Transformatorlarni parallel ishlashi
Sanoat korxonalarining podstantsiyalarida bir nechta transformatorlar o`rnatilgan bo`lib, ular alohida yoki birgalikda (parallel) ishlashi mumkin. Transformatorlar alohida ishlanganda ularning ikkilamchi chulg`amlari o`zaro bog`lanmagan, parallel ishlaganda esa umumiy nagruzkaga ulanadi. Transformatorlarni parallel ishlatish ulardan oqilona foydalanishga imkon beradi. Masalan, nagruzka kam bo`lgan soatlarda transformatorlarning bir qismini uzib qo`yish mumkinyu Shuningdek, kuchli nagruzka ulanganda har bir transformatorga to`g`ri keladigan nagruzka miqdorining kichikroq bo`lishi va har bir transformatorning bir tekis yuklanishi ta`minlanadi.
Transformatorlarning parallel ishlashi uchun quyidagi shartlar bajarilishi
kerak:
Birlamchi va ikkilamchi chulg`amlarning nominal kuchlanishlari bir xil
bo`lishi kerak; transformatsiya koeffitsientining farqi 0,5% dan ortib ketmasligi kerak
Qisqa tutashish kuchlanishlari bir xil bo`lishi kerak (±10% farq qilishiga yo`l qo`yiladi).
Uch fazali transformatorlar parallel ishlashi uchun ularning ulanish turkumlari bir xil bo`lishi kerak.
rasm
Transformatorning parallel ishlash sxemasi 11-rasmda ko`rsatilgan. Transformator salt ishlaganda ikkilamchi chulg`am zanjirida tokning yo`qligi hamda nagruzkaning parallel ishlayotgan transformatorlarning nominal quvvatlariga proportsional ravishda to`g`ri taqsimlanishi transformatorlar normal holda parallel ishlashining asosiy belgilari hisoblanadi.
Avtotransformatorlar
Avtotransformatorda birlamchi va ikkilamchi chulg`amlar elektr jihatdan o`zaro bog`langan bo`lib, ikkilamchi chulg`am birlamchi chulg`amning bir qismini tashkil etadi. Avtotransformatorlar bir fazali va uch fazali qilib ishlab chiqariladi. Bir fazalilari laboratoriya avtotransformatorlari (LATR) tarzida keng qo`llaniladi. (12-rasm, v). Uch fazaavtransformatorlarning quvvati bir fazalilarga qaraganda katta bo`lib, chulg`amlari moyli bakka tushirilgan bo`ladi.
расм
Avtotransformatorlar kuchlanish keng doirada o`zgartiriladigan joylarda ishlatiladi. Ular kuchlanishni orttirib yoki pasaytirib beradi. 12-rasm, a va b da kuchlanishni orttiruvchi va pasaytiruvchi avtotransformatorlarning sxemalari berilgan.
Kuchlanishni orttirib beruvchi avtotransformatorning (12-rasm, a) sxemasidan ko`rinadiki, birlamchi kuchlanish U1 avtotransformator chulg`amlarining bir qismiga berilib, ikkilamchi kuchlanish U2 uning ikkala chulg`amidan olinmoqda. Kuchlanishni pasaytirib beruvchi avtotranformatorda (12-rasm, a) birlamchi
kuchlanish U1 (ikkala) butun chulg`amiga berilib, ikkilamchi kuchlanish U2 butun chulg`amning bir qismidan olinmoqda.
Agar chulg`amning barcha o`ramlari O`1+O`2 , shoxoblangan o`ramlari O`2 bo`lsa, u holda orttiruvchi va pasaytiruvchi avtotransformatorlarning
transformatsiya koeffitsientlari tegishlicha
k W1 W2
(orttiruvchi) va
W2
k (pasaytiruvchi) tarzda ifodalanadi.
Ishlatilish sharoitiga qarab avtotransformatorlar transformatsiya koeffitsienti o`zgaradigan qilib ham yasaladi (masalan, LATR).
Avtotransformatorlar o`zgaruvchan tok dvigatellarini ishga tushirishda teatr binolarida yorug`lik kuchini o`zgartirishda; uy-ro`zg`or va laboratoriya ishlarida keng qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |