himoyalanish usullari, shuningdek, avariyaviy vaziyatlarda xodimlar harakati majburiy
ifodalanishi kerak.
Xlorli ballonlarning tashqi yuzasi himoya rangiga va aylana bo‘yicha yashil rangli chiziq
bilan bo‘yalishi kerak.
Suyuq xlorli konteyner-bochkalarning tashqi
yuzalari ochiq kulrangga, himoya rangli
farqlash chiziqlari bilan bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Konteyner-bochkalarda yashil bo‘yoq
bilan yozilgan “Xlor”, “Zaharli”, “Suyultirilgan gaz” yozuvlari bo‘lishi kerak.
670. Ish joylarida xlorni neytrallash uchun quyidagi miqdorda eritmalar bo‘lishi kerak:
kamida 3 1 2% li giposulfit eritmasi va 3 1 0,5 % li ichish soda eritmasi, shuningdek toza
lattalar, rezinali qo‘lqoplar, vazelin.
671. Xlorli ballonlarni tashish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar yonida V, M yoki BKF
markali filtrlovchi gaz niqoblari bo‘lishi kerak.
672. Xlor oqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarda xodimlar gaz niqoblaridan
foydalanishi majburiydir.
673. Xlor apparatlarini gaz bosimi ostida ta’mirlash man etiladi. Ularni ta’mirlash zarur
bo‘lsa xlor uzatilishini to‘xtatish va uning qoldiqlarini dastlab ejektor bilan so‘rib olish
shart.
674. Xlorator qurilmalarining uskunalari ta’mirlanishidan
oldin issiq suv bilan
jadallashtirib yuvish yo‘li bilan tozalanishi va xlor to‘liq chiqarib tashlanguncha quruq
havo bilan puflanishi kerak.
675. Turli markali va uzunligidagi ballonlar kelib tushganda, ularni bir kollektorga
ulash, ballon ostiga tagliklar quyish yoki biriktirish quvurchalarini keskin egish man
etiladi.
676. Xlorator qurilmalarida xlorga suv tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan quyidagi choralar
ko‘rilishi kerak:
xlorni haydash uchun kompressordan kelayotgan
havo quritilishi kerak;
gidravlik sinashdan keyin idishlar quritilishi kerak;
bo‘shatilgan idishlarda va xloro‘tkazgichlarda ortiqcha bosim saqlanishi kerak.
Ejektorlar uzilgandan keyin gaz liniyasiga suv tushishini oldini olish kerak.
677. Xlor sizib chiqish joylari quyidagilar bilan aniqlanishi mumkin:
gazoanalizator bilan;
sizib chiqish joyi muzlashidan;
ushlab ko‘rish bilan aniqlanadigan idishning past harorati bo‘yicha;
sizib chiqish joyiga nashatir spirti (ammiyak suvi) shimdirilgan paxtani
yaqinlashtirilganda quyuq oq bulut paydo bo‘lishi bo‘yicha.
678. Sizib chiqish joylarini topish va ularni bartaraf etishni,
gaz niqobda ishlovchi
kamida ikki kishi bajarishi kerak, bunda ventilatsiya ulangan va xonadan chiqish
eshiklari ochiq holda bo‘lishi kerak.
679. Xonada ko‘p bo‘lmagan miqdorda gaz sizib chiqsa ventilatsiya qo‘shilishi va
eshiklar hamda oynalar ochilishi kerak. Yirik avariya sodir bo‘lganda va xonaga ko‘p
miqdorda gaz tushganda, bulut tarqalishini cheklash uchun oynalar va eshiklar yopiq
bo‘lishi kerak.
Bu holatda faqat avariyaviy oqish bartaraf etilgandan
va xonada degazatsiya
qilingandan keyin shamollatishni boshlash mumkin.
680. Xlorator qurilmalarining barcha xodimlari navbatchilik vaqtida o‘zi bilan soz va
o‘lchami to‘g‘ri keladigan gaz niqobini olib yurishlari kerak. Boshqa vaqtlarda gaz niqobi
yopilgan shaxsiy shkafda saqlanishi kerak.
681. Xlor omborlari xonalari va xlorlash qurilmasiga kirishda muhrlangan oynali qutida
ko‘pchilikka to‘g‘ri keladigan o‘lchamli ikkita-to‘rtta zaxirali gaz niqoblari saqlanishi
kerak.
682. Gaz niqoblarining filtrlovchi qutichalarini himoyalash xususiyatining vaqti grafik
bo‘yicha har oyda kamida ikki marta aniqlanishi kerak. Tekshirish natijalari maxsus
jurnalga yozib qo‘yilishi kerak.
Sanoat gaz niqoblari uchun filtrlovchi — yutuvchi korobkalar markasi,
turi va
tanitadigan rangi, Qoidalarning 16-ilovasida keltirilgan.
683. To‘satdan atmosferaga tarkibida ortiqcha xlor bo‘lgan gaz tushib qolganda,
xodimlar nafas olish organlarini yordamchi himoya qilish shaxsiy vositasi sifatida,
suvda ho‘llangan dasturmollar va kiyimning paxtali qismlaridan foydalanishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: