Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


B. Sovutgich hovuzlar, sachratgich basseynlari va gradirnyalarni ekspluatatsiya



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

B. Sovutgich hovuzlar, sachratgich basseynlari va gradirnyalarni ekspluatatsiya
qilish
647. Sovutgich hovuzlaridan suvni olish va tashlash, hamda uni tashlab yuborish
joylarining yaqinida balandligi bir metrdan past bo‘lmagan to‘siqlar bo‘lishi, ularda
cho‘milish man etilgani to‘g‘risida xavfsizlik belgilari osib qo‘yilishi shart.
648. Gradirnya perimetri bo‘yicha balandligi 1 m dan past bo‘lmagan to‘siqlar
o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Tutqichlarda gradirnyada cho‘milishni man etadigan xavfsizlik
belgilari osib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
649. Gradirnya va sachratgich basseynlari hududidan suvlarni olib ketuvchi kyuvetlar
ustidan xodimlar o‘tishi uchun tutqichli ko‘prikchalar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak,
ularda qutqarish vositalari (bagorlar, Aleksandrov arqonlari va b.) mahkam o‘rnatilgan
bo‘lishi kerak.
650. Gradirnya ventilyatorlari to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Ventilyatorning chiqish
teshigiga yaqinlashish ilojisi bo‘lmasligi kerak. Ventilyator ishlab turganda uning
diffuzoriga kirish man etiladi. Gradirnyani ko‘rib chiqish va joriy ta’mirlash davrida
ventilyatorlar tarmoqdan uzilishi va stoporlanishi shart.
651. Soplolar orasidan sachratgich basseyni bo‘ylab o‘tish joylari toza holatda saqlanishi
kerak. Muzlab qolgan ventillar va soplolarni muzdan ozod qilish ta’minlash liniyasi
uzilgan holatda bajarilishi shart.
652. Sachratgich basseynlarida soplolarni vaqtinchalik ko‘prikchalarda turib tozalash
kerak.
653. Sachratgich havzasini tozalashda band bo‘lgan ishchilar qo‘lqoplar va rezina etiklar
bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
654. Suv taqsimlash tizimini yoki gradirnya sachratgichining ichki qo‘rib chiqilishini
kamida ikki ishchi bajarishi shart.
655. Gradirnyalarning to‘qish uchliklari, taryelkachalari va sachratish soplolarini hosil
bo‘lgan cho‘kindilardan (loyqa, shlam, quyqalar va b.) tozalash uchun ularni echib olish,
xlorid kislotasi yoki sulfat kislotasining 10 — 15 % li eritmasiga solib qo‘yish va undan
keyin toza suv bilan yuvish kerak. Soplolar, taryelkachalar va uchliklarni tozalash
ishlarini bajarayotgan xodimlar qo‘llanayotgan kislotalarning xususiyatlarini bilishlari
kerak (mazkur Qoidalarning 15-ilovasi).
Ishlarni kislotadan himoyalangan matoli kiyimda, rezinalashtirilgan fartuklarda, rezina
etiklarda, kislota va ishqorbardoshli rezina qo‘lqoplar va himoyalovchi qo‘zoynaklarda
bajarish shart.
656. Gradirnyaning tortuvchi minorasi qoplamasini (yog‘och shchitlar va asbotsement
listlar) almashtirish yuk ko‘taruvchi kran yoki lebedka va osma kajavalar yordamida
amalga oshirilishi kerak, ular mazkur Qoidalarning III bobi 5-paragrafi talablariga
muvofiq bo‘lishi kerak.


Qismlarga ajratilayotgan yog‘och shchitlari yoki asbotsementli listlarni qabul qilinishi va
yangilarining joylashtirilishi, suv taqsimlagich tizimining yuqori belgisi yuzasida
o‘rnatilgan yog‘och to‘shamada amalga oshirilishi shart.
Tortib oluvchi quvur qoplamasi shchitlarini pastdan yuqoriga o‘rnatish zarur.
657. Ta’mirlash vaqtida almashtirilayotgan sachratgich elementlari va qoplamaning
yog‘och shchitlari yuvilib ketmaydigan antiseptiklar (nordon mis xromati, misning
xromat arsenati yoki misning ammiyakli arsenati) bilan ishlov berilgan bo‘lishi shart.
Antiseptiklar bilan yog‘ochga ishlov berish ixtisoslashtirilgan zavodlarda bosim ostidagi
avtoklavlarda amalga oshirilishi kerak.
658. Shchitlarni tayyorlash uchun qo‘llanadigan asbotsement listlari maxsus
tayyorlangan sig‘imlarda, dastlab 95 C gacha qizdirilgan toshko‘mirli pek bilan
shimdirilgan bo‘lishi kerak. Toshko‘mirli pek bilan ishlashda, peklarni tashish va ular
bilan ishlaganda sanitariya qoidalarining talablariga rioya qilish kerak.
659. Suvga mis kuporosi bilan ishlov berilayotganda ishlovchilar ularning
xususiyatlarini bilishlari shart; ular shaxsiy himoya vositalari: yopiq himoyalovchi
ko‘zoynaklar, rezina qo‘lqoplar, ShB-1 “Lepestok”, “Astra-2” va boshqa raspiratorlar,
bosh kiyimlari bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart. Mis kuporosi bilan ishlagandan keyin
dushda yuvinish kerak.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish