etayotgan qolgan xodimlar, kerak bo‘lgan vaqtda agregatni tez uzilishini ta’minlovchi
holatda joylashtirilishi kerak.
Bosh bug‘ surilma qopqog‘ida baypas mavjud bo‘lganda xavfsizlik avtomatini
tekshirilishi surilma qopqoq yopilib, baypas orqali o‘tkazilishi kerak.
604. Ta’mirlashga to‘xtatilgan turbina mazkur Qoidalarning 284-bandi, 12 - ilovaning 1,2-
bandlari talablariga muvofiq umumiy bug‘ quvurlaridan uzilgan bo‘lishi kerak.
605. Turbina tsilindlari va rotorlari qopqoqlarini ko‘tarish uchun zavod moslamalari
ishlarni boshlashdan oldin ko‘rib chiqilgan bo‘lishi kerak. Moslamalar ta’mirlangandan
keyin ularda texnik shaxodatlash sanasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
606. Turbinadan chiqarib olinayotgan og‘ir detallar (rotor, silindr qopqog‘i)
mazkur
Qoidalarning 39-bandi talablarini hisobga olib, detallarni joylashtirish rejasiga muvofiq,
ularning sirpanib ketishini istisno qiluvchi chorpoyalar va tagliklarga joylashtirilishi
kerak. Tagliklar uchun antiseptik shimdirilgan shpallardan foydalanish man etiladi.
607. Silindr qopqog‘ini ochishda va ko‘tarishda quyidagilar zarur:
ko‘tarish uchun mavjud moslamalardan (masalan, balansirdan) foydalanish;
silindrning yuqori yarmini (qopqoqni) pastkisidan siqib chiqaradigan boltlar yordamida
ochish;
ko‘tarishdan oldin qopqoq puxta stroplangani to‘g‘risida ishonch hosil qilish;
qopqoqni o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi boltlar (svechalar) bilan u puxtalik bilan
tekislangandan keyin mas’ul shaxs komandasi bo‘yicha ko‘tarish;
ko‘tarilayotganda qopqoq silindrning pastki yarmining ajratish flanetsiga nisbatan bir
tekisda harakatlanishini tekshirish. Qopqoq tekis harakatlanishini tekshirishda,
shuningdek, uni ko‘tarishda, ko‘tarilayotgan qopqoq tagidagi ajratish flanetsiga qo‘llarni
qo‘yish man etiladi.
608. Turbina silindrlarining flanetsli ajratish biritalarining gaykalarini bo‘shatish va
tortish turbinani ishlab chiqargan zavodning yo‘riqnomasi bo‘yicha bajarilishi kerak.
609. Silindr qopqog‘ini qayta kantovka qilish faqat
ish rahbarining rahbarligida
bajarishga ruxsat etiladi. Kontovkadan oldin qopqoq ustida mahkamlanmagan detallar
(gaykalar, boltlar, tiqinlar, asboblar va b.) yo‘qligi to‘g‘risida ishonch hosil qilish kerak.
610. Yuqori bosimli turbinalarni rezbali mahkamlovchi birikmalarini isitish uchun
qo‘llanadigan TEN turidagi elektrisitgichlar yerga ulangan bo‘lishi kerak, va isitgich
korpusi va tok o‘tkazuvchi qismlar orasidagi izolatsiya qarshiligi 2 MΩ dan kam
bo‘lmasligi kerak. Elektr isitgichlar bilan rezinali dielektrik qo‘lqoplarida ishlash kerak.
Elektr isitgichlar bilan ishlashga elektr xavfsizlik bo‘yicha P-dan past bo‘lmagan guruhga
ega bo‘lgan xodimlarga yo‘l qo‘yiladi.
Elektr isitgichlar bilan ishlaganda quyidagilar man etiladi:
tok keltiruvchi kabelni ta’minlovchi tarmoqdan uzmasdan uni qismlarga ajratish;
elektr isitgich korpusini himoyalovchi trubkani
egish yoki deformatsiyalash;
elektr isitgichni shpilkaning teshigiga zarbalar yoki katta kuchni qo‘llab o‘rnatish;
uzunligi elektr isitgichning ishchi uzunligidan kam bo‘lgan, markaziy berk teshikli
shpilkani isitish;
tarmoqqa ulangan elektr isitgich bilan bir rezbali birikmadan ikkinchisiga o‘tish;
ishlab turgan elektr isitgichda tok uzatuvchi kabellarning tsangali kontaktlarini ajratish;
elektr isitgichni ishchi holatida nazoratsiz qoldirish.
611. Turbina silindri mahkamlagichining ejeksion isitgichi bilan ishlaganda ko‘palangali
yondirgich paqqillashsiz va teskari urishlarsiz ishlashi kerak. Yondirgichning barcha
birikmalari va kanallari, shu hisobda zichlovchi qurilmalari germetik bo‘lishi kerak.
Ejeksion isitgichni qo‘llash bilan ishlarni boshlashdan oldin turbinaning oqim qismidagi
barcha ishlar to‘xtatilishi va xodimlar chiqarib yuborilishi kerak. Ish joyida yondirgich
alangasini rostlash uchun asbest tunika, o‘to‘chirgich va metal tunika bo‘lishi kerak.
Ejeksion isitgichning yondirgichini tunuka tovadagi alangadan yoqib olish kerak. Bu
maqsad uchun gugurtdan foydalanish man etiladi.
Ejeksion isitgichni ishlatganda olovning qarshisida turish, shuningdek yog‘langan
kiyimda va qo‘lqoplarda ishlash man etiladi.
612. Turbina silindrining razyemi shpilkalarini isitish
uchun havoli isitgichlaridan
foydalanilganda, shpilkaning teshigiga issiq havoni uzatish uchun shtutserni kiritish va
isitilgandan keyin uni chiqarish havoni beruvchi ventil yopilgan holatida bajarilishi
kerak. Ishlayotganlar qo‘lqoplar va himoyalovchi ko‘zoynaklardan foydalanishi kerak.
Shpilkalarni gaz yondirgichning ochiq alangasi bilan isitish man etiladi.
613. Podshipniklarning ichqo‘ymalari babbit bilan qayta quyilayotganda formalar
quritilgan bo‘lishi kerak.
Ishni himoya ko‘zoynaklari, rezinalangan fartuk va qo‘lqopda bajarish kerak.
Ichqo‘ymalar kaustik soda bilan yog‘sizlantirilganda va ularga kislota bilan ishlov
berilganda mazkur Qoidalarning III-bobi 7-paragrafining talablariga rioya qilish kerak.
614. Chuqur sovutish usulida taranglash bilan trubina detallarini joyiga o‘tkazishda
qo‘lqoplar kiyish va maxsus moslamalar yordamida ishlash zarur. Detallarni sovitish
uchun suyuq azotdan foydalanilganda portlash xavf bo‘lgan qorishma tarkibida (30%
dan ortiq kislorodi bor suyuq azot-kislorodli qorishma) vujudga kelish ehtimolini
hisobga olish kerak.
Portlash xavfi bo‘lgan qorishmalar vujudga kelishini oldini olish uchun dastlab
sovutiladigan detallar va vannani moydan va moyli ifloslanishlardan yaxshilab tozalash
kerak va sovitish jarayonida azotda kislorod konsentratsiyasi
oshishi ustidan nazorat
qilib turish kerak.
615. Taroqsimon detallarning oxirgi yoki diafragmalangan zichlagichlarini taroqlarini
tekshirish va tozalash qo‘lqopda bajarilishi kerak.
616. Turbina rotorini qo‘lda aylantirishdan oldin (markazlashtirishda) oyoqlar bilan
turbinaning gorizontal razyemiga yoki gorizontal razyemning sathida o‘rnatilgan
maydonchaga turib olish zarur.
Rotorni qo‘l bilan aylantirilishi ish boshining yoki u brigada tarkibidan tayinlagan
shaxsning komandasi bo‘yicha bajarilishi kerak.
Turbina rotorini aylantirishdan oldin uning oqim qismida ta’mirlash ishlari to‘xtatilishi,
xodimlar esa xavfsiz joyga chiqarilishi kerak. Rotorni kran bilan aylantirilganda
tortilayotgan trosning yon atrofida turish man etiladi. Trosni bir tekisda, bir halqani
ikkinchisining
ustiga chiqarib yubormasdan, qisilib qolishiga yo‘l qo‘ymasdan o‘rash
kerak.
Biriktirish yarim muftasiga zich kiygiziladigan barmoq, unga tiraladigan burtga va strop
sirtmog‘ini ilish uchun chuqurchaga (kanavkaga) ega bo‘lishi kerak. Barmoqning
uzunligi biriktirish yarim muftasi flanetslarining ikki qalinligidan kam bo‘lmasligi kerak.
617. Turbina yoki moy nasosi ishlab turganda moy quvurlaridagi armaturalarni
almashtirish, ta’mirlash va rostlashning detallarini qismlarga ajratish (manometrlarni
almashtirish bundan istisno) bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni o‘tkazish man etiladi.
618. Moy tizimida ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotganda quyidagilar zarur:
olovli ishlarni mazkur Qoidalarning III bobi 7-paragrafi talablarini hisobga olib bajarish;
ta’mirlash davrida shtutserlar, tarmoqlar va shu kabilarning flanetsli birikmalarining
payvand joylari qayta payvandlangan moy quvurlarining uchastkalarida gidravlik
sinashlarni o‘tkazish;
to‘kilgan moyni
zudlik bilan olib tashlash;
moy tizimini kimyoviy tozalashda mazkur Qoidalarning III bobi 7-paragrafi talablariga
rioya qilish;
moy tizimi va moy sovutgichi quvurlariga bug‘ bilan ishlov berishni bosimi 0,6 MRa (6
kgF/cm )dan ortiq bo‘lmagan: to‘yingan bug‘ bilan, maxsus jihozlangan maydonchada
o‘tkazish;
bug‘ni uzatuvchi ventilni bevosita ish joyi oldida o‘rnatish;
bug‘ni keltirish uchun rezinali shlanglarni qo‘llash man etiladi;
2
moy baklarining ichidagi ishlarni faqat ularni moydan va qurumdan tozalangandan,
bug‘ bilan ishlov berilgandan, shamollatilgandan keyin va mazkur Qoidalarning III bobi
9-paragrafida nazarga tutilgan xavfsizlik talablarini bajarib amalga oshirish shart.
619. Tarkibida vodorod bo‘lgan gazmoy tizimi, uchastkalardan 10 m dan kam masofada
olov ishlari naryad bo‘yicha, ishlar xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rilib bajarilishi
kerak (to‘siqlar o‘rnatish, xonadagi havoni vodorod yo‘qligiga tekshirish va b.).
Vodorod bilan to‘ldirilgan bevosita generator korpusida, gazmoy tizimining quvurlari va
apparatlarida bevosita olov ishlarini o‘tkazish man etiladi.
Generator va gazmoy tizimining qurilmalari oldida “Diqqat! Portlash xavfi”
ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari osib qo‘yilishi shart.
620. Turboagregatlarga xizmat ko‘rsatish mazkur Qoidalarning 13-ilovasi talablariga
muvofiq amalga oshirilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: