Tartib nomeri
|
Instruktaj olgan shaxsning familiyasi, ismi
otasiningismi
|
Sinf
|
Sana
|
Instruktajning mazmuni
|
Instruktaj o`tkazgan shaxsning F.I.sh
|
Instruktaj o`tkazgan
shaxsning imzosi
|
Eslatma
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Xavfsiz mehnat sharoitlarini ta`minlashga qaratilgan chora – tadbirlar ishlab chiqishga;
Hayot o`chun xavf bo`lgan ish yoki mashg`ulotlarni to`xtatib qo`yib, bu
haqda
maktab direktoriga aytishga;
Ruy bergan har bir baxtsiz hodisa to`g`risida darhol maktab direktorini xabardor qilishga;
O`z vazifalarini bajarmasliklari oqibatida sadir bo`lgan baxtsiz hodisalar uchun javob berishga majburlar.
Bir soatlik dars konspektasi
Mavzu: O`zgarmas tok elektr zanjirlari. Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari
Dars maqsadi: Wquv kursi bwyicha umumiy tushuncha berish. Talabalarda elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi, wzgarmas tok elektr zanjirlari, elektr zanjirlarining asosiy qonunlari, elektr tokining ishi va quvvatiga oid bilimlarni shakllantirish. Talabalarda mustaqil fikrlashni shakllantirish
Dars turi: aralash
Ta`lim berish usullari: Ma`ruza, kwrgazmali, suhbat, “B-B-B”, “Tushunchalar tahlili” ta`lim texnologiyalari
Ta`lim berish shakllari: Ommaviy, jamoaviy
Ta`lim berish vositalari: Komp`yuter, proektor, slaydlar Monitoring va baholash: Og`zaki nazorat, savol-javobli swrov Darsning borishi:
Yangi mavzuni tushuntirish rejasi:
Elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi
O’zgarmas tok elektr zanjirlari
Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari
O’tkazgich qarshiligini hisoblash
Elektr tokining ishi va quvvati
Elektrotexnika-elektr zanjirlarida va elektromagnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarining hosil bwlish va wzgarish qonuniyatlarini wrganadigan fan va texnika sohasidir.
Elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi
Elektrotexnika tarixi wz ildizlari bilan qadim zamonlarga kirib ketgan. U musbat va manfiy zaryadlangan elektr zarrachalar va ohangrabo temirlar (magnitlar) xususiyatlarini wrganishdan boshlangan. Ammo shunga qaramay, XIX asrning boshlariga qadar, 300-400 yil mobaynida, hech kim elektr va magnit hodisalarini bir-biri bilan chambarchas bog`langanligini aytib berolmagan. Aynan
elektr va magnit hodisalari yagona tabiatli elektromagnit maydonining ikki turli, ikki tomonli xususiyati ekanligi isbotlanganidan keyin elektrotexnika qudratli texnika sohasiga ay Birinchi izlanishlar - elektr va magnit hodisalarini wrganishdagi dastlabki yutuqlar sababchilari sifatida ingliz fizigi U.Gil`bert (1544- 1603 y.,), rus olimlari M.V. Lomonosov (1711-1765 y.) va F. Enipus (1724-1802 y.), frantsuz fizigi Sh.Kulon (1736-1806 y.) va boshqalarni kwrsatish wrinlidir.
Ular tufayli insoniyat hayoti bilan chambarchas bog`langan tabiatning vujudi twla- twkis elektromagnit hodisalardan iboratligi isbotlandi. Qolaversa, bu olimlar ochgan qonun-qoidalar hozirgi zamonaviy fundamental fanlarga ham asos bwldi.
1735 yilda Sh.Kulon har qanday ikkita q1 va q2 elektrlangan zarrachalar (zaryadlar) wrtasida elektr maydon kuchlari hosil bwlishini isbotlab, ular wrtasidagi wzaro tortishish (yoki itarilish) kuchi shu zaryadlarning massalariga twg`ri proportsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsionalligini kwrsatib berdi. Undan tashqari Kulon elektr zaryadlarini tok wtkazgichlarining faqat sirtidagina joylashishini aytib berdi. Magnit momenti va zaryadlarning qutblanishi twg`risidagi ma`lumotlarni ham ushbu olim qoldirgan.
1820 yilda Daniyalik fizik X.Ersted (1777-1851 y.) harakatdagi zaryad (yoki elektr toki) wz atrofida magnit maydoni hosil qilishini isbotladi: bu hodisa elektr va magnit maydonlarining wzaro bog`langan holatda vujudga kelishini tajribada tasdiqladi.
Xuddi wsha 1820 yilda frantsuz olimi A.Amper (1775-1836 y.) dumaloq g`altak (solenoid) atrofida, wzgarmas tok wtishi natijasida, hosil bwlgan magnit maydoni tabiiy temir magnitlarining maydonidan farq qilmasligini kwrsatdi.
Demak wzgarmas magnitlar maydoni ham ular tarkibidagi molekulyar toklar oqimi natijasida vujudga keladi deb xulosa qildi olim. Shunisi qiziqarliki, er magnetizmi twg`risidagi zamonaviy nazariyalar ham er atrofidagi magnit maydonini er yuzidagi toklar bilan bog`laydi.
Keyingi wta muhim kashfiyot - 1831 yilda topilgan elektromagnit induktsiya hodisasi, ya`ni magnit maydonida harakat qilayotgan wtkazgich sim chekkalarida elektr yurituvchi kuch hosil bwlishi hisoblanadi. Bu fizikaviy fundamental qonunni
yaratgan ingliz olimi M.Faradey (1791-1867 y.) yana bir bor magnit va elektr hodisalari bir-biridan ajralgan holatda mavjud bwla olmasligini isbotladi.
1833 yilda rus olimi E.X.Lents (1804-1865 y.) elektr toki hosil qilgan magnit maydoni kompas milini harakatlantirishi va magnit maydonida harakatda bwlgan wtkazgichda e.yu.k. hosil bwlishi qonuniyatlariga yagona elektromagnit va wzaro teskari jarayonlar deb baho berdi. Ammo shu bilan birga bu izlanishlar X.Ersted va M.Faradey yaratgan qonunlarning bir-biriga bog`liqligini namoyish etgan.
Elektr manbalari yaratishda va ular energiyasining iste`mol qilinishi, boshqa turli energiyalarga aylanishi nazariyasini ishlab chiqishda yana bir guruh olimlar faol ijod qilganlar. Bular ichida: ital`yan fizigi A.Vol`ta (1745-1824 y.) wzining kashfiyoti bilan dunyoda birinchi elektr kimyoviy generator yaratgan (1799 y.); rus akademigi V.V. Petrov (1761- 1834 y.) tarixda birinchi bwlib (1822 y.) elektr yoy kashf etgan; nemis fizigi G.S. Om (1787-1854 y.) elektr tokining kuchini zanjir qarshiligi bilan bog`lagan (Om konuni - 1826 y.); nemis olimi G.R. Kirxgof
(1824-1887 y.) wz vatandoshi G.S. Omning gal`vanik elektr zanjirlariga bag`ishlagan nazariyasini muvaffaqiyat bilan davom ettirib, 1847 yilda wzining mashhur “I va II Kirxgof qonunlari” ni yaratdi. Natijada XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab elektrotexnika ham nazariy, ham amaliy jihatdan juda rivojlanib ketdi. Evropaning deyarli xamma yirik davlatlarida (Frantsiya, Angliya, Germaniya, Rossiya, Italiya va x.k.) sanoat energetikasi oyoqqa tura boshladi: elektr mashinalar, transformatorlar, elektr uzatuvchi liniyalar va boshqa energetika texnikasi yaratilishi avj oldi. Shu bilan bir qatorda elektr aloqa texnikasi (telegraf, telefon va x.k.) va avtomatika elementlari paydo bwla boshladi.
Elektrotexnika nazariyasi esa yildan-yilga boyib bordi va nihoyat buyuk ingliz olimi J.K. Maksvell (1831-1879 y.) bu fanning twla-twkis g`alaba qozonishiga asosiy sababchi bwldi. M.Faradey asoslagan elektromagnetizmga tegishli porloq g`oyalar J.Maksvell ijrosida yangi kuchli sifatlarga ega bwldi. Natijada tabiatning boshqa sohalariga ham elektromagnit qiyofa berildi; shu jumladan yorug`lik tarqalishi qonuniyatlariga ham elektromagnit sayqal berildi.
Xullas, kwp yillar mobaynida har xil ilmiy ywnalishlarda twplanib qolgan talay muammolar Maksvell nazariyalari yordamida echila boshladi. Fizika tarixida birinchi marta ”Elektromagnit maydoni fazoning shunday bir qismiki, u wzini va wz ichiga olgan moddalarni (narsalarni) elektrlangan yoki magnitlangan holatda ushlab turadi“ - deb xulosaga kelindi. J.Maksvellning mashxur bwlgan twrtta differentsial tenglamasi elektrodinamika fanining yanada rivojlanishiga asos bwldi. Chuqur tushunchalar berib twxtalmaganda, bu tenglamalar tegishlicha: Gauss teoremasi, elektromagnit induktsiya hodisasi, magnit kuch chiziqlari uzluksizligi va twla tok qonunlarini differentsial kwrinishda aks ettiradi.
J.Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida buyuk olimlar Genrix Gerts (1857-1894 y.), P.N.Lebedev (1866-1912 y.), A.S.Popov (1859-1906 y.) tomonidan amaliy tasdiqlanib, elektromagnit twlqinlar (radio twlqinlari) hisobiga elektrotexnika, radio va televidenie vujudga kelishiga sababchi bwldi.
Elektrotexnikaning rivojlanishi XX asrning boshlarida fan va texnikaning yirik va amaliy soxalarini kashf qilish bilan nishonlandi. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda katta-katta elektrogeneratorlar, uni masofaga uzatishda esa yirik va yuqori kuchlanishli transformatorlar kashf etildi. Elektr yuritgichlar (motorlar) zavod va fabrikalarda bug` mashinalarining wrnini egalladi va sekin-asta transportda elektor yuritma vazifasini ham bajara boshladi. Bu esa elektrotexnikadan ”elektr mashina va transformatorlar“, ”elektr yuritma“, ”korxona va shaxarlarni elektrlashtirish“, ”elektr stantsiyalar, elektr tarmoqlar va sistemalar“ kabi yangi ywnalishlar ajralib chiqib, ularning mustaqil fan sohalariga aylanishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |