Navoiy davlat konchilik instituti
Energo-mexanika fakulteti
11a-20 TJA guruhi talabasi Hasanov Shahzodning
Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari
fanidan bajargan
Bajardi: Hasanov Sh.
Tekshirdi: Kadirov Y.
Navoiy-2021
Mavzu: Sochiluvchan moddalar sathini o’lchash
Reja:
Sochiluvchan muhitlarni oʻlchash
2. Membranali sathoʻlchagichlar
3. Oʻlchashning barcha elektrik usullari
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda turli shakldagi va hajmdagi idishlardagi sochiluvchan moddalar sathini oʻlchash — suyuq moddalar sathini nazorat qilishga nisbatan ancha murakkab masaladir. Bu sochiluvchan moddalarning idishlami toʻldirishda va bo‘shatishda gorizontal sirtga ega boʻlmay, balki sochiluvchan moddaning zarrachalari orasidagi ishqalanish va maʼlum birlashish natijasida qiyaliklar hosil qilishi bilan bogʻliq. Sochiluvchan muhitlarning idish tubiga va devorlariga bosimi sathning balandligiga mutanosib emas, chunki sochiluvchan materiallarga Paskal qonuni ta’sir etmaydi. Ko‘pchilik sochiluvchan materiallar (ayniqsa, sement, qum, selitra, shakar, un, tuz va shularga o ‘xshash) saqlashda sochiluvchanligini yo‘qotadi, ya’ni yopishuvchanlik xossasiga ega boʻladi. Bulardan tashqari, ular idishlarning sirtiga va sath o‘zgartkichlari sezgir elementlariga yopishishi mumkin, bu esa yopishqoqlik bilan birga materialning qiya va ba’zi hollarda vertikal tekisliklarda osilib turishiga olib keladi. Ba’zi sochiluvchan moddalarning (bug‘doy, tuz va boshqalar) abrazivligi bunkerlarda o ‘rnatiladigan sath datchiklarini tez ishdan chiqaradi, uyumli moddalar esa ularni mexanik shikastlantirishi mumkin.
Bir qator sochiluvchan moddalar (tuz, un, konsentrlangan ozuqalar, oltingugurt va boshqalar) idishlarda muvozanatli, oson alangalanuvchan, maʼlum sharoitlarda esa portlash xavfi boʻlgan changni hosil qiladi. Shuning uchun elektr sathoʻlchagichlar, faqat portlash xavfi boʻlmaydigan hollarda qoʻllanilishi mumkin.
Sochiluvchan muhitlarni oʻlchash sharoitlarining va tavsiflarining turlichaligi sochiluvchan materiallar sathini oʻlchaydiganasboblarning katta nomenklaturasini belgilaydi: mexanik, kontaktli-mexanik, vaznli, qalqovichli, elektrik, radioizotopli, ultratovushli va boshq. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, suyuq muhitlarning sathini oʻlchovchi yuqorida qarab chiqilgan bir qator asboblardan sochiluvchan moddalarning sathini oʻlchash uchun foydalanish mumkin. Biroq sochiluvchan moddalar sathini nazorat qiluvchi ommaviy chiqarilgan asboblar sanoatda TJABT ni joriy qilishda vujudga keladigan barcha xilma-xil vazifalami hal qila olmaydi.
M
Do'stlaringiz bilan baham: |