813. Kirish qiyin bo‘lgan va harorati 33°S dan yuqori bo‘lgan joylarda joylashtirilgan
termoparalar va qarshilik termoparalarni almashtirish, sozlashni kamida ikki kishi
amalga oshirishi kerak. Ish joylarini shamollatish ko‘chma havo dushlovchi qurilmalari
bilan amalga oshirilishi kerak.
814. Maxsus puflab tozalash qurilmalari mavjud bo‘lmaganda yoki puflab tozalash
liniyalari tiqilib qolganda suv va bug‘ impuls liniyalarini puflab tozalash, texnologik sex
navbatchi xodimlarining ruxsati bilan kamida ikki kishi tomonida,
operatsiyalarning
texnologik ketma-ketligi va xavfsizlik choralari ko‘rsatilgan mahalliy yo‘riqnomaga
muvofiq bajarilishi kerak.
815. Issiqlik mexanikasi uskunalarida avariyaviy holat paydo bo‘lganida puflab tozalash
to‘xtatilishi, armatura yopib qo‘yilishi kerak.
816. Qozon o‘choqlari, gaz yo‘llari, havouzatgichlar, qozon barabanlari ichida nazorat va
avtorostlagichlarni ko‘rikdan o‘tkazish, sozlash, ta’mirlashni
mazkur Qoidalarning III
bobi 9-paragrafi 550 — 583-bandlari va 19-ilovasining talablariga rioya qilgan holda
amalga oshirish lozim.
817. Bunkerlarda ko‘mir sathini o‘lchagichlar va signalizatorlar datchiklarining
sterjenlari va elektrodlarini konstruksiyasi, ushbu qurilmalarga xizmat ko‘rsatilishida
bunkerda qandaydir ishlarni bajarish zaruriyatini istisno etishi kerak.
Datchiklarga etish uchun bunker lyuklari ochilishini talab qiluvchi ishlar, mazkur
Qoidalarining 510 — 525-bandlarida qayd etilgan xavfsizlik
choralariga rioya qilib
bajarilishi kerak.
818. Yoqilg‘ini uzatish konveyerlarida o‘rnatilgan qurilmalarni ta’mirlash, nuqsonlarini
bartaraf etish, moylash faqat konveyerni to‘xtatib, uning elektr dvigatelidan kuchlanish
olingandan keyin bajarilishi kerak, bunda o‘chiruvchi qurilmada “Ulanmasin-odamlar
ishlamoqda” xavfsizlik belgisi bo‘lishi lozim.
Konveyer tasmasida ko‘mir borligini nazorat qiluvchi datchiklar, tasma izidan chiqishini
qayd etuvchi signalizatorlarini sozlash, rostlash, tormozlarini sozlash va boshqalar
ishlab turgan konveyerda, mazkur Qoidalarning 433 — 456-bandlarida bayon etilgan
xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda bajarilishi mumkin.
Sozlash, rostlash ishlarini o‘tkazayotgan xodimlar konveyerlarning avariyaviy to‘xtatish
qurilmalaring o‘rnashishini va ulardan foydalanishni bilishi kerak.
819. Mazut xo‘jaligi uskunalaridagi issiqlik avtomatikasi va o‘lchash
qurilmalariga
xizmat ko‘rsatilayotganda mazkur Qoidalarning 62, 98,104, 475, 481 — 486-bandlari va
III bobining 9-paragrafi talablariga rioya qilish zarur
820. Gaz xo‘jaligining nazorat va avtomatik qurilmalariga xizmat ko‘rsatishda mazkur
Qoidalarning 24, 60, 61, 103, 104, 526 — 529, va III bobi 9-paragrafi talablariga rioya
qilish zarur.
821. Gaz quvurlarida o‘rnatilgan manometrlarda ishchi bosim qizil chiziq bilan
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
822. Kimyo sexining uskunalarida joylashtirilgan avtomatika, issiqlik texnikasi
o‘lchovlari va himoya qurilmalarida ishlar bajarilayotganda mazkur Qoidalarning III
bobi 8 va 9-paragraflari, IV bobi 7-paragrafi, mazkur Qoidalarning 14-ilovasining va
mazkur Qoidalarning 19 - ilovasining II bobi 4 -paragrafi talabalariga rioya qilinishi
kerak.
823. Kislota va ishqor quvurlariga yoki kislotali va ishqorli sig‘imlarga ulanadigan
impuls liniyalari, armaturasi va datchiklari ta’mirlanishi kerak bo‘lsa, ular kislotalardan
va ishqorlardan bo‘shatib, tozalanishi hamda ishlab turgan quvurlar va rezervuarlardan
tiqinlar bilan ajratilishi zarur. Shundan so‘ng ta’mirlanadigan impuls liniyalari,
armaturalar, datchiklar yuvuvchi suvlar neytral reaksiya bergunga qadar suv bilan
yaxshilab yuvilishi kerak. Ishni boshlashdan oldin issiqlik avtomatikasi va o‘lchashlar
sexi xodimlari, kimyo sexining navbatchi xodimlari ishtirokida, ta’mirlanadigan impuls
liniyalarini ishlab turgan uskunalardan tiqinlar bilan ajratilganligi va ularga kislota yoki
ishqor tushish ehtimoli yo‘qligi va ulardan reagentlar to‘la chiqarib tashlanganligiga
ishonch hosil qilishlari kerak.
824. Kimyo sexida o‘rnatilgan issiqlik avtomatikasi va o‘lchovlari sexining impuls
liniyalari va
apparaturalarida ishlayotganda, agar ulardan tasodifan agressiv muhitlar
(kislotalar, ishqorlar, kaogulyantlar) otilib chiqishi mumkin bo‘lsa, ishlar rezina
qo‘lqoplarda, rezinlashtirilgan fartuklar va himoyalovchi ko‘zoynaklarda bajarilishi
kerak.
825. Kimyo sexi xonalarida ishlayotgan issiqlik avtomatikasi va o‘lchovlar sexi xodimlari
foydalanilayotgan reagentlarning asosiy xususiyatlarini va ular bilan ishlash qoidalarini
mazkur Qoidalarning 15-ilovasiga muvofiq bilishi kerak.
826. Issiqlik avtomatikasi, issiqlik texnik o‘lchovlari va himoya qurilmalariga xizmat
ko‘rsatish mazkur Qoidalarning 19-ilovasi talablariga muvofiq bajarilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: