Elektromexanika


IKKI FAZALI VA BIR FAZALI ASINXRON DVIGATEL’



Download 16,17 Mb.
bet11/14
Sana29.06.2022
Hajmi16,17 Mb.
#717568
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ASINXRON MASHINALAR2.doc

15. IKKI FAZALI VA BIR FAZALI ASINXRON DVIGATEL’.

Bir xil ampulitudali, bir xil chastotali, lekin faza jixatidan 1/4 davrga siljigan ikkita o’zgaruvchan tok ikki fasali tok sistemasi deyiladi. Fazoda  ga siljitib joylashtirilgan ikki chulg’amdan o’tkazilgan ikki fazali tok xuddi uch fazali tok singari aylanuvchi magnit oqlmi hosil qiladi.




31–rasm. Ikki fazali asinxron dvigatelning tuzilish prinsipi.
a) Ikki fazali asinxron dvigatel’ avtomatika sxemalarida keng tarqalgan. Bu dvigatelning statori 1, 2 da ikkita chulg’ami va qisqa tutashtirilgan rotori 3 bo’ladi (31–rasm). Dvigatelni ulash sxemasi 32–rasmda ko’rsatil-gan. Fazalardan biriga kondensator ulab,   toklar orasida fazalar siljishiga erishiladi. Fazalardan birida tok yo’nalishini o’zgartirish bilan aylanish yo’nalishini o’zgartirish mumkin, rotorning tezligini esa kuchlanishlar-dan birini kamaytirish yoki ko’paytirish bilan rostlanadi.


32–rasm. Ikki fazali dvigatelni yrgizish sxemasi.


33–rasm. Bir fazali asinxron dvigatel yrgizish sxemasi.
b) bir fazali asinxron dvigatellarning quvvati 0,5 kvt dan ham kam bo’ladi. Bir fazali dvigatel’ statori 1 ning (33–rasm) bir fazali ishchi chulg’ami uch fazali chulg’amining ikki fazasiga o’xshash yulduz usulida ulangan va qisqa tutashtirilgan rotori 3 bor. Stator 1 ning chulg’amidan o’tuvchi  o’zgaruvchan tok puls’lanuvchi magnit oqimi hosil qiladi, bu oqimi yurgizuvchi moment hosil qilmaydi. Bu moment hosil qilish uchun statorda ishci chulg’amga nisbatan  siljitib yordamchi chulg’am 2 joylashtiriladi. Chulg’am 2 ga kondensator yordamida  tokka nisbatan 1/4 davrga siljitilgan  tok beriladi. Aylanuvchi mafnit oqimi rotorni aylantira boshlaydi, shundan so’ng yordamchi chulg’am uzib qo’yiladi, rotor esa 1 chulg’amning pul’slanuvchi oqimida aylanishda davom etadi. Agar kondensator orqali ulangan chulg’am ish davrida uzib qo’yilmasa, dvigatel’ kondensatorli deb ataladi. Bunday hodisa uch fazali asinxron dvigatelda kuzatiladi. Ishlab turgan dvigatelning fazalaridan birida saqlagich kuyib qolsa, faza uziladi, agar rotorning yuklamasi nominal yuklamaning 50 – 55 % idan ortmasa, u pul’slanuvchi magnit maydonida aylanishda davom etadi. Biroq uch fazali dvigatelni uning bir fazasi uzilgan holda yurgizib yuborish mumkin emas. Buning sababi quydagicha, 34–a rasmda ikki teng  va  magnitlovchi kuchlarning vektorlari tasvirlangan. Ular teng tezlik bilan turli tomonga aylanadi. 34–a rasmda ko’rsatilgan vaziyatda magnitlovchi kuchlarning oniy qiymatlari yig’indisi  ga teng. Yg’indi magnitlovchi kuchning o’qi bilan ustma – ust tushadi. 1/6 davrdan keyin (34–b rasm) magnitlovchi kuchlar  ga buriladi, va qo’shilgach, natijalovchi  magnitlovchi kuchni beradi. 1/4 davrdan keyin (34–v rasm) ularning yig’indisi nolga teng va hakoza. Biroq pul’slanuvchi magnitlovchi kuch qo’zg’almas o’q bo’ylab tok chastotasi bilan pul’slanuvchi hamda musbat va manfiy maksimumlariga erishuvchi yig’indi magnitlovchi kuch berar ekan degan hulosa kelib chiqadi. Bu maksimumlar ikki aylanuvchi magnitlovchi kuchlarining arifmetik yig’indisiga teng bo’ladi.




34–rasm. Pul’slanuvchi magnitlovchi kuchni ikki aylanuvch kuchlarga ajratish.
Shunday qilib, agar bir fazali dvigatel’ yurgizib yuboruvchi chulg’amsiz yoki uch fazali dvigatel’ ajratilgan faza bilan yurgizilsa, statorning pul’slanuvchi  magnitlovchi kuchi hosil qilgan  pul’slanuvchi magnit oqimini ikkita turli tomonga bir xil tezlik bilan aylanuvchi va har biri o’zining magnitlovchi kuchi tomonidan hosil qilingan teng oqimlarning qo’shilishidan iborat deb olish mumkin ekan. Oqimlar rotor chulg’amida ikkita E.Yu.K. va ikkita tok hamda bu toklar bilan birga turli tomonga ta’sir qiluvchi ikkita teng aylanuvchi moment hosil qiladi. Tabiyki, bu holda rotor aylana olmaydi.
Biroq rotorni biror yo’l bilan ixtiyoriy tomonga aylantirilsa, u holda statorning rotori bilan bir tomonga aylanayotgan oqimi uni aylantirishda davom ettiradi. Bu oqim va uni hosil qilgan magnitlovchi kuch to’g’ri oqim  va to’g’ri magnitlovchi kuch deyiladi. Oqim  tezlik bilan aylanayotgan rotorda  E.Yu.K. va  tok va natijada uch fazali dvigateldagi singari  aylantiruvchi moment hosil qiladi.
Bu holda  bo’lgani ucun sirpanish   bo’ladi.
Ikki magnitlovchi kuch va u hosil qilgan aylanuvchi oqim rotor aylanishiga qarshi aylanadi va teskari magnitlovchi kuch  hamda teskari aylanuvchi oqim deyiladi. Bu kuch va oqim rotorga nisbatan + tezlik, ya’ni
 sirpanishda aylanadi. Statorning teskari oqimi rotorda hosil qilingan  va  ning chastotalari taxminan ga teng. Bunda rotorning reaktiv qarshiligi  Shunchalik kattaki,  tok E.Yu.K. dan deyarli  ga orqada qoladi. Bularning hammasi 35–rasmda ko’rsatilgan, bunda  va statorning teskari magnitlovchi kuchi va unga mos teskari oqim,  va  esa oqimdan  orqada qolgan rotorning E.Yu.K. va E.Yu.K. dan deyarli  orqada qoluvchi tok.
Tabiyki,  o’zi rotorning magnitlovchi kuchini vujudga ktltiradi. U kuch  bilan bir fazada va statorning magnitlovchi kuchi bilan deyarli teskari fazada bo’ladi. Bu ikki magnitlovchi kuch amalda bir – birini kompensasiya qiladi
( teskari oqim juda kichik. Shu sababli  tok hosil qilgan  aylantiruvchi momenti juda kichik va dvigatelning natijalovchi aylantiruvchi momenti quyidagicha:







35–rasm. Teskari aylanuvchi magnitlovchi kuchni kompensasiyalash diagrammasi.




36–rasm. Qutblari ekranlangan bir fazali dvigatel’.
b) Qutblari ekranlangan bir fazfli asinxron dvigatel’ 0,5 – 0,3 vt quvvatga mo’ljallab quriladi, uning tuzilishi juda soda bo’lib, katta yurgizib yuboruvchi moment talab qilinmaydigan joylarda keng ishlatiladi. 36–rasmda 1 qutblari chiqarilgan stator ko’rsatilgan, bu qutblar ikkita 2 f’altakdan iborat bir fazali chulg’am joylashtirilgan. Bu chulg’am pul’slanuvchi oqim hosil qiladi. Qutb chiqiqlarining bir tomonida ariqchalar bo’lib, ularga transformatorning ikkilamchi cgulg’ami rolini o’ynovchi qisqa tutashtirilgan haqalar kiritilgan. Bu halqalarda faza jixatidan qutblar chulg’amidagi tokka nisbatan siljigan toklar vujudga keladi va chulg’amlarning fazoda bir – biridan bir oz siljib joylashganligi tufayli havo zazorida zaif o’tkinchi tok hosil bo’ladi. Qisqa tutashtirilgan 4 rotor  tezlik bilan aylana boshlaydi. Dvigatelning ishchi xarakteristikasini yaxshilash uchun qutblar orasiga po’lat plastinkadan qilingan 5 magnit shuntlar qo’yiladi.



Download 16,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish