Elektr manba haqida umumiy tushincha.
Elektr manbai ishlari o`quvchilarni umumtexnik tizimida tayyorlashda muhim ahamiyatga ega, chunki ularni o`rganish jarayonida mehnat ta`limining asosiy vazifalarini bajarish uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Chunonchi elektr bilan ish ko`ruvchi kasb egalari haqida suhbatlar uyushtirib, kasb tanlashga yo`llash ishlarini muvafaqqiyat bilan amalga oshirish mumkin. Elektr energiyasidan xalq xo`jaligida tabora keng foydalanilayotganligi sababli u bilan bog`liq bo`lgan kasblar ham ammoviy hisoblanadi. Masalan, bularga elektromontyor, slesar`-elektromontajchi kabi kasblar kiradi. Ular haqida o`quv materialida uzviy tarzda bayon qilib ketiladi.
«Elektr energiya» , «Elektr jihoz» zamonaviy ishlab chiqarishning ramzi bo`lib, uning muhim belgilari hisoblanadi.Shuning uchun ham bu tushunchalar bilan tanishish orqali zamonaviy ishlab chiqarish asoslari haqida to`la tasavvurga ega bo`lish, yani politexnik ta`limni amalga oshirish mumkin.
O`quvchilarni elektrotexnika ishlarini bajarish hamda o`rganishlari jarayonida ular bilan keng ko`lamda tarbiyaviy ishlarni olib borishga imkoniyat yaratiladi. Agar o`qituvchi etarlicha e`tibor bersa, davlatimizning bu sohada erishgan yutuqlari asosida vatanparvarlik to`yg`isi hamda kam rivojlangan davlatlarga berayotgan yordamimiz negizida internatsionalizm to`yg`usini kamol toptirishda muvafaqqiyatga erishish mumkin. Elektr energiyasini tejash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish negizida iqtisodiy ta`lim berish uchun keng imkoniyatlar yuzaga keladi.
Yuqoridagi aytib o`tilganlardan elektrotexnika ishlarini o`rganish nima uchun V-VII sinflar o`quv programmalarining barcha variantlariga kiritilganligining sababi ayon bo`ladi. Bularga kam vaqt ajratilgan, biroq beriladigan bilim va o`quvlar hajmi esa katta. Shu boisdan ta`lim mazmunini tanlashga va mashg`ulotlarni o`tkazish metodikasini ishlab chiqishga chuqur
yondashish talab qilinadi. O`qituvchi bu masalalarni hal eta borib, elektrotexnika ishlari fizika kursida elektrni o`rganishdan oldiniroq bajarilishini e`tiborga olinishi kerak. Shuning uchun o`quvchilar tegishlicha nazariy bilimga ega bo`lmaydilar va mashg`ulotlar mutloqa amaliy tarzda o`tkaziladi. Bularni fizika kursi bilan almashtirmaslik lozim. Bu erda bir hol yuz beradiki, mehnat ta`limi jarayonida o`quvchilar amaliy javob olib, keyinchalik bu javoblar fan asoslarini o`rganishda ilmiy jihatdan tushintiriladi.
Programmaning «Elektrotexnika ishlari va avtomatika elementlari» bo`limining yana bir xarakterli tomoni bor. Bunda faqat «sof» elektrotexnika ishlari bajarilmay, balki turli buyumlarning detallarini tayyorlash, shuningdek ularni elektrlashtirish nazarda tutiladi.
Elektrotexnika ishlari asosan uning mazmuni, maktablarning ish tajribalaridan kelib chiqqan. programmaning tegishli bo`limlari, faqatgina elektromontaj ishlari uchun mo`ljallangan davrlar ham bo`lgan. Bunda o`quvchilarning amaliy faoliyatlari o`quv stentlarida turli elektr zanjirlarni montaj qilishdan iborat bo`lgan. Har bir o`quvchi avval elektr zanjirini montaj, keyin esa demontaj qilgan. Kelgusi darslarda yana aynan shular takrorlangan. Shunday qilib, elektromontaj ishlari o`quv xarakterda bo`lgan. Bu hol o`zini oqlamadi., chunki bunday mehnatga o`quvchilarning qiziqishi past edi, mehnatning o`zidan esa hesh qanday amaliy samara chiqmasdi.
Ko`rsatilgan kamchiliklar, ayniqsa ta`limni unumli mehnat bilan qo`shib olib borishga nisbatan mehnat islohoti qo`ygan katta talablar munosabati bilan, programmani o`zgartirishga taqoza etadi. Bunday shartlarda elektrotexnika ishlarining ijtimoiy-foydali xarakterga ega bo`lgan ma`lim bir buyumlarni elektrlashtirish bilan qo`shib olib borish g`oyasi to`g`iladi. Bular otaliqqa olingan bolalar bog`chasi uchun o`yingohlar, o`quv maketlari va modellari, maktab o`quvchilari uchun o`yinlar vash u kabilar bo`lishi mumkin. O`quvchilar mehnat shu tarzda tashkil qilinsa, elektrotexnika ishlari hamda avtomatika elementlaridan ta`lim berish o`quv programmasining mehnatga oid boshqa
bo`limlari bilan uzviy bog`lanadi, hamda o`quvchilarning faoliyati amaliy xarakterda bo`lishi ta`minlanadi. Albatta, ayni buyum detallarini metall va yog`oshdan to`la-to`kis tayyorlash ishlarini bu bo`limda bajarish shart emas. Buni o`qituvchining o`zi hal qiladi. Yarim favrikatlardan foydalansa ham bo`ladi. Bevosita elektrotexnikaga oid ishlar hajmi qancha ko`p bo`lsa, shuncha yaxshi bo`ladi.
Maktabda elektr manba bilan ishlaydigan darslarda o`qitishda asosiy uchta qismga ajratish mumkin. Elektr zanjirlari, buyumlarni elektrlashtirish va avtomatika elementlari elektrotexnika ishlaridan ta`lim berish metodikasini ko`rib chiqa turib, ularning har biri haqida alohida gapirib o`tish maqsadga muvofiqdir, shuni e`tiborga olish kerakki, elektrotexnika ishlaridan ta`lim berish metodikasi umuman olganda o`quv programmasining boshqa bo`limlariga nisbatan o`z xususiyatlariga ega.Avvalo bu hafvsizlik qoidalariga talluqlidir. O`quvchilar hafvsiz kuchlanishli elektr toki bilan ishlaydilar, ammo shuni e`tiborga olish kerakki, o`quvchilarda ayni vaqtda shakllanayotgan ko`nikma va ishga bo`lgan munosabatlar keyinchalik, masalan, 220vol`t kuchlanishga duch kelganlarida ham saqlanib qoladi. Buni nazarda tutib o`quvchilar mehnat hafvsizligi qoidalariga alohida e`tibor beradilar.
Masalan, elektromontaj ishlarini bajarish jarayonida o`quvchilarning qo`yidagi qoidalarga roya qilishlariga erishish zarur.
Elektromontaj ishlarini bajarishda faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanish;
Izolyatsiya qoplamalarini o`tkazgichdan o`zingizdan nariga qaratib pichoq bilan ajratib, (qalam ochish kabi) bunda albatta taxta taglikdan foydalanish;
Elektr zanjiri yig`ishdan izolyatsiyasi shikastlanmagan simlardan foydalaning, o`zingiz izolyatsiyani shikastlab qo`ymasdan;
Simlarni puxta ulang, ulangan joylarni yaxshilab izolyatsiyalang;
Elektr armaturalarning ishga yaroqliliga-kontaktlarning ishonchli biriktirilishi,izolyatsiyasining tuzikligi va shu kabilarni tekshirib ko`rish;
Yig`ilgan zanjirni faqat o`qituvchining ruxsati bilan elektr tarmog`iga ulash;
Tok manba ulanganda elektr zanjirning yalong`och sim va tok o`tkazuvchi detallariga tegmang.
Elektrotexnika ishlari bo`limini o`rganishning o`ziga xos jihati- o`quvchilar mehnatini tashkil qilish diqqatga sazavordir.Odatda, bu ishlarni bajarish uchun ustaxonalarda alohida bo`limlar yo`q. Bundan tashqari, o`quvchilarga yoppasiga ta`lim berish uchun etarli miqdorda asbob va materiallar ham bo`lmaydi. Shuning uchun odatda, o`quvchilar mehnatni tashkil qilishning zveno formasin qo`llaniladi. Boshqacha aytganda, maktab ustaxonasining kerakli asbob- uskunalar bilan jihozlanganligiga qarab, grafik tuziladi, o`quvchilar zvenolarga birlashadilar hamda tartibi bilan elektrotexnika ishlarin o`rganadi. O`qituvchi elektr zanjirlarini montaj qilish izolyatsiya materiali bilan qoplangan gorizontal qoqpoqli stolda bajarilishini ma`lum qiladi. Bu stol doimo belgilangan tartibda bo`lishi kerak. Elektromontajchi chap tomonga materiallar (sim, lampa, kapron, vklyuchetel` va h.k) old tomonga montaj paneli va montaj qilinishi lozim bo`lgan zanjirning elektr sxemasi, o`ng tomonga elekrtomontaj asboblarini joylashtiriladi. Bunda boshqalarga nisbatan tez-tez foydalaniladigan asboblarni o`ziga yaqiniroq joylashtiradi. Detallarni montaj qilishga tayyorlash bilan bog`liq bo`lgan ishlar teglik taxtada bajariladi.
Mazkur o`quv materialini o`rganishda boshlang`ich tushuncha «elektr sxema» tushunchasidir. O`qituvchi o`quvchilarning elektr sxemasining zarurligini anglashlariga erishmog`i lozim. Bunga turli yo`llar bilan erishiladi. O`quvchilarning qo`yi sinflarda egallagan bilim va ko`nikmalaridan foydalanish mumkin. Elektr sxemalarga o`xshash narsalarga masalan, tog`lar, daryolar, shaharlar va hakozalar turli belgilar bilan belgilab qo`yilgan geografik kartalariga taqqoslab, shunday situatsiya vujudga keltiriladiki, bunda
o`quvchilar etarlicha bilimga ega emasliklarini xis qiladilar. Masalan, elektr konstruktorlikka oid konkret topshiriq beriladi, uni bajarish uchun konstruktsiyaning elektr sxemasi bo`lishi zarur. Undan esa o`quvchilar foydalana bilmaydilar.
O`quvchilar elektr sxemasi to`g`risidagi bilimlarga ehtiyoj sezganlaridan so`ng, o`qituvchi yangi mavzuni ta`riflaydi va uni mazkur reja asosida ko`rib chiqishga kirishadi;
Elektr zanjiri elementlarining shartli belgilari (elektr armaturalari, tok manbai va iste`molchilari);
Tarmoqlangan elektr zanjiri sxemasini tuzish;
Dastlab o`quvchilar zanjir asosiy elementlarining shartli belgilarini o`zlashtirib olishlari kerak. Bu vazifani osonlashtirish maqsadida zanjir elementlari yozuvi qayd qilingan, tok manbay, lampa, vklyuchatel` va o`tkazgich mahkamlangan, hamda ularning yonida shartli belgilari chizilgan stend tayyorlangan ma`qul. O`quvchilar zanjir elementlarining shartli belgilarini chizishda ularning o`lchamlariga proportsional ravishda kataklarga bo`lib, chizib qo`yish mumkin.
Stend doska yoniga o`rnatiladi va shu joydan 2-3 mashg`ulot davomida olinmaydi. So`ngra «elektr sxema» tushunchasini shakllantirishga kirishiladi. Bunda yana avvalgi darslardan tanish bo`lgan elektr zanjir stendidan foydalaniladi . Uni doskaning chap tomoniga joylashtiriladi, o`ng tomoniga esa tanish bo`lgan shartli belgilardan foydalanib, elektr sxemasi chiziladi. Sxema elementlari tok-manbay lampalar, vklyuchatellarni tasvirlash tartibiga e`tibor beriladilar, so`ngra hamma elementlarni zanjir o`tkazgichlariga mos chiziqlar bilan birlashtirib chiqiladi.
O`quvchilar daftarlariga elektr sxemani chizganlaridan so`ng bu tushunchaning tarafini berish ma`qul. Masalan, qo`yidagicha elektr zanjirining shartli belgilari yordamida bajarilgan grafik tasviri elektr sxema deyiladi.
Elektrotexnikaning asosiy vazifalaridan biri elektr energiyasini bir joydan ikkinchi joyga uzatishdir. Chunki elektr energiyasining iste`molchilari aksariyat hollarda yoqilg`i va gidroresurslar tabiiy joylashgan rayonlarga qurilgan elektr stantsiyalaridan bir necha o`nlab va yuzlab kilometr masofalarda joylashadi. Elektr energiyasini uzatish liniyalarida esa quvvatning issiqlikka sarf bo`ladigan isrofi
2
I Rл
va kuchlanishning pasayuvi
Do'stlaringiz bilan baham: |