Yoqilg‘ini itarib yuborish uchun bunkerga tushish man etiladi.
512. Yoqilg‘i bunkerlariga tushish faqat ularni ta’mirlashdan va qozonni suyuq yoki
gazsimon yoqilg‘i bilan yoqilishga o‘tkazishdan oldin tozalash va ko‘rib
chiqish uchun
ruxsat etiladi.
Cho‘g‘lanayotgan yoki tutun chiqayotgan yoqilg‘isi mavjud bunkerlarga tushish man
etiladi.
513. Bunkerga tushishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
bunkerga yoqilg‘i uzatilishini to‘xtatish, unda mavjud bo‘lgan yoqilg‘ini ishlatib
yuborish;
bunkerning chiqish tuynuklarida shiberlarni yopish.
Ushbu tuynukda shiber yo‘q bo‘lsa, unda changli yoqilg‘i tizimi to‘xtatilishi, tegirmonga
havo uzatish tizimi uzilishi, chang tizimi mexanizmlarining elektr yuritmalaridan
kuchlanish
olinishi, ularning sxemalari ajratilishi va bunkerga yoqilg‘ini uzatish
mexanizmlarining yuritmalarida “Ulanmasin — odamlar ishlamoqda” xavfsizlik
belgilari osilib qo‘yilishi shart;
bunkerga yoqilg‘ini ag‘darishga bug‘ va suvni berish tizimini uzish; elektr tebratgichlar
mavjud bo‘lganda ulardan kuchlanishni olish;
bunkerda cho‘g‘lanayotgan changli yoqilg‘ining joylari mavjud bo‘lsa uni karbonat
angidrit
kislotasi, yoki azot, yoki 1,5 MRa (15 Kg/cm2)dan ortiq bo‘lmagan bosimli
to‘yingan suvli bug‘ bilan to‘ldirish.
Karbonat angidrit kislotasi (azot) yoki bug‘ chang to‘zonlanishini oldini olish uchun
bunkerning yuqori qismiga, bunker shipiga parallel holda tarqatilib uzatilishi kerak.
Uzatish tizimi uni ulanishida chang yoqilg‘isi bunkeriga kondensatni tashlab yuborilishi
imkonini
istisno qilishi kerak;
bunkerni havo bilan shamollatish va undan keyin uni karbon oksidi yo‘qligiga analiz
qilish bilan;
bunkerga lyuk ochilsin; agar lyuk qopqog‘i oshiq-moshiqsiz bo‘lsa, uni bunkerga tushib
ketishi oldini olish choralarini ko‘rish zarur;
bunker devorlarini sachratilgan suv oqimi bilan ho‘llash;
bunkerga yuqori qismida ilgakli metall narvonini yoki qulay arqon narvonini qattiq
qo‘zg‘almas konstruksiyasiga osib va uni ishonchli mustahkamlab tushirish kerak.
Bunker ichida ishlagan vaqtda vaqti-vaqti bilan uning ichida karbon oksidi mavjudligini
tekshirib turish zarur. Karbon oksidi borligi aniqlanganda, xodimlar bunkerdan
chiqarilishi kerak, yonish joylari o‘chirilishi, bunker yangidan shamollantirilishi va
karbon oksidi yo‘qligiga havoni qaytadan analiz qilinishi kerak.
514. Bunkerda ishlayotganda mazkur Qoidalarning 104-bandi talablari bajarilishi shart.
Bunkerda ishlayotgan xodimlar
ustidan kuzatuvchilar sonini, har bir ishlayotganda
kamida bir kuzatuvchi hisobidan kelib chiqib ish rahbari aniqlaydi.
Bunkerda bir kishi ishlayotganda kamida ikki kuzatuvchi tayinlanadi.
515. Bunkerga tushirilayotgan narvonlarni va unga tushayotgan odamlarni saqlash
belbog‘larining straxovka arqonlari lyuk yaqinidagi mavjud bo‘lgan skobalar va
halqalarga mahkamlanishi kerak.
516. Bunkerning yoki otsekning bir tomonida ko‘mir yoki torf osilib qolsa, osilib qolgan
yoqilg‘ining yuqori sathidan pastga tushish man etiladi. Bunda straxovka arqoni
bunkerning yoqilg‘i osilib qolgan tomoniga bog‘langan bo‘lishi kerak.
517. Bunkerda movutdan tikilgan kostyum va poyafzal
ustidan chiqarilgan shimda,
etikda, qo‘lqopda, ko‘zoynakda, raspirator va kaskada ishlash zarur. Ishlayotganda va
kuzatuvchilarda shlangli gazniqoblari tayyor holatda bo‘lishi kerak.
518. Ish bajarilayotganda oldindan saqlovchi belbog‘ning fal karabinini ilib qo‘ymasdan
narvondan yoqilg‘i ustiga turish man etiladi.
519. Xodimlarning bunkerda bo‘lish vaqtini va dam olish vaqtini (bunkerdan chiqish
bilan) naryadni berayotgan shaxs belgilaydi.
520. Ishchi bunkerdan ko‘tarilayotganda straxovka arqoni sirtmoq va yuqori uchi
orasida odamni ko‘tarish bilan bir vaqtda, bunkerda arqon osilib qolishiga yo‘l
qo‘ymasdan, tortib olinishi kerak.
521. Qabul qilish — tushirish qurilmalarning tirqishli bunkerlarda ta’mirlash
ishlari
bajarilayotganda, kurakli ta’minlagich ishlayotgan vaqtida xodimlar uning harakat
qilishi yo‘nalishining qarama-qarshi tomonida va undan 3 m dan kam bo‘lmagan
masofada turishi shart.
Ta’minlagichlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bunkerda ishlayotgan odamlar turgan
joyi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishi kerak.
522. Odam tasodifan bunkerga tushib ketsa, zudlik bilan bunkerga yoqilg‘i uzatishni
to‘xtatish, keskin uzuvchi shiberni yopish yoki ta’minlagichlarni to‘xtatish
va yiqilib
tushganni ko‘tarib chiqish uchun shoshilinch choralar ko‘rish kerak.
523. Kulli bunkerlar ichida ishlayotganda, ushbu bunkerga techkalardagi zatvorlar
yopilgan va qulflangan bo‘lishi kerak.
524. Bunkerda zichlanib yoki qotib qolgan kuldan hosil bo‘lgan gumbazlarni yon
eshikchalar yoki lyuklar orqali buzish kerak.
525. Kul techkalarida tiqinlarni urib tushirishda yoki zichlanib, yoki qotib qolgan kuldan
hosil bo‘lgan gumbazlar qulatilayotganda bunker ichida bo‘lish man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: