Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


B. Kimyo laboratoriyalarida ishlashda xavfsizlik talablari



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

B. Kimyo laboratoriyalarida ishlashda xavfsizlik talablari
729. Kimyo laboratoriyalari keng, yorug‘ va isitiladigan oqib kirish-tortish ventilatsiyali,
shuningdek, vodoprovod, kanalizatsiya va issiq suv bilan ta’minlangan xonalarda
joylanishi kerak.
2
2


Kimyo laboratoriyalari majburiy ventilizatsiyali havoni tortib chiqaruvchi shkaflar bilan
jihozlangan bo‘lishi kerak, u shkaf eshikchalari 15 — 20 sm ga ochiq kesimida 0,5 — 0,7
m/s chegarasida havoni tortib chiqarish tezligini ta’minlashi kerak.
Zararli moddalar bilan ishlayotganda havo tezligi 1,0 — 1,2 m/s bo‘lishi kerak.
Tortib chiqaruvchi shkaflarning eshikchalari ular ko‘tarib qo‘yilgan holatda tushib
ketilishini istisno qiluvchi fiksatorlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
730. Tortib chiqaruvchi shkaflardagi elektr yoritgichlar portlashdan himoyalangan
bo‘lishi kerak. Lampalarning uzgichlari, shuningdek, shtepsel rozetkalari tortib
chiqaruvchi shkaf tashqarisida o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
731. Isituvchi asboblar, yengil alangalanuvchi va portlash xavfi bor moddalar bilan
ishlashga mo‘ljallangan ish stollari va tortib chiqaruvchi shkaflar butunlay yonmaydigan
materiallar bilan qorejagan bo‘lishi kerak, kislotalar va ishqorlar bilan ishlaganda esa
korroziyaga qarshi materiallar bilan qorejagan bo‘lishi va yonmaydigan materialdan
bortiklarga ega bo‘lishlari kerak.
732. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv kranlari ularning old chetlarida joylashgan
bo‘lishi va ularni tasodifan ochilishini istisno qiladigan holda o‘rnatilishi kerak.
733. Zararli moddalar ajralib chiqish vaqtida ishlaganda tortib chiqaruvchi shkaflar
eshiklarini ochiq tutish man etiladi.
734. Namunalarni olish joylari ventilatsiyaga ega bo‘lgan maxsus yopiq xonaga yoki
bevosita ekspress-laboratoriyasiga chiqarilgan bo‘lishi kerak.
735. Bug‘ va suv namunalarini namunaolgichlar holati tekshirilgandan keyin olish zarur.
Biror-bir nosozliklar aniqlanganda namunalarni olish man etiladi. Aniqlangan
nuqsonlar to‘g‘risida tegishli sex smenasi boshlig‘iga ma’lum qilinishi kerak.
736. Namuna harorati 40°S dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Namunani olish liniyasida
nazorat qilinayotgan muhitning harorat yuqori bo‘lsa sovutgich o‘rnatilishi kerak.
737. Bug‘ va suvning namunasini olish liniyasi ikki yopuvchi ventillari bilan jihozlangan
bo‘lishi kerak, ular namunasini olish qurilmasidan keyin ketma-ket o‘rnatilishi kerak
(biri bevosita namunani olish qurilmasidan keyin, ikkinchisi-namunasini olish joyida) va
sovutgichdan keyin o‘rnatilgan drosselli ignaviy ventil bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
738. Bug‘ va suv namunalari uskunalarni turg‘un ishlash rejimida olinishi kerak, bu
to‘g‘risida ushbu uskunaga xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi xodimlar xabardor bo‘lishi
kerak.
Namunaolgichlarda bug‘lanish yoki gidrourishlar mavjud bo‘lsa bug‘ va suv namunasini
olish man etiladi.
739. Kimyo laboratoriya xodimlari namunalarni olish uchun lyuklar, kirish teshiklari va
boshqalarni ochishga haqi yo‘q. Namunalarni olish uchun tayyorlash ishlarini talab
qiluvchi joylarida (lyuklar, kirish teshiklarini ochish va b.), shuningdek, namunalarni
oluvchi xodimlar uchun xavfli bo‘lgan joylarda (kultepalar, moy baklari,
transformatorlar, moy tizimlari, suvni tashlash qurilmalari, suv havzalari, yoqilg‘ini
uzatishda, yoqilg‘i omborlari va sh.x.) bu ishlarni ikki kishi bajarishi kerak: biri, ushbu
inshoot yoki qurilma qaramog‘ida bo‘lgan sex xodimi va ikkinchisi kimyo sexi xodimi.
740. Qattiq yoqilg‘ining namunalarini olish mexanizatsiyalangan bo‘lishi kerak.
Mexanizatsiyalangan namunaolgichlari yo‘q bo‘lsa namunalarni yoqilg‘i-transport
sexining xodimlari mazkur Qoidalarning 407-bandi talablariga rioya qilib olishi kerak.
741. Chang va kul namunalarini, ushbu maqsadga maxsus jihozlangan joylarda, qozon
qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi shaxs ishtirokida kimyo laboratoriyasining xodimlari
olishi kerak. Namunalarni olish joylaridagi tiqinlarni (probkalarni) asta-sekin ochish
kerak. Namuna olingandan keyin namuna olgichni yopib qo‘yish zarur.
Kul namunalarni faqat maxsus kuloluvchi siklonchalar orqali olishga ruxsat etiladi.
Kulli stakanni burab olishdan oldin namuna olish qurilmasini yengil urib chiqish kerak.
742. Analiz qilish uchun havo namunalarini ko‘chma gaz analizatorlar bilan, tegishli
sexning smena boshlig‘i tomonidan tayinlanadigan kuzatuvchi ishtirokida olish kerak.


Sig‘imlardan, 
quduqlardan, 
kollektorlardan, 
kanallardan 
havo 
namunalari
olinayotganda mazkur Qoidalarning III bobi 9-paragrafi talablariga rioya qilinishi kerak.
743. Namunalarni mustahkam, o‘tkir chetlari va qirralari bo‘lmagan idishlarga olish
kerak. Namunalarni tashish uchun maxsus qutilar qo‘llanishi kerak. Namunalar solingan
shisha kolbalarini qo‘lda olib yurish man etiladi.
744. Laboratoriyalarda ovqatlarni saqlash, iste’mol qilish, shuningdek, ish joyida chekish
man etiladi.
745. Sulfat kislotasini eksikatorlarda suvni shimuvchi vositasi sifatida qo‘llash man
etiladi.
746. Qattiq ishqorlarni qo‘l bilan olish man etiladi. Ularni pinset yoki chinni qoshiqda
olish kerak.
Qattiq ishqorlar bo‘laklarini maxsus ajratilgan joyda qog‘ozga o‘rab maydalashga ruxsat
etiladi. Ishlayotganda himoyalovchi ko‘zoynaklarni qo‘llash kerak.
747. Reagtivlar solingan barcha shisha idishlarda reaktiv nomi yozilgan yozuvlar bo‘lishi
kerak. Ishchi xonalarida biror noma’lum moddalarni saqlash man etiladi.
748. Ishda qo‘llanadigan yengil uchuvchi va gidroskopik moddalar tortib chiqaruvchi
ventilatsiya ostida tiqini jips mahkamlangan shisha idishlarida saqlanishi kerak.
749. Og‘iz bilan pipetkaga suyuqliklarni olish man etiladi. Suyuqliklarni olish uchun
maxsus grushadan foydalanish kerak.
750. Barcha zaharli moddalar va ularning eritmalari “Zaharlar!” degan yozuvi bor kalit
bilan qulflanadigan alohida shkafda saqlanishi kerak. Zaharli moddalar solingan idishlar
zich yopilgan va moddalarning nomi va “Zahar!” yozuvi yozilgan aniq yorqin
etiketkalarga ega bo‘lishi kerak. Bunday moddalarga quyidagilar kiradi: tsianitli tuzlar,
metall simob va uning tuzlari, mish’yak, bariy, vannadiy tuzlari, brutsin, serouglerod,
oltingugurt efiri va b.
751. Zaharli moddalardan foydalanuvchi kimyo laboratoriyalarida, ushbu moddalar
bilan ishlashda xavfsizlik choralari bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi
kerak. Yangi kimyoviy moddalarni, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini
o‘rganmasdan va davlat sanitariya nazoratining mahalliy organlari ruxsatisiz qo‘llash
man etiladi.
752. Zaharli moddalarini saqlash va foydalanishini nazorat qilish uchun, korxona
bo‘yicha buyruq bilan mas’ul shaxs tayinlangan bo‘lishi kerak.
753. Zaharli moddalarni qabul qilish va berish maxsus jurnalda qayd etilishi kerak.
Zaharlarni foydalanishi uchun mas’ul shaxs, ularni berayotganda yo‘riqnoma o‘tkazishi
kerak.
754. Kundalik ishlash uchun zarur bo‘lgan zaharli moddalarning eritmalari “Zaharlar!”
yozuvli alohida shkafda saqlanishi kerak. Zaharli moddalarni ish stolida qoldirish man
etiladi.
755. Metall simobi va uning birikmalari bilan ishlaganda mazkur Qoidalarning III bobi
10-paragrafi va mazkur Qoidalarning 18-ilovasi talablariga rioya qilish kerak.
756. Kimyoviy jarayoni jo‘shqin o‘tishi, issiq yoki zararli moddalar sachralishi mumkin
bo‘lgan, shuningdek vakuum ostidagi ishlar havoni tortib oluvchi shkaflarda tunuka
tova yoki taglikda bajarilishi kerak. Ishlaganda himoyalovchi ko‘zoynaklar, rezinali
fartuk va qo‘lqoplardan foydalanish kerak.
757. Laboratoriyaning ishchi xonalarida har bir nomdagi yonuvchi moddalarning 1kg
dan ortiq bo‘magan miqdorda va umumiy miqdori 4 kg dan ortiq bo‘lmagan miqdorda
saqlashga ruxsat etiladi. Ushbu moddalarni germetik yopiq idishlarda maxsus
shkaflarda yoki “Ehtiyot bo‘ling! Engil alangalanuvchi moddalar” ogohlantiruvchi
xavfsizlik belgilari yozilgan metall qutilarda saqlash zarur.
Portlash xavfi bo‘lgan va yonuvchi moddalarni xavfsiz saqlanishi va qo‘llanishi ustidan
nazorat qilish uchun, korxona bo‘yicha buyruq bilan mas’ul xodim tayinlanishi kerak.
758. Yonuvchi moddalarni bir idishdan idishga quyish yoki qayta haydash vaqtida,
shuningdek, yonuvchi moddalardan foydalanib ekstragirlashda ochiq olovdan


foydalanish man etiladi.
Yonuvchi moddalarni isitish zarur bo‘lganda suv xammomi yoki yopiq turidagi elektr
isitgichlarni qo‘llash kerak.
759. Organik eritgichlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar havoni tortib chiqaradigan
shkafda bajarilishi kerak.
760. Tasodifan to‘kilib yuborilgan yonuvchi moddalar qum bilan sepilishi va yog‘och
kurakcha yoki plasstmassa xokandozi bilan olib tashlanishi kerak. Bu maqsadlarda
po‘lat kurakchalar (xokandozlar)ni qo‘llash man etiladi.
761. Suvda erimaydigan yonuvchi moddalarni (benzin, skipidar, efir, moylar va b.) suv
bilan o‘chirish man etiladi.
762. Elektr uskunalari va elektr asboblarini ta’mirlash va izolatsiyasini tekshirish
ishlarini elektrotexnik xodimlar bajarishlari kerak.
763. Elektr uskunalari va asboblarining metall korpuslari (quritish shkaflari, mufel
pechlari, konduktometrlar, rN-metrlar va x.), agar ular 220 V elektr tarmog‘idan
ta’minlanadigan bo‘lsa yerga ulangan bo‘lishi kerak. Ochiq spiralli elektr plitkalaridan
foydalanish man etiladi.
764. Elektr isitish asboblari devorlardan kamida 300 mm masofada, po‘lat tunukasi bilan
himoyalangan va varaqli asbest bilan qoplangan stollarda o‘rnatilishi kerak.
765. 220 va 12 V elektr tarmog‘ining shtepsel rozetkalari bir-biridan ajralib turishi va
tegishli yozuvga ega bo‘lishi kerak. Bir rozetkaga bir nechta elektr isitgich asboblarini
ulash man etiladi.
766. Elektr simlarning izolatsiyasida nuqsonlar, ishga tushirgichlarda (puskatellarda),
rubilniklarda, 
shtepsellarda, 
rozetkalarda, 
shtepsel 
vilkalarida 
va 
boshqa
armaturalarida nosozliklar, shuningdek yerga ulagich va to‘siqlar buzilishi aniqlansa
nosozliklar bartaraf etilguncha ish zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.
767. Yangi asboblar va elektr uskunalarini tarmoqqa ulash, shuningdek yoritgichlar va
elektr isitgich asboblari sonini ko‘paytirishga faqat elektr sexi rahbariyatining ruxsati
bilan yo‘l qo‘yiladi.
768. Tarmoqqa ulangan elektr asboblarini nazoratsiz qoldirish man etiladi.
769. Elektr energiya uzilganda barcha elektr asboblari zudlik bilan tarmoqdan uzilishi
kerak.
770. Gaz to‘ldirilgan ballonlar isitish radiatorlari va boshqa isitish va elektr isitish
asboblaridan kamida 1 m masofada o‘rnatilishi kerak. Isitish asboblarida ballonlarni
qizib ketishdan saqlovchi ekran mavjud bo‘lsa, ballondan ekrangacha masofa 10 cm dan
kam bo‘lmasligi kerak.
Ochiq olovni quyidagi masofalardan (gorizontal bo‘yicha) kam bo‘lmaganda qo‘llashga
yo‘l qo‘yiladi:
5 m —gaz alangali ishlarni olib borish uchun mo‘ljallangan ballonlar guruhidan (ikkidan
ortiq ballonlar);
5 m —kislorodli va yonuvchi gazli ayrim ballonlardan;
771. Ballonlar o‘tish joylaridan chetda o‘rnatilishi kerak, ularni yiqilishini oldini olish
uchun mahkamlash kerak va quyoshning to‘g‘ri nurlaridan saqlash kerak.
772. Ballonlar bilan ishlaganda ularni urishdan va moy xamda yog‘lar bilan
ifloslanishidan saqlash kerak.
773. Reduktorlarning ventillarini reduktorning yon tomonida turib sekin va ravon
ochish kerak. Ventil ochilayotgan vaqtda bevosita uning oldida odamlar turishi va erkin
yotgan (mahkamlanmagan) narsalar bo‘lishi mumkin emas.
774. Laboratoriya xonasida ballonlarni saqlash man etiladi.
775. Kimyo laboratoriyalarida ishlashda xavfsizlik talablariga amal qilish mazkur
Qoidalarning 18-ilovasi talablariga muvofiq bajarilishi shart.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish