16. ASINXRON DVIGATELDAGI ISROFLAR VA UNING FOYDALI ISH KOEFFISIENTI.
Asinxron dvigatelning tezligini rostlash usullarini bayon qilishda 29–rasmda uning energetik diagrammasi ko’rsatilgan edi.
Dvigatelga beriladigan quvvat
P = (13)
Agar dan dvigatedagi barcha isroflarni ayrib tashlansa, valdagi foydali quvvat quydagicha bo’ladi:
37–rasm. Asinxron dvigatelning ishchi xarakteristikalari.
Bunda: – stator chulg’amidagi isroflar;
– rotor chuig’amidagi isroflar;
– stator po’latidagi isroflar;
- ishqalanishdagi isroflar,
Potor po’latidagi isroflarni hisobga okmaslik mumkin, chunki chastota nolga yaqin. U holda dvigatelning foydali ish koeffisenti
(15)
Acinxron dvigatelning 37–rasmda keltirilgan ishchi xarekteristikalari parallel uyg’otishli o’zgarmas tok dvigatelining xarakteristikalariga o’xshash. Elektr mashinalar ularning foydali ish koeffisentlari nominal yuklama yoki unga yaqin bo’lgan yuklamada maksimum qiymatga erishadigan qilib yasaladi.
17. ASINXRON DVIGATELLARGA TOK BERUVCHI TARMOQLARNING QUVVAT KOEFFISENTINI YAXSHILASH.
38–rasm. Tarmoqda cos ni yaxshilash sxemasi.
O’zgaruvchan tok energiyasidan foydalanuvchi barcha qurilmalar iloji boricha cos ning birga yaqin qiymatida ishlashi kerak. 38–rasmda energiyani manba 1 dan transformator 2 orqali asinxron dvigatellar 3 ga uzatishning bir liniyali sxemasi ko’rsatilgan.
Ma’lumki, elektr uzatish simlari 4 da 39–rasmda ko’rsatilgan
39–rasm. Tarmoqda cos ni yaxshilashning vektor diagrammasi.
tok o’tadi. Tokning tashkil etuvchisi aktiv quvvat P ga proporsianal, reaktiv tashkil etuvchisi esa transformator va dvigatellarning elektromagnit maydonini ushlab turish uchun zarur. tok mutlaqo zarur va amalda similar bo’ylab qanday P aktiv quvvat berilishidan qat’I nazar o’zgarishsiz qolaveradi. Agar bu quvvat, demak, tok ham latta bo’lsa, burchak kichik, esa katta bo’ladi va elektr uzatishdan foydalanish yaxshi bo’ladi. Dvigatellar yuklamasi etarli bo’lmaganda, juda kamayib ketadi va deyarli kattalikkacha pasayadi, burchak ortadi, cos esa cos ga yaqin bo’ladi. Salt yurish toki transformatorlarda
10 % ga va asinxron dvigatellarda 40 % ga etadi, shuning uchun elektr uzatishdan foydalanish yomon bo’ladi. Shunday qilib, asinxron dvigatellarga to’la yuklama berish ularni ekspluatasiya qilishning zaruriy sharti ekan.
Ba’zi yurgizib yuborish qiyin bo’lgan hollarda asinxron dvigatelning katta quvvatlisini tanlab olishga to’g’ri keladi va to’la yuklamada ishlamaydi. Bu holda agar va stator uchburchak qilib normal ulangan bo’lsa, uni qayta yulduz qilib ulash mumkin. Aktiv quvvat binobarin, aktiv tok ham o’zgarmaydi, reaktiv tok esa taxminan 3 marta kamayadi va ortadi.
Avval tarmoqlarning 5 yoki yaxshisi 6 nuqtasiga kondensatorlar ulash yo’li bilan cos ni orttirish mumkin ekanligi ko’rsatilgan edi (38–rasm). Biroq reaktiv toklar katta bo’lganida sinxron kompensatorlar yaxshi effect beradi. Sinxron kompensatorlar haqida 7–$ da gapiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |