari bilan talabalarni tanishtiradi. Mavzuga oid atamalarni “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanib yoritib kelish.
Ilm va texnikani rivojlantirish tajribali mutaxassislarni tayyorlash, ularni tarbiyalash esa o`z navbatida ta`lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Bu umum ta`lim maktablarida, kasb-hunar kolledjlarida o`quvchilarni ta`lim olish jarayonida kasbga yo`naltirish ishlarini tashkil etish masalalarini eshishni talab etadi.
Bu masalalarni eshish orqali biz yosh avlodga o`z kelajagini qurish, o`zi qiziqqan kasbni tanlashiga imkon yaratamiz. Shuningdek, jamiyatda o`z o`rniga ega va etuk, mukammal inson bo`lib etishiga katta hissa qushgan bo`lamiz.
Yoshlarni hozirgi ilm va texnikaning rivojlangan davrida har kuni yangilanib borayotgan texnikaning taraqqiyotini tushinishini va ulardan turmush kechirish jarayonida unumli foydalanish, ularga texnik xizmat ko`rsata olish imkoniyatiga ega bo`lishga o`rgatishimiz zarur. Bunga erishish uchun kasb-xunar kolledjlarida texnikaviy fanlar qatorida umumiy elektrotexnika va radioelektronika asoslari fanining o`rni juda ahamiyatga ega.
Kasb-hunar kolledjlarida umumiy elektrotexnika fanida o`tiladigan transformatorlar mavzusining o`tilishi juda katta ahamiyatga ega. Talabalarga transformatorlarning xizmati, ishlash printsiplari, tuzilishi, turlari va qo`llanilishi haqida yuatafsil ma`lumatlar beriladi. Bu mavzuni o`tishda birinchidan uning maqsadi, mohiyati tushintiriladi va tushintirish jarayonida har bir o`quvchi o`z mahoratini, bilim va uqubini namoyish etishi kerak. Masalan, transformator tushinchasi talabalarda avvaldan shakllangan bo`lishi mumkin.Sababi, transformatorlar xalq xo`jaligining barcha sohalarida uchraydi. Bularni inobatga olib, dastlabki bilimlarni mustahkamlab va yanada chuqirlashtirish usullarini topishi lozim. Transformatorlarning turlariga qarab har xil joylarda foydalanishini alohida takidlab o`tish kerak. Biz bayon etgan, yangi pedagogik texnologiya usullaridan klaster tuzish, aqliy hujim usullari samarali foyda keltirish mumkin. Klaster usulida sxematik turda talabalar ko`z oldiga keltirish va miyada yaxshi tasavvur qoldiradi. Aqliy hujimning avzalligi shuki, talabalardagi boshlang`ich bilimlarni miyada yanada rivojlantirib, shu mavzuni tushinishga mohiyatini chuqurroq anglashga jalb qiladi.
Transformatorlarning bir fazali va uch fazali turlarining bir-biridan farqlarini tushintirishda vektor diagrammalardan foydalanadi. Bu jarayonda transformatorlarning ulanish guruhlarini aniqlash usullari tushintiriladi.Vektor diagrammalarni tushintirshda uch fazali ikki sho`lg`amli transformator sho`lg`amlari ulanish guruhini yuqorida bayon qilingan takomillashtirilgan usul asosida aniqlash metodikasining avzalligi talabalar tushinishi uchun qulaydir. Shu tufayli mazkur metodikani o`qitish jarayoniga qo`llash tavsiya qilinadi.
Yakuniy xulosa shuki, mustaqil O`zbekistonda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish va yanada rivojlantirish, xalq xo`jaligining barcha sohalarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish uchun texnika yangiliklaridan foydalanish zarur. Texnika asbob-uskunalaridan to`g`ri va unumli foydalanishni maktab davridan o`rgatish maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.A.I.Xonboboev, N.A.Xalilov «Umumiy va elektronika asoslari» Toshkent «O`zbekiston» 2000.y
I.P. Kopilov «Elektricheskie mashini» Moskva 2000.g
B.N.Sergenkov, V.M.Kiselev, N.A.Akimova «Elektricheskie mashini: Transformatorı» Moskva 1989.g
4.B.F.Tokarev «Elektricheskie mashini» 1990.g
5. I.N.Bulgakov «Gruppı soedineniya transformatorov» Moskva 1955.g 6.A.S.Karimov, M.M.Mirxaidarov «Nazariy elektrotexnika» Toshkent 1959.y
7.L.S.Jdanov, V.A.Maranjyan «Fizika kursi» Toshkent 1959.y
Do'stlaringiz bilan baham: |