D. Qozonlarning o‘txonalari, gaz yo‘llari, havo o‘tkazgichlari va barabanlari ichida
va tutun mo‘rilarida ishlash
550. Qozon qurilmasining elementlarida, shuningdek, havo uzatgichlarida va gaz
yo‘llarida ishlar quyidagi shartlar bilan bajarilishi kerak:
Mazkur Qoidalarning 284 bandi, 11-ilovasining 1—2-bandlari talablariga muvofiq ularni
ishlab turgan uskunalaridan va bug‘, suv, mazut, gaz, va havo o‘tkazuvchi quvurlaridan
uzish, hamda bug‘, suv, mazut va gaz bo‘yicha uzuvchi armaturalarida tiqinlarni
o‘rnatish;
ularni zararli gazlardan shamollatish va havoni gazlanganlikka tekshirish;
mazkur Qoidalarning 265 va 266-bandlari talablariga rioya qilish;
“Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” talablariga
muvofiq tortish puflash qurilmalarining elektr dvigatellaridan kuchlanishni olib qo‘yish.
551. Qozon qurilmasining elementlari, havo o‘tkazgichlari, gaz yo‘llari ichida ko‘chma
elektr yoritgichlari bilan ishlayotganda lampalar soni ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak,
ular 12 V kuchlanishli alohida manbalardan ta’minlanishi kerak. Shuningdek,
akkumulyator va batareyali fonarlar bilan yoritishga ruxsat etiladi.
552. Qozon o‘txonasining ichida 220 V gacha kuchlanishli umumiy yoritish cho‘g‘lanishli
lampali yoritgichlarni qo‘llash ruxsat etiladi. Bunda yoritgichlar ish joyidan kamida 2,5
m balandligida joylashtirilgan bo‘lishi kerak yoki asboblar qo‘llanmasdan lampaga
tegish ilojini istisno qiluvchi choralar ko‘rilishi kerak. Elektr o‘tkazgichlar himoyalangan
simlardan bajarilgan bo‘lishi yoki metall yenglar uchida o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Qozon o‘txonasining ichida yoritish yetarli bo‘lmasa 220 V kuchlanishli projektordan
foydalanishga ruxsat etiladi, u qozon o‘txonasining tashqarisida, ishchilar yaqin kela
olmaydigan joyda o‘rnatilishi kerak.
Yoritish asboblarini elektrotexnik xodimlar o‘rnatishi kerak.
553. Qozon devorlarini va quvur elementlarini shlakdan, kuldan va yonayotgan
qoldiqlaridan tozalash tugatilmaguncha qozon qurilmasining elementlari, gaz yo‘llari va
havo uzatgichlariga ta’mirlash xodimlarini ishga qo‘yish man etiladi.
554. O‘txonada, qulash xavfi bor osilib qolgan shlak bo‘laklari yoki g‘ishtlar mavjud
bo‘lsa, ishlash man etiladi.
555. Qozon o‘txonasida osilib qolgan bo‘laklar oldin ularga suv sepilgandan keyin kirish
tuynuklari, lyuklar va ko‘rish teshiklari orqali urib tushirilishi kerak. Devorlarga
yopishib qolgan shlak o‘simtalari va shlak tuzilmalarini o‘txonaning yuqori qismidan
o‘txona ichida turib urib tushirish mumkin. O‘txonaga kirishdan oldin oyoq turadigan
joy ishonchli mustahkamligi to‘g‘risida ishonch hosil qilinishi kerak. O‘txonaga kirishdan
oldin urib tushirilgan bo‘laklar ustidan suv quyilishi kerak.
Qozon va uning elementlarini tozalash tutun gazlari yo‘nalishi bo‘ylab bajarilishi kerak.
O‘txona devorlaridan shlakni yuqoridan pastga qarab urib tushirilishi kerak. Ishchilar
tozalanayotgan maydondan pastda turishi man etiladi.
556. O‘txonada shlak katta miqdorda bo‘lsa uni bir yo‘la butun kenglik bo‘yicha urib
turishi mumkin emas, balki oldindan kichik vertikal ariqcha urib ochilishi kerak va u
bo‘ylab pastga uchuvchan kulni ustiga suv sepib yo‘naltirish kerak. Undan keyin sekin-
asta ariqchani kengaytirib kul tushirishi davom ettirilishi kerak.
Shlak sirg‘anib tushib ketishini oldini olish uchun bir vaqtda bir nechta ariqchalar qilib
o‘txonani tozalash man etiladi.
557. Qizigan kul va shlakka suv sepilayotganda, ishchi hosil bo‘layotgan bug‘ unga
etmaydigan masofada turishi kerak. Qizigan kul va shlaka suv quyish faqat suvni
sachratib sepish bilan bajarilishi kerak. Suv quyishni bajarayotgan ishchi issiq maxsus
kiyimda pelerinali kaskada va himoyalovchi ko‘zoynakda bo‘lishi kerak.
O‘zining yoki boshqa ishchilarning oyog‘i ostidagi shlak va kulga suv sepish man etiladi.
558. Shlakka va kulga suv sepilayotganda va o‘txona tozalanayotganda, ishchilardan biri
tashqarida kirish tuynugi oldida o‘txona ichida ishlayotganlarni kuzatib turishi kerak.
559. O‘txona ichida ish bajarilayotganda unda bir vaqtning o‘zida kamida ikki kishi
bo‘lishi shart.
560. O‘txona tozalanayotganda konvektiv shaxtasida joylashtirilgan gaz yo‘llarida va
qozonning isitish yuzalarida ishlash man etiladi.
561. Mazut yoqadigan qozonlarning o‘txonasida va konvektiv isitish yuzalarida
ishlayotgan xodimlar hosil bo‘lgan yopishib qolgan qatlamlar va yuvindi suvlarning
zararligi to‘g‘risida bilishi kerak va ishlayotganda raspiratorlar, kislota va
ishqorbardoshli qo‘lqoplardan foydalanishi kerak.
562. Qozon o‘txonasi yoki konvektiv shaxtasining ichiga payvandlash kabellari, gaz
keltiruvchi yenglar yoki yoritish simlari o‘tadigan tuynuklardan kirish uchun
foydalanish man etiladi.
563. O‘txona ichida uni oldindan tozalamasdan, qozonni avariyaviy ta’mirlanishi
bajarilayotganda ishlarni boshlashdan oldin xodimlarning ustiga shlak va g‘ishtlar
tushishini oldini olish uchun choralar ko‘rilishi shart.
564. Quvurli havoisitgichlarning kublarini ko‘tarishdan oldin, ko‘tarilayotgan kubning
og‘irligi va uning quvurlari kul va pitra bilan qoplanganligini hisobga olib, dastlab
yuqori va pastki quvur taxtalarini bog‘lab ko‘yishi kerak.
565. Aylanadigan regenerativ havoisitgichlarida ta’mirlash ishlari bajarilayotganda,
qisilib qolgan nabivka paketlarini chiqarib olish va sovuq nabivka paketlari
o‘rnatilayotganda va chiqarilayotganda ularning tagida turish, shuningdek, rotor
siljitilayotganda bochka ichida turish man etiladi. Rotorni aylantirish maxsus
moslamalar bilan amalga oshirilishi shart.
566. Qozonning barabani ichida ishni boshlashdan oldin ikkala lyuk ochiq bo‘lishi kerak.
Kislota bilan yuvilgandan keyin, qozon barabaniga kirishga ishchilarga ijozat berishdan
oldin shamollatish o‘tkazilishi va baraban ichidagi havoda kislorod yetarligi (hajm
bo‘yicha 0 =20%), hamda vodorod va oltingugurtli gaz mavjudligi tekshirilishi kerak.
Barabandagi vodorodning konsentratsiyasi, mazkur Qoidalarning 3-ilovasida
ko‘rsatilgan, uning alangalanishining pastki chegarasidan 1/5 dan oshishi mumkin emas,
oltingugurtli gazni esa — mazkur Qoidalarning 2-ilovasida ko‘rsatilgan eng ko‘p yo‘l
qo‘yilgan konsentratsiyasi qiymatidan oshmasligi kerak.
567. Qozon barabanini shamollatish ko‘chma ventilyator yoki havo-dushi qurilmasi
bilan ta’minlanishi kerak, u barabandan tashqarida (barabanning ochilgan lyuklarining
birida, oldida yoki biron-bir vaqtincha bo‘shatilgan shtutserning oldida) joylashtirilishi
shart.
2
Pastki barabanda ishlayotganda ish joylari shamollatilishini jadallashtirish uchun
yuqoridagi barabanlarning lyuklari ham ochiq bo‘lishi kerak.
568. Baraban va biriktiruvchi quvurlarni tozalash ishlarini kamida ikki kishi bajarishi
kerak. Qaynatgich quvurlarini egiluvchan valli dastakli silliqlash elektr mashinasi bilan
tozalashda ishchilardan biri barabanda ishlayotganni kuzatib turishi va uning
ko‘rsatmalarini bajarishi, shuningdek zarur bo‘lgan vaziyatda elektr dvigatelini
tarmokdan uzish uchun o‘zining oldida kommutatsiyalovchi apparatga ega bo‘lishi
kerak. Elektr dvigateli masofadan boshqariladigan vaziyatlarda xam kuzatuvchi bo‘lishi
majburiydir.
569. Qaynatgich quvurlari tozalanayotganda silliqlash kallagini elektr dvigateli
tarmoqdan uzilgandan keyin quvurdan chiqarish kerak; elektr dvigatelini qayta ulanishi
kallak yana quvurga kiritilgandan keyin bajariladi.
570. 12 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellari va ko‘chma dastakli yoritgichlar
yoki elektrlashtirilgan asboblar ulanadigan pasaytiruvchi ko‘chma transformatorlari
baraban tashqarisida, kirish tuynugi oldida o‘rnatilishi kerak. Transformatorning
korpusi va pastki kuchlanish cho‘lg‘amining chiqarilgan simlaridan biri yerga ulanishga
ega bo‘lishlari kerak.
Ushbu vaziyatlarda qo‘llanadigan elektr uskunalari “SSBT. Elektrotexnik mahsulotlar.
Umumiy xavfsizlik talablari” GOST 12.2.007 va “SSBT. Dastakli elektr mashinalari.
Umumiy xavfsizlik talablari va sinash usullari” GOST 12.2.013 lar talablariga muvofiq
bo‘lishlari shart.
571. Qizitish ilonsimon yuzalarni shar bilan prokatlashda maxsus tutkichlardan
foydalanish zarur.
572. Tutun quvurlari va gaz yo‘llarini tashqaridan ko‘rib chiqishni kamida ikki kishi
o‘tkazishi kerak, ichini ko‘rib chiqish va ta’minlashni mazkur Qoidalarning III bobi 9-
paragrafi talablariga rioya qilib, kamida uch kishi o‘tkazishi shart.
573. Gaz yo‘llari va tutun mo‘rilaridagi ishlar, faqat ish joylarini ochiq lyuklar orqali
puxta shamollatilgandan va ishlab turgan qozonlar tomonidan tutun gazlari kirmasligi
uchun, qulflar bilan qulflanadigan to‘sma zaslonkalarni yopish va zichlashtirish yoki
metall tunuka bilan qorejagan va perimetri bo‘ylab asbest shnuri bilan zichlanadigan
g‘ishtli yoki yog‘och vaqtinchalik turg‘un germetik devorlarini o‘rnatish bilan
himoyalangandan keyin o‘tkazilishi kerak. Bug‘ning puflash liniyalarini, ularda tiqinlar
o‘rnatish bilan tarmoqdan uzib qo‘yish zarur.
574. Tutun quvurlari va gaz yo‘llarining ichki ta’mirlanishi tutun gazlari yo‘qligida va
gaz yo‘lining shamollatilishi yetarli bo‘lgani tekshirilganidan keyin bajarilishi shart.
575. 1.3 m va undan yuqorida ishlanganda mazkur Qoidalarning III bobi 6-paragrafi
talablariga mos bo‘lgan havozalar va lyulkalar o‘rnatilishi kerak.
576. Gaz yo‘llari yoki boshqa koroblar ichida ishchilarni yurishi zarur bo‘lsa, ularning
tubi qoplamasining mustahkamligi tekshirilishi kerak. Bo‘sh bo‘lib qolgan yoki
shikastlangan joylar aniqlansa, korob tubi bo‘ylab taxtadan to‘shalmalar yotkazilishi,
koroblarda kul mavjud bo‘lsa uni chiqarib tashlash kerak.
Koroblarni gorizontal holatidan vertikal holatiga o‘tish joylarida odamlarni yiqilib
tushishini oldini olish uchun, ular ishlash davrida to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Gaz yo‘llarida odamlarni tushishi va ko‘tarilishi yaxshi mustahkamlangan narvonlar va
traplar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
577. Tutun quvurida ishchilarni ko‘tarilishi va tushishi uchun yurish narvonining
shaxtasi to‘rt tomondan butun balandligi bo‘yicha va ishchi maydonchasi sathidan 2.5 m
va undan yuqorisida to‘rlar bilan himoyalashi zarur.
578. Rigellar, kashaklar yoki ko‘targich trosi bo‘yicha ishchilarni ko‘tarilishi va tushishi,
shuningdek, tutun quvurining skobalari yoki tashqi yurish narvonlari bo‘yicha bir
nechta ishchilarni bir vaqtda ko‘tarilishi yoki tushishi man etiladi. Svetofor
maydonchalariga ega bo‘lgan quvurlarda, bir vaqtning o‘zida ushbu maydonchalar
orasida turli sathlarda ishchilarni ko‘tarilishiga (yoki tushishiga) ruxsat etiladi, bunda
ulardagi lyuklar majburiy yopilishi kerak.
579. Himoyalash to‘siqlarisiz 1,3 m va undan yuqorida ishlaganda saqlovchi
belbog‘lardan foydalanish zarur, ularni karabinli navbatma-navbat ilib qo‘yish uchun
ikkita zanjiri bo‘lishi kerak. Xodimlarga saqlovchi belbog‘siz yurish, narvonga chiqishga
ijozat berish man etiladi.
580. Osma moslamalarda turib ta’mirlash ishlari yoki ko‘rib chiqish o‘tkazilayotganda,
tutun quvurining yon atrofidagi, uning tsokolidan boshlab o‘lchanganda, balandligining
1/10 tashkil etuvchi masofada joylashgan xavfli zona to‘sib qo‘yilishi kerak. To‘siqlarda,
to‘silgan zonaga kirishni man etadigan xavfsizlik belgilari osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Xavfli zona chegarasidagi odamlar o‘tish joylari va transport yurishi joylari ustidan
himoyalovchi peshayvon, yon to‘siqlar, shuningdek, begona shaxslarga o‘tishni man
etuvchi xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
581. Tutun quvurlari ichida ta’mirlash ishlari ularni kuldan tozalangandan keyin
o‘tkazilishi kerak.
582. Quvur ichida bir vaqtning o‘zida bir nechta yarusda ishlanayotganda, ularning har
biri yuqorisidagidan yaxlit himoyalovchi to‘shama bilan ajratilgan bo‘lishi kerak.
Futerovka qismlarga ajratilayotganda ikki va undan ortiq yaruslarda bir vaqtda ishlash
man etiladi.
583. Qozonlarning o‘txonalari, gaz yo‘llari, havouzatgichlari va barabanlari ichida ishlar
tugatilgandan keyin mazkur Qoidalarning 278-bandlari talablari bajarilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |