Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


§ 10. Simobli asboblar bilan ishlash



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

§ 10. Simobli asboblar bilan ishlash
827. Simobli asboblar bilan bajariladigan asosiy ishlar (simobli asboblarni simob bilan
to‘ldirish va uni quyib olish, qismlarga ajratish, yig‘ish ta’mirlash va tozalash va h.)
buning uchun mo‘ljallangan, boshqa xonalardan ajratilgan maxsus simob xonalarida
o‘tkazilishi kerak.
828. Simob xonalarining tuzilishi, qurilish konstruksiyalari va ishchi mebellarini simob
bug‘laridan himoya qilinishi, ventilatsiyasi, isitilishi, yoritilishi, suv ta’minoti va
kanalizatsiyasi, maishiy xonalarini tuzilishi, saqlanishi, simob, uning birikmalari va
simob bilan to‘ldirilgan asboblari bilan ishlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan
uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish va laboratoriya xonalarini ekspluatatsiya qilish
va saqlash sanitariya qoidalarining tegishli bo‘limlari talablarini qoniqtirishi kerak.
829. Simobli xonalarda quyidagilar bo‘lishi kerak:
asboblarni qismlarga ajratish va yig‘ish uchun stendlar;
stend ostida qora metalldan ishlangan nishab bilan o‘rnatilgan tarnov;
tarnovga tushirish quvurchasi payvandlangan bo‘lishi kerak, uning ostida suv solingan
idish o‘rnatiladi;
tekis (marmar yoki qora metall) plitali stol, uning chetlarida tarnov va tushirish
quvurchasi va uning ostida suv solingan idish o‘rnatiladi.
830. Simobli xonalarning barcha uskunalari va mebellari (stendlar, ishchi stollar,
shkaflar va b.) oyoqlarining balandligi 200 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Simobli
xonalarda yumshoq mebellar, gardinalar, shtorlar va pardalar bo‘lishi man etiladi.
Ishchi mebellar, ularni tasodifan almashib ketishini istisno etuvchi yorqin markirovkaga
ega bo‘lishi kerak.
Apparatlar va asboblarning metall qismlari (karkaslari, tagliklari, stoykalari) tekis va
nitroemal yoki laklar bilan bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
Simob bilan ishlash uchun mo‘ljallangan stollar va havoni tortuvchi shkaflar ishchi
yuzasining ostida yashiklar va shkaflar bo‘lmasligi kerak.
831. Simob bilan ishlar o‘tkazilayotganda xonalar (simobli xonalar) har haftada 1-marta
ishchi zonasining havosi tarkibida simob bug‘lari mavjudligiga tahlil qilinishi, tahlil
natijalari esa tahlillarni ro‘yxatga olish jurnalida yozib qo‘yilishi kerak. Simobli asboblar
va apparatlar o‘rnatilgan ishlab chiqarish xonalari har yili kamida ikki marta (havosini
tahlil qilish yo‘li bilan) tekshirishdan o‘tkazilishi kerak.
832. Simobli xonalarda havoni tahlil qilish yo‘li bilan davriy tekshirishdan tashqari, ish
joylarida nafas olish sathida (taxminan poldan 1,5 — 1,7 m balandlikda) bir sutkadan
ortiq bo‘lmagan muddatga osib qo‘yilgan reaktiv qog‘ozchalar yordamida havo muhitini
kundalik nazorati o‘tkazilishi kerak. Havoda simob bug‘lari mavjud bo‘lsa reaktiv
qog‘ozchalar pushtirang tusini oladi.
833. Korxonada, xodimlar simob bilan ishlaydigan bo‘linmasida simob bilan ishlaganda
xavfsizlik choralari to‘g‘risida mahalliy yo‘riqnomalar bo‘lishi kerak, ular mazkur


Qoidalar, sanitariya qoidalari va ushbu korxonadagi mehnat sharoitlarining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lishi kerak.
834. Simobli xonalarda simob, tortuvchi ventilatsiyasi bo‘lgan shkafda sinmaydigan yoki
devorlari qalin shisha idishda, u silliqlangan tiqinli (vakuumli zamazkada) va metall
tagliklaridagi amortizatsiyali futlyarda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Simobning oz miqdori
(20 — 30 ml) kavsharlangan shisha ampulalarida, plastmassa yoki metall futlyarlariga
qo‘yilgan holda shkafda saqlanishi mumkin.
Har kuni, ish boshlanishidan kamida 15 min oldin ushbu xonalarda so‘ruvchi-tortuvchi
ventilatsiya ishga tushirilishi kerak.
835. Asboblar va apparatlarni simob bilan to‘ldirish va uni quyib olish, faqat simobli
xonada va qora metalldan yasalgan taglik ustida, havo tortuvchi zont ostida va so‘ruvchi
ventilatsiya ishga tushirilganda o‘tkazilishi kerak.
Simobli asboblar va apparatlarni simobli xonada taglikda yoki maxsus jihozlangan
stolda qismlarga ajratish lozim. Ishlab chiqarish xonalarida simobli asboblar va
apparatlarni qismlarga ajratish qat’iyan man etiladi.
Avariyaviy vaziyatlarda (asboblar yoki apparatlar shikastlanganda) simobni bevosita
ishlab chiqarish xonalarida quyib olishga ruxsat etiladi.
836. Asboblar va apparatlardan simobni, simobli xonalarda, hamda ishlab chiqarish
xonalarida faqat suv bilan to‘ldirilgan idishlarga quyib olish mumkin.
Simobning polga to‘kilishini oldini olish uchun simob solingan idishlar qora metalldan
yasalgan sirlangan tagliklarga o‘rnatilishi kerak.
Simobni tarozida tortish, tozalash va filtrlashni faqat simobli xonalarda havoni tortuvchi
shkaflar ichida tortuvchi ventilatsiya ishga tushirilganda o‘tkazishga ruxsat beriladi,
ventilatsiya ish tugatilgandan keyin 30 min davomida to‘xtatilmasligi kerak.
837. Ochiq simob bilan bajariladigan ishlar (uni tozalash, distillatsiya qilish, asboblarni
to‘ldirish va b.) xlorvinilli yoki yupqa rezina qo‘lqoplarida, bosh kiyimida va
ko‘zoynakda bajarilishi kerak. Simobni himoyalanmagan qo‘llar bilan olish va uni og‘iz
bilan so‘rib olish qat’iyan man etiladi. Simob to‘kilib ketganda yoki mahalliy tortish
ventilatsiyasi ishdan chiqqanda G markali filrtlovchi korobkali protivogazlarda ishlash
kerak.
838. Ishlatilmaydigan, singan asboblar va apparatlarni ishlash xonalarida saqlash man
etiladi.
839. Xonada oqib ketgan simob aniqlanganda, uni ko‘rib qolgan xodimlar zudlik bilan
zarur choralar ko‘rilishi uchun bo‘linma rahbariyatiga ma’lum qilishi kerak.
Ishlab chiqarish xonasining zararlangan uchastkasiga tegishli ishlov berilgandan so‘ng,
havoda simob bug‘larining borligi tahlil qilinishi kerak, uning havo tarkibi miqdori
mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan qiymatlaridan oshmasligi kerak.
840. Maxsus kiyimlar, simob bilan ishlar olib boriladigan xonaning o‘zida, mahalliy havo
so‘rilishiga ega bo‘lgan xususiy shkaflar bilan jihozlangan garderoblarda saqlanishi
kerak. Kiyimlarni saqlash shkaflari shaxsiy gigiyena va himoya vositalarini saqlash
uchun alohida bo‘linmalarga ega bo‘lib, po‘lat tunukadan tayyorlanadi.
841. Maxsus kiyimni uyga olib ketish va unda oshxonaga borish man etiladi.
842. Simob bilan ishlar bajarilgan maxsus kiyimlarni boshqa maxsus kiyimlardan
alohida yuvish kerak. Bu maxsus kiyimlarni uy sharoitlarida yuvish man etiladi.
843. Maxsus kiyimlarni yuvish bilan bir vaqtda ularni saqlash shkaflari ham yuvilishi
kerak. Shkaflar issiq suv va sovun bilan, undan keyin kaliy permanganat (margansovka)
tuzining 0,1 foizli eritmasi bilan yuvilishi kerak.
844. Sovun-soda eritmali (1 kg kiyimga 41 eritma hisobidan) issiq suvda (70 — 80°S)
yuvilishi oldidan maxsus kiyim changsizlantirilishi va yuvilish oldidan kiryuvish
mashinasining barabanida 30 min davomida sovuq suv bilan yuvilishi kerak. Maxsus
kiyim 2-marta yuvilishi kerak. Birinchi marta yuvilgandan keyin ulardan ishqorni
chiqarish uchun kir yuvish mashinasining barabanida oldin issiq suv, keyin esa sovuq
suv bilan yuvish kerak, so‘ngra 30 min davomida xlorid kislotaning 1 — 2 foizli eritmasi


bilan unga ishlov berish kerak. Ikkinchi marta maxsus kiyimni 70 — 80 °S haroratda 20
min davomida ishqorli eritma bilan yuvish kerak, undan keyin sovuq suvda chayqash,
kraxmallash, siqish, quritish va dazmollash kerak.
845. Simob bilan ishlar bajariladigan xonalarda chekish, shuningdek, ovqat va suvni
saqlash va iste’mol qilish qat’iyan man etiladi.
846. Simob bilan ishlaydigan shaxslar quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilishlari
kerak:
ovqatni iste’mol qilish oldidan maxsus kiyimni va shaxsiy himoya vositalarini echish,
qo‘llarni issiq suv va sovun bilan hamda cho‘tka bilan yuvish, og‘izni kaliy permanganat
(margansovka) tuzining kuchsiz eritmasi bilan (pushti rangda) chayqash kerak.
Qo‘lqoplarni echishdan oldin ularni yaxshilab yuvish kerak;
har kuni ishdan keyin maxsus kiyimni echish, uni changyutgich bilan tozalash va
shkafga berkitib qo‘yish kerak, og‘izni kaliy permanganat (margansovka) tuzining
kuchsiz eritmasi bilan (pushti rangda) chayqash, dushda yuvinish va tishlarni tozalash
kerak. Og‘izni chayqash uchun eritma maxsus o‘qitilgan odamlar tomonidan
tayyorlanishi kerak.
847. Simobli xonalar har kuni nam latta bilan artilishi kerak. Simobli xonada har oyda
bir marta shiplari, devorlari, mebellari, deraza romlari va panjaralari, oynalari,
tokchalari, eshiklari va boshqalar sovunli issiq suv bilan yuvilishi kerak.
Har chorakda bir marta yuqorida ko‘rsatilgan tozalash kimyoviy demerkurizatsiya
vositalarini qo‘llagan holda o‘tkazilishi va undan keyin eritma qoldiqlarini poldan suv
bilan yuvib tashlanishi kerak.
848. Simobli xonalarni tozalash uchun mo‘ljallangan inventardan boshqa xonalarni
tozalash uchun foydalanishi mumkin emas va u zich yopiladigan metalli yashiklarda
saqlanishi kerak, bu yashiklar mahalliy havo so‘ruvchi qurilmalar bilan jihozlangan va
yorqin ogohlantiruvchi rangga bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilgan inventarlarni
farqlash uchun ular qizil rangga bo‘yalgan bo‘lishlari shart. Xonalarni tozalash
o‘tkazilgandan keyin invertarlarga demerkurizatsiyalash eritmalari bilan ishlov berilishi
kerak.
849. Simob bilan ishlar bajariladigan xonalarning chiqishida taramlangan rezina
gilamchalari bo‘lishi kerak, ularni har kuni qora po‘lat tunukadan yasalgan tagliklarda
kaliy magnit tuzli, xlorid kislotali eritma bilan ishlov berilishi zarur.
850. Simobli asboblar bilan ishlash uchun mazkur Qoidalarning 20-ilovasi talablariga
muvofiq bajarilishi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish