Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


§ 8. Issiqlik tarmoqlari uskunalariga xizmat ko‘rsatish



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

§ 8. Issiqlik tarmoqlari uskunalariga xizmat ko‘rsatish


776. Issiqlik punktlari alohida ajratilgan haydash tortish ventilatsiyasi bilan jihozlangan
xonalarda joylashtirilishi kerak. Issiqlik punkti xonasining uzunligi 12 m va undan ko‘p
bo‘lsa, undan ikkita chiqish joyi bo‘lishi kerak, ulardan biri tashqariga.
Issiqlik punktlarining gabaritlari uskunalarga (issiqlik almashtirish apparatlari, haydash
qurilmalari, armaturalar, quvurlar va b.) me’yorli xizmat ko‘rsatish imkonini ta’minlashi
kerak.
777. Ichki yuzasi 2,5 dan 6 m gacha bo‘lgan yer osti issiqlik kameralarida kamida ikkita
lyuk bo‘lishi kerak, ular diagonal bo‘yicha joylashtirilishi kerak, kameralarning ichki
maydoni 6 m va undan ko‘p bo‘lsa to‘rtta lyuk bo‘lishi kerak.
Kameralarga tushish bevosita lyuk ostida joylashtirilgan statsionar metall narvonlari va
skoba — zinalar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
778. Issiqlik punktlari uskunalarni ko‘tarish va joydan-joyga ko‘chirish uchun dastakli
yoki elektr yuritmali yuk ko‘taruvchi mexanizmlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Bu maqsadlar uchun issiqlik kameralarida qo‘lli tallardan foydalanish mumkin.
779. Yer osti issiqlik quvurlari, kameralari va kanallariga xizmat ko‘rsatishda, mazkur
Qoidalarning III bobi 9-paragrafida qayd etilgan talablarga rioya qilinishi kerak.
780. Smenada rayon bo‘yicha farmoyish bilan ustalar va chilangarlarga ularning xizmat
ko‘rsatish chegaralarini aniq ko‘rsatilib issiqlik tarmoqlarining belgilangan uchastkalari
biriktirilgan bo‘lishi kerak. Rayon bo‘yicha issiqlik tarmog‘iga rayonning navbatchi
dispetcheri, tarmoqning markaziy dispetcherlik xizmatida esa xizmatning navbatchi
dispetcheri operativ xizmat ko‘rsatadi.
781. Issiqlik trassasini yerosti inshootlariga tushmasdan aylanib ko‘rib chiqilishini
kamida ikki kishidan iborat bo‘lgan gurux amalga oshirishi kerak. Kameraga tushilganda
yoki unda ish bajarilganda, brigada kamida uch kishidan iborat bo‘lishi kerak.
Issiqlik trassasini aylanib ko‘rib chiqayotganda xodimlar chilangarlik asboblaridan
tashqari kamera lyukini ochish uchun kalitga, kameralarni ochish uchun ilgakka, ochiq
kameralar oldida va ko‘chaning transport yuradigan qismida o‘rnatish uchun to‘siqlarga,
yoritish vositalariga (portlashdan himoyalangan kuchlanishi 12 V dan yuqori bo‘lmagan
dastakli yoritgichlar va akkumulyator fonarlari), shuningdek gazoanalizatorga ega
bo‘lishlari kerak.
Guruh smena davomida rayonning navbatchi dispetcheri bilan muntazam ravishda
aloqani ushlab turishi va unga bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib turishi kerak.
Agar uskunalarda odamlarga va uskunalar butunligiga xavf tug‘diradigan nuqsonlar
aniqlansa xodimlar uni tarmoqdan zudlik bilan uzish uchun choralar ko‘rishi kerak.
782. Suv yoki bug‘ issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish, shuningdek, tarmoqni yoki uning
ayrim elementlari va konstruksiyalarini sinash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar issiqlik
tarmoqlari korxonasi (elektr stansiya) bosh muhandisi tasdiqlagan maxsus dastur
bo‘yicha o‘tkazilishi kerak. IEM kollektorlaridan bevosita ketuvchi yangi qurilgan
magistral tarmoqlarini ishga tushirishda, quvurlarni yuvish uchun IEMning tarmoq va
qo‘shimcha ta’minlash nasoslaridan foydalanilganda va tarmoqlarni hisoblangan
bosimga va hisoblangan haroratga sinashda dasturlar elektr stansiyaning bosh
muhandisi bilan, zarur bo‘lgan vaziyatlarda — iste’molchilar bilan kelishib olinishi
kerak.
Dasturlarda xodimlar xavfsizligi uchun zarur bo‘lgan choralar nazarda tutilgan bo‘lishi
kerak.
783. Quvurlarni gidropnevmatik yuvilishi va tarmoqlarni hisoblangan bosimga va
hisoblangan haroratga sinalishi naryad bo‘yicha rayon (sex) boshlig‘i yoki uning
o‘rinbosarining bevosita rahbarligi ostida o‘tkazilishi kerak. Yuvishni rayon (sex)
boshlig‘ining farmoyishi bilan tayinlanadigan rayon (sex)ning boshqa muhandis texnik
xodimi rahbarligi ostida o‘tkazishga ijozat beriladi.
784. Issiqlik tarmoqlari ishga tushirilayotganda to‘lg‘azilayotgan issiqlik tarmog‘i
qismining statistik bosimidan 0,2 MRa (2kg/cm )dan ortiq bo‘lmagan bosim ostida
to‘ldirish kerak, bunda iste’molchilarning tizimi tarmoqdan uzilgan bo‘lishi kerak.
2
2
2


785. Tarmoq to‘ldirilayotganda issiqlik kamerasida vozdushniklarni kuzatuvchi ishchilar
flanetsli birikmalardan chetda turishlari kerak. Havo armaturasi, chuqurcha tomoniga
yo‘naltirilgan otvodlarga ega bo‘lishlari kerak. Otvodlarning uchidan chuqurchaning
yuqori qismigacha bo‘lgan masofa 50 mm dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Vozdushniklarni qo‘lda maxoviklar yordamida ochish va yopish kerak. Ushbu
maqsadlarda kalitlar va boshqa richagli moslamalarni qo‘llash man etiladi.
Issiqlik tarmog‘i to‘ldirilgandan so‘ng qayta puflanishida vozdushniklar alohida
ehtiyotlik bilan, ko‘p suvni tashlab yuborilishiga yo‘l qo‘ymasdan, ochilishi kerak.
786. Issiqlik tarmoqlarini gidropnevmatik yuvishida va issiqlik tarmog‘ini hisoblangan
bosimga sinashda iste’molchilar tizimlari va issiqlik punktlari tarmoqdan uzilgan
bo‘lishi kerak.
Issiqlik tarmoqlari va iste’molchilar tizimlarini birgalikda gidropnevmatik yuvilishiga
yo‘l qo‘yilmaydi.
787. Issiqlik tarmog‘i uchastkalarida gidropnevmatik yuvish o‘tkazilayotgan vaqtda
ta’mirlash va boshqa ishlarni bajarish xamda yuvishda bevosita qatnashmayotgan
shaxslarni, yuvilayotgan quvurlar yaqinida turishi man etiladi.
788. Yuvilayotgan quvurlardan suv havo aralashmasi tashlanayotgan joylar to‘silishi va
unga begona shaxslarni yaqin kelishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Suv havo aralashmasini tashlayotgan quvurlar, butun uzunligi bo‘yicha ishonchli
mahkamlangan bo‘lishi kerak.
789. Yuvilayotgan quvurlarga kompressorlardan siqilgan havoni keltirish uchun
shlanglardan foydalanilganda ularni shtutserlar bilan maxsus xomutchalar bilan
biriktirish kerak; shtutserlarda ulardan shlang sirpanib tushib ketishini oldini olish
uchun o‘yiqlar bo‘lishi kerak. Har bir birikmada kamida ikki xomutcha o‘rnatilgan
bo‘lishi kerak. Shlanglarni shtutserlar bilan birikmalarning zichligi va mahkamligi
ustidan yuvish davrining butun davomida kuzatib turish kerak.
Talab qilingan bosimga mo‘ljallanmagan shlanglardan foydalanish man etiladi.
Havo quvuridagi qaytarish klapani yaxshi jips yopilgan va gidropress bilan zichlikka
tekshirilgan bo‘lishi kerak.
790. Issiqlik tarmog‘ining yuvilayotgan uchastkasi kameralarida va o‘tish kanallarida
yuvilayotgan quvurlariga havo berilayotgan momentida odamlar bo‘lishi man etiladi.
791. Issiqlik tarmog‘ini hisoblangan bosimga sinashni boshlashdan oldin sinalishi kerak
bo‘lgan quvurlardan puxtalik bilan havoni chiqarib yuborish zarur.
792. Hisoblangan haroratga sinash o‘tkazilayotganda issiqlik tarmog‘idan bolalar va
davolash muassasalarining isitish tizimlari, bevosita biriktirilgan isitish tizimlari, issiq
suv 
ta’minotining 
ochiq 
tizimlari, 
kalorifer 
qurilmalari, 
shuningdek,
avtomatlashtirilmagan issiqlik suvi ta’minotining yopiq tizimlari uzilgan bo‘lishi kerak.
Issiqlik 
tarmog‘ini 
hisoblangan 
bosimiga 
sinash 
o‘tkazilayotgan 
vaqtiga
iste’molchilarning issiqlik punktlari va mahalliy tizimlari sinalayotgan tarmoqdan
uzilgan bo‘lishi kerak.
Iste’molchilarning issiqlik punktidagi uzuvchi armaturasining zichligi buzilganda, ularni
issiqlik tarmog‘iga ulash kameralaridagi zadvijkalar yoki issiqlik punktlarida
o‘rnatiladigan tiqinlar bilan uzib qo‘yish kerak.
793. Issiqlik tarmog‘ini issiqlik tashuvchisining hisoblangan parametrlariga sinash
vaqtida iste’molchilarning issiqlik punktlari va tizimlarida abonentlar xodimlarining
doimiy navbatchiligi tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, issiqlik tarmog‘ini
hisoblangan haroratga sinash vaqtiga issiqlik tarmog‘ining butun trassasi bo‘yicha
kuzatishni tashkil etish kerak, buning uchun, sinov rahbarlarining ko‘rsatmasiga qarab
va mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, issiqlik tarmog‘i va abonentlarning
ekspluatatsion xodimlaridan, shuningdek, sanoat korxonalarining tegishli xizmat
xodimlaridan kuzatuvchilarini trassa bo‘ylab qo‘yish kerak.
Tarmoqning yo‘lovchilar va transport harakatlanadigan joylardagi uchastkalariga,
quvurlar kanallarsiz o‘tkazilgan joylardagi uchastkalariga, bundan oldin quvurlari


korroziyadan buzilgan holatlari bo‘lgan uchastkalarga alohida e’tibor qaratish kerak.
794. Issiqlik tarmog‘ini issiqlik tashuvchisining hisoblangan parametrlariga sinash
o‘tkazilayotganda quyidagilar man etiladi:
sinashlar bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni sinalayotgan uchastkasida bajarish;
kameralar, kanallarga va tunnellarga tushish va u yerda bo‘lish;
quvurlar va armaturalarning flanetsli birikmalari qarshisida joylashish;
aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish.
Shuningdek issiqlik tarmog‘ining issiqlik tashuvchisining hisoblangan bosimiga
sinashda bosimni keskin ko‘paytirish va uni sinash dasturida nazarda tutilgan
chegarasidan yuqori ko‘tarish man etiladi.
Hisoblangan haroratga sinash vaqtida kameralar va tunnellarni trassaning yuqorisidan
aylanib ko‘rib chiqish kerak.
Qo‘zg‘almas tayanchlar, kompensatorlar, armaturalar, flanetslar va boshqalarning
holatini, kameralarga tushmasdan, lyuklar orqali nazorat qilish kerak.
795. Bir vaqtning o‘zida hisoblangan bosim va hisoblangan haroratga sinashni o‘tkazish
man etiladi.
796. Quvurlarda ishlaganda xavfsizlik sharoitlari va quvurning o‘zida va issiqlik
tarmog‘i kameralarida gaz bo‘lmasligi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
797. Quvurga, ko‘rib chiqish va uni begona narsalardan tozalash uchun faqat uzunligi
150 m dan ko‘p bo‘lmagan to‘g‘ri uchastkalarda va quvur diametri 0,8 m dan kam
bo‘lmaganda, kirishga ruxsat etiladi. Bunda ko‘rib chiqilishi va tozalanishi kerak bo‘lgan
quvur uchastkasining ikkala uchidan erkin chiqish ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Uchastkada mavjud bo‘lgan shahoblanishlar, boshqa quvurlar bilan tutashishlar va
biriktirishlar ishonchli uzilgan bo‘lishi kerak.
Quvurni ko‘rib chiqish va tozalash uchun kamida uch kishi tayinlangan bo‘lishi kerak,
ulardan ikki kishi quvurning ikkala uchida turib ishlayotganni kuzatishi kerak.
Quvur ichida brezent kostyumda va qo‘lqoplarda, etikda, tizza po‘shlarda, ko‘zoynakda
va kaskada ishlash kerak. Saqlagich belbog‘ining qutqarish kanatining uchi quvurga
kirish tomonida kuzatuvchining ko‘lida bo‘lishi kerak. Quvurdan chiqish tomonidagi
kuzatuvchida uning butun uchastkasini yorituvchi fonar bo‘lishi kerak.
798. Doimiy navbatchi xodimlari yo‘q bo‘lgan issiqlik punktlarining xonalari qulflangan
bo‘lishi kerak; ularning kalitlari aniq belgilangan joylarda saqlanishi va issiqlik tarmog‘i
rayoni (elektr stansiya sexi) boshlig‘i tasdiqlagan ro‘yxatda ko‘rsatilgan shaxslarga
berilishi kerak.
799. Issiqlik tarmog‘i (elektr stansiya) va abonent orasida uskunalarga xizmat ko‘rsatish
chegarasi bo‘lishi kerak. Uskunalarga xizmat ko‘rsatish chegarasi bilan xodimlar imzo
chekish bilan tanishtirilgan bo‘lishi kerak.
800. Issiqlik punktida joriy ta’mirlash ishlari bajarilayotganda, issiqlik tashuvchining
harorati 75 S dan ortiq bo‘lmaganda uskunalarni issiqlik punktidagi bosh zadvijkalar
bilan uzish kerak.
Issiqlik tashuvchining harorati 75° S dan yuqori bo‘lganda issiqlik punktida uskunalarni
ta’mirlash va almashtirish ishlarini issiqlik punktida bosh zadvijkalar bilan va
abonentga shahoblanishdagi zadvijkalar bilan (eng yaqin kameralarda) tizim tarmoqdan
uzilgandan keyin o‘tkazish kerak.
Tizimni issiqlik tarmoqlari rayoni (elektr stansiya sexi) xodimlari tarmoqdan uzadi.
801. Elevator konusini almashtirish elevator oldidagi kirgizmaning ikki eng yaqin
flanetslarini boltlardan echib olish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Elevator oldidagi quvur uchastkasini tortish bilan elevator konusini chiqarib olish man
etiladi.
802. Bug‘ bilan ta’minlanadigan issiqlik punktlari va tizimlarini ulashda, dastlab tegishli
ishga tushirish drenajlarini ochish va gidravlik urishlar paydo bo‘lishi imkonini istisno
qiluvchi tezlikda quvurlar va uskunalarni isitish kerak.



803. Yerosti yotqizish shurflashni o‘tkazish ishlari mazkur Qoidalarning III bobi 14-
paragrafi talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
804. Korxonada issiqlik tarmog‘ining maxsus sxemasi bo‘lishi kerak, unda muntazam
ravishda rejali shurflash joylari va natijalari, avariyaviy buzilishlar joyi, trassaning suv
bosimi va qayta quyilgan uchastkalari qayd etilishi kerak, hamda unga qo‘shni yerosti
kommunikatsiyalari (gaz quvurlari, kanalizatsiya, kabellar) elektrlashtirilgan
trasportining rels yo‘llari va tortish nimstansiyalari kiritilgan bo‘lishi kerak.
805. Quvur yorilganda, tuproq suvlanganda, hamda issiqlik suvi tarqalayotganda xavfli
zona to‘sib qo‘yilishi va zarur bo‘lganda kuzatib turuvchilar qo‘yilishi kerak. To‘siqlarda
ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi, qorong‘i vaqtda esa—signal
yoritgichlar o‘rnatilishi kerak.
806. Quvurlarning ayrim uchastkalari demontaj qilinayotganda quvurlarning qolgan
qismi turg‘un holda bo‘lishini nazorat qilish kerak. Quvurlarning osilib qolgan konsol
uchlari vaqtinchalik ustunlarga tayanishi kerak.
Quvurlarning fazoviy uzellari joylashtirilayotganda ularning shahoblarini ochilgan
holda, mahkamlamasdan qoldirish man etiladi.
807. Quvurlarni montaj qilishdan oldin, ular yotqiziladigan transheyalarining qiyaliklari
turg‘unligi va mustahkamlagichlar mahkamligi, shuningdek, ular bo‘ylab mashinalar
yuradigan qiyaliklar nishabi va xavfsizlik shartlari bo‘yicha transheyalar devorlari
mahkamlagichlari mustahkamligiga tekshirilishi kerak.
808. Quvurlar va armaturalarni quduqlarga va transheya uchastkalariga tushirishdan
oldin ulardan ishchilar chiqarilishi kerak.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish