Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


§7. Kimyoviy sexlar va oqova suvlarini tozalash bo‘yicha inshootlarning



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

§7. Kimyoviy sexlar va oqova suvlarini tozalash bo‘yicha inshootlarning
uskunalariga xizmat ko‘rsatish
A. Reagent xo‘jaligi va suvga gidrazinli ishlov berish qurilmasiga xizmat ko‘rsatish
704. Reagentlar omborlari ionit qurilmalari xonalaridan va sochiladigan materiallarni
saqlash joylaridan ajratilgan bo‘lishi shart.
705. Sochiladigan reagentlarni (ohak, magnezit, fosfatlar, koagulyant, soda) saqlash
xonalari yopiq turidagi, quruq, “Issiqlik elektr stansiyalari” SN i P II-58-75 ga muvofiq
ventilatsiya tizimi bilan va reagentlarni mexanizatsiyalashtirilgan tushirish va yuklash
qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Omborlarning pollari asfaltlangan bo‘lishi
kerak. Har bir reagent uchun alohida ombor yoki alohida bo‘linma nazarda tutilishi
kerak.
706. Reagentlar bilan operatsiyalar o‘tkazilayotgan xonalarda vodoprovod suvi va
shifokordan oldin yordam berish uchun aptechkalar bo‘lishi kerak.
707. Filtrlovchi va ion almashuv materiallarini saqlash xonalari quruq, isitiladigan va
yaxshi shamollatiladigan bo‘lishi kerak.
708. Ionitlari bilan bug‘lari ionitlar bilan adsorbsiyalanuvchi uchuvchi organik
birikmalarni (benzin, benzol, toluol va b.) bir xonada saqlash man etiladi.
709. Ionitlar zavod upakovkasida yog‘och to‘shamalarda turlari va markalari bo‘yicha
taxlangan holda saqlanishi kerak. Taxlangan shtabellardan isitish asboblari (radiatorlar)
kamida bir metr masofada bo‘lishi kerak.
710. Sulfatko‘mir ishlab chiqaruvchining upakovkasida yopiq omborxonada
shtabellarda saqlanishi kerak. Shtabellarning o‘lchamlari 2 x 2 x 2 m dan va ular
orasidagi o‘tish joylarining kengligi bir metr bo‘lishi kerak. Sulfatko‘mirni ochiq holda
(upakovkasiz) saqlash man etiladi, chunki havo bilan kontaktga kirishganda o‘zidan-o‘zi
yonish qobiliyatiga ega.
711. Changlanuvchi quruq reagentlarni (ohakni, magnezitni, sodani, fosfatlarni v b.)
tushirishda, shuningdek ohakni so‘ndirishda va shu reagentlarni eritishda band bo‘lgan
xodimlar paxta matoli kostyumda, ko‘kragi berk rezinali fartukda, himoyalovchi
ko‘zoynaklarda, brezent qo‘lqoplarida, rezinali qo‘lqoplarda, rezina poyafzalda va
changga qarshi respiratorda ishlashlari kerak.
712. Kislotalar, ishqorlar, ammiak, gidrozinning konsentratsiyalangan eritmalari zararli
moddalarga taalluqlidir.
Zararli moddalarni saqlash uchun omborlarning tutilishi kuchli ta’sir qiladigan zaharli
moddalarni saqlash uchun omborlarni loyihalash, jihozlash va tutish bo‘yicha sanitariya
qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
713. Kislotalar, ishqorlar, ammiak, gidrazin va boshqa zararli moddalarning eritmalari
ishchi xonalardan ajratilgan ombor-sisternalarda yoki baklarda saqlanishi kerak, ularda
reagentning aniq yozilgan nomi bo‘lishi kerak.


Konsentratsiyalangan sulfat kislotasi, “qora kislota” (past molekulyarli organik kislotalar
eritmasi), ishqor va ammiak eritmalari po‘lat sig‘imlarda; xlor kislotasi — germetik po‘lat
gummirlangan rezervuarlarda saqlanishi kerak.
Tarkibida 64 % gidrazin bo‘lgan gidrazingidrat mahsuloti zanglamaydigan po‘latdan
yoki alyuminiydan yasalgan tarada tashilishi va saqlanishi kerak.
Gidrazingidratning suyultirilgan eritmalari (30%li va undan kam) uglerodli po‘latdan
yasalgan sig‘imlarda yoki polietilen bankalarida saqlanishi kerak.
714. Kislotalar va ishqorlarni saqlash uchun sig‘imlar atmosfera bilan vozdushniklar
orqali tutashishi va sath ko‘rsatgichlari, hamda quyish quvurlariga ega bo‘lishi kerak.
715. Vaqti-vaqti bilan bosim ostida bo‘lib qoladigan, suyuq reagentlarni saqlash uchun
mo‘ljallangan sisternalar sex boshlig‘ida turadigan idishlarni hisobga olish va
shaxodatlash kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Har oyda sisternalar va
armaturalarni tashqi ko‘rib chiqilishi amalga oshirilishi kerak. Sisternani ichki ko‘rib
chiqilishi va gidravlik sinalishi “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi qoidalari
talablariga muvofiq o‘tkazilishi kerak. Ko‘rib chiqish va sinash natijalari jurnalda qayd
etilishi kerak.
716. Kimyo sexida armaturalari aniq nomerlangan har bir reagentni statsionar to‘kish
sxemasi mavjud bo‘lishi kerak. Reagentlarning konsentratsiyalangan eritmalarining
quvurlari ajratish ranglariga bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Ish joyida har bir reagentni to‘kish
va saqlash bo‘yicha sxema va yo‘riqnomalar bo‘lishi kerak.
Zaharli va agressiv suyuqliklar to‘kilishini faqat ushbu ishni bajarilishiga biriktirilgan
maxsus o‘qitilgan xodimlar sex (uchastka) smenasining katta navbatchisi rahbarligida
amalga oshirishi kerak.
717. Gidrazingidrat eritmalarini tayyorlash uchun qurilma havoni tortish-chiqarish
ventilatsiyasi bilan jihozlangan, texnik suvi keltirilgan va drenaj suvlarini yig‘ish va
neytrallash uchun chuqurga ega bo‘lgan alohida ajratilgan xonada joylashtirilishi kerak.
Xonada to‘kilib yuborilgan gidrazingidrat eritmasini neytrallash uchun xlor ohakning
zaxirasi bo‘lishi kerak. Gidrazin qurilmasining xonasida boshqa biror bir boshqa
reagentlar va materiallarni saqlash man etiladi.
Gidrazin qurilmasi xonasining tashqarisida “Gidrazingidrat” deb yozilishi va “Ehtiyot
bo‘ling! Zaharli moddalar” ogohlantiruvchi xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi kerak.
718. Gidrazin qurilmasining xonasi qulfga berkitilgan bo‘lishi kerak. Uning kalitlari
kimyo sexining smenasi bo‘yicha katta navbatchisida saqlanishi kerak.
719. Gidrazingidrat bilan ishlayotganda rezinalashtirilgan fartukdan, rezinali
qo‘lqoplardan, himoyalanuvchi ko‘zoynaklardan foydalanish zarur va o‘zining yonida
qo‘llash uchun tayyor bo‘lgan KD yoki A markali filtrlovchi gaz niqobi bo‘lishi kerak.
720. Gidrazingidratni ventilatsiya ishga tushirilganda quyish kerak.
Ish joyining yaqinida oksidlovchi, yonuvchi moddalar va g‘ovak materiallari (asbest,
aktivlashtirilgan ko‘mir, qum va b.) bo‘lishi mumkin emas.
Gidrazin qurilmasining uskunalarida ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin ular suv
bilan yuvilgan bo‘lishi kerak.
721. Gidrazingidratning ishchi eritmasini dozirovkasi uchun qurilma sement bortli
to‘siqqa va to‘kilgan eritmani yig‘ish va neytarlash uchun chuqurchaga ega bo‘lishi
kerak. Qurilmaning to‘sig‘ida “Gidrazingidrat” yozuvi va “Ehtiyot bo‘ling! Zaharli
moddalar” xavfsizlik belgilari osilgan bo‘lishi kerak.
722. Energetika korxonalarida qo‘llaniladigan asosiy kimyoviy moddalarning
xarakteristikalari va ular bilan ishlashda xavfsizlik choralari mazkur Qoidalarning 14-
ilovasida keltirilgan.
Kimyo sexi uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, ushbu moddalarning
xususiyatlarini va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralarini bilishi kerak.
723. Kislotalar, ishqorlar, ammiak, gidrazinlarning konsentratsiyalangan eritmalarini
o‘lchash baklari va quvurlari “Sanoat korxonalarining quvurlari. Tanish uchun


bo‘yoqlash, ogohlantiruvchi belgilar va markalovchi shchitoklar” GOST 14202 talablariga
muvofiq bo‘yalishi va ularda aniq yozilgan yozuvlar bo‘lishi kerak,
724. Agressiv va zaharli moddalarni uzatuvchi armaturalar, quvurlar va nasoslar
ta’mirlashni boshlashdan oldin bo‘shatilishi va yuvilishi kerak; yuvish mahsulotlari
buning uchun maxsus mo‘ljallangan joylarga drenaj qilingan bo‘lishi kerak.
Quvurlar va ularning armaturalarini uzish va ta’mirlash mazkur Qoidalarning III bobi
10-paragrafiga rioya qilib o‘tkazilishi kerak.
Quvurlarning flanetsli birikmalarining oldindan tayyorlanib qo‘yilgan chelakka yoki
to‘rtburchakli tunuka tovaga qolgan suyuqlikni quyish uchun birinchi navbatda pastki
qismlari bo‘shatilishi kerak.
Flanetsli birikmalar ochilayotganda iloji boricha qismlarga ajratilayotgan birikmalardan
chetroqda turish kerak. Flanetsli brikmalarning tortib qo‘yilgan boltlarini gaykalarni
ikki-uchta aylantirish yo‘li bilan bo‘shatish kerak. Barcha boltlarni bo‘shatish va
demontaj qilish faqat suyuqlik to‘la oqib tushirilgandan keyin ruxsat beriladi. Demontaj
qilingan armaturalarni tashishdan oldin, ichida qolib ketgan suyuqlikni to‘kib tashlash
uchun, oldin bir tomonini so‘ng ikkinchi tomonini ehtiyotlik bilan pastga qaratish kerak.
725. Zaharli va agressiv moddalarni haydash uchun mo‘ljallangan nasos-dozatorlarni,
ushbu ishni bajarish uchun biriktirilgan maxsus o‘qitilgan doimiy xodimlar
ta’mirlashlari kerak.
726. Sig‘imlarda va rezervuarlardagi ishlar mazkur Qoidalarning III bobi 9-paragrafiga
talablariga rioya qilib naryad bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.
Filtrlarning drenaj qurilmalarini ta’mirlanishi va ko‘rib chiqilishi filtrlovchi
materiallarni gidravlik usulda maxsus sig‘imlarga tushirilgandan keyin o‘tkazilishi
kerak.
Qayta gidroyuklanish baklari, mexanik va ionit filtrlari ko‘rib chiqish yoki ta’mirlash
uchun ochilishidan kamida 3 soat oldin suv bilan to‘ldirilgan bo‘lishi va undan keyin
vozdushniklar ochilgan holda va havo almashtirilishi bilan drenaj qilinishi kerak.
Lyuklarni ochishda iloji boricha ulardan chetroqda turish kerak, dastlab tortilgan
boltlarni lyukning pastki qismlarini asta-sekin bo‘shatish kerak. Lyuk qopqog‘ini faqat
bak yoki filtrda suv yo‘qligiga ishonch hosil qilgandan keyin ochish mumkin.
Filtrda ishni boshlashdan oldin uni shamollatish, uning ichidagi havoda zararli
moddalar yo‘qligiga va filtrda kislorod yetarliligiga (hajmi bo‘yicha 0 =20%) tekshirish
o‘tkazilishi kerak.
Rezervuarlardagi lyuklarni ochish va ularda ishlash ish rahbarining bevosita nazorati
ostida bajarilishi kerak.
Zararli moddalarni saqlash baklarini reviziyasi va ta’mirlanishi faqat ular suv bilan
yuvilgandan keyin va yuvish suvlarining sifati tahlil bilan tekshirilgan-dan keyin
bajarilishi kerak. Ushbu sig‘imlarga odamlar tushishiga ular shamollatilgandan keyin,
ichidagi havoda zararli moddalar va portlash xavfi bo‘lgan moddalar yo‘qligiga, hamda
kislorod yetarligiga (hajmi bo‘yicha 0 =20 %) tekshirilgandan keyin ijozat beriladi.
Ichida kislota saqlangan sisternalar va baklarning lyuklarini ochishda uchqun
bermaydigan asboblardan foydalanish zarur.
Baklar va sisternalar ta’mirlanayotganda va ko‘rib chiqilayotganda ochiq olovni qo‘llash
man etiladi.
727. Baklar va boshqa sig‘imlarning yopmalari ustida ishlar bajarilishi zarur bo‘lsa,
unda taxtalardan yasalgan to‘shamalar yoki traplar qo‘llanilishi kerak.
728. Reagent xo‘jaligi va suvga gidrozinli ishlov berish qurilmasiga xizmat ko‘rsatish
mazkur Qoidalarning 17-ilovasi

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish