14. ASINXRON DVIGATELNING AYLANISH TEZLIGINI ROSTLASH.
29–rasm. Asinxron dvigatelning energetik diagrammasi.
Asinxron dvigatel’ asosan aylanish tezligini rostlash talab qilinmaydigan mexanizmlar privodida ishlatiladi. Asinxron dvigatel’ aylanish tezligini rostlash energiyaning ancha isrof bo’lishiga olib keladi yoki maxsus konstruksiyadagi dvigatelarni ishlatis talab qiladi.
Halqali dvigatel’ tezligini roctlash prinsipi 29–rasmda tushintiriladi. Dvigatelning statori 1ga quvvat beriladi, u esa o’ngdagi energetik diagrammada ko’rsatilgan. Statorda isrof bo’ladigan quvvati ayrib tashlanganda aylanuvchi oqimning qoladi, bu quvvat elektromagnit quvvat deb yuritiladi; u rotor 2 ga beriladi. Dvigatelning 3 valdagi quvvatni hosil qilish uchun elektromagnit quvvatdan rotordagi isroflar ni ayrish kerak. Peastotni ulab (26–rasm), rotor zanjiridagi isroflarni sun’iy ravishda ko’paytirish bilan ni kamaytirish mumkin, bu 29–rasmda punktir chiziq bilan ko’rsatilgan. Agar dvigatel’aylantirayotgan mexanizmning qarshilik momenti ham doimiy bo’ladi va ning kamayishi aylanish tezligining ramayishi hisobiga bo’ladi. Ayni holda masalan, tezlikni 20 % ga kamaytirish kerak bo’lsa, reastotni qizdirishga energiyaning 20 % ini isrof qilish lozim bo’ladi, qisqa tutashtirilgan dvigatellar tezligini rostlashning ikkinchi usuli oqimning aylanish tezligini o’zgartirishdir:
.
Buning uchun tezlikni bosqichlab 3000 – 1500 ayl/min, 1000 – 500 ayl/min, ya’ni ikki marta o’zgartirishga imkon beradigan ko’p tezlikli maxsus dvigatellar mavjud. Chulg’amning har bir fazasi teng ikki qisimga bo’linishi va ular yo parallel, yoki ketma – ket ulangandagiga qaraganda ikki marta va bunga mos ravishda rotor tezligi ham o’zgaradi. To’rtta tezlik hosil qilish uchun statorga ikkita alohida chulg’am joylanadi va ularning har biri o’zining ikki tezligiga ulanadi. Qutblari qayta ulanishi mumkin bo’lgan dvigatellar ventilyatorlar va metallqirquvchi stanoklar privodlarida ishlatiladi. Ularning metal qirquvchi stanoklarda ishlatilishi tezliklar qutisini soddalashtirish imkonini beradi.
30–rasm. Ikki tezlikli dvigatel’ chulg’amlarining ulanish sxemasi.
Asinxron dvigatellar juda kam hollarda – maxsus qurilmalardagina o’zgaruvchan chastotali generatordan ishlaydi. Bu holda o’zgarganida magnit oqimning va rotorning tezligi o’zgaradi. Dvigatellar ishlaydigan tok chastotasini o’zgartirish bilan asinxron dvigatellarning tezligini o’zgartirish qobilyati tufayli sanoatda juda katta aylanish tezligi kerak bo’lgan sohalarni qanoatlantirish imkoni yaratiladi; nasalan, juda kichik diametrli teshiklarni silliqlash sharkli podshipniklarni ishlab chiqarishda ichki qismlarni silliqlash ishlari ana shunday katta tezliklarni talab qiladi. Bu hollarda silliqlash doirasi shpindelining aylanish tezligi 200 000 ayi/min ga etadi. Bunday tezlikni birorta ham mexanik uzatma bera olmaydi.
Yuqori chastotali qisqa tutashtirilgan dvigatellar ana shu sabablarga ko’ra yaratiladi. Ularning rotori yuqori sifatli po’latdan qilingan butun silindir ko’rinishida, statri esa yuqori chastota generatoridan tok oladigan bo’ladi. p = 1 va bo’lganda aylanuvchan oqim tezligi bo’ladi. Agar sirpanish, masalan, S = 0,08 bo’lsa, rotorning tezligi Bunday elektr shpindellarini konstruksiya qilishdagi eng qiyin masala podshipniklarning tuzilishi va ularni sovitishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |