Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


D. Mazut xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

D. Mazut xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish
457. Mazut xo‘jaligining rezervuar parkida har yili yilning quruq mavsumida yerga
ulash konturini va yashin qaytargichning butunligini tekshirishini bu to‘g‘risida
bayonnomalar tuzish bilan olib borilishi shart.
458. Yer ustidagi mazut rezervuarlari atrofida tuproq uyulmasi (obvalovaniye) soz
holatda saqlab turilishi kerak.


459. Yer ustidagi mazut rezervuarlari ko‘tarilish uchun qo‘lushlagichli narvonlarga va
rezervuar yopmasining butun aylanmasi bo‘yicha to‘siqlarga ega bo‘lishi shart.
Mazut rezervuarlarining yopmalarida namunalarni olish joylariga, tortish
qurilmalariga, lyuklarga yaqinlashish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun qo‘lushlagichli
maydonchalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
460. Tortib oluvchi ventilatsiya patrubokining yuqori qismi olovdan saqlagich bilan
jihozlangan bo‘lishi kerak.
461. Qabul qiluvchi, sarflovchi va zaxira rezervuarlarning lyuklari qistirmali qopqoqlar
bilan yopilgan, boltlar bilan tortib qo‘yilgan, mazut nasosi xonalarining kanallari metalli
tunukalar bilan to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
462. To‘kish lotoklari metall qopqoqlari bilan yopilishi shart. To‘kish joylarida qopqoqlar
o‘rniga katakchalarining o‘lchamlari 200 x 200 mm dan ortiq bo‘lmagan panjaralar
o‘rnatilishga ruxsat etiladi.
463. Mazut xo‘jaligining xonalarida va hududida (mazut rezervuarlari, qabul qilish
quyish qurilmalari, o‘tish kanallari, mazut nasoslari xonalari va b.) olovli ishlar mazkur
Qoidalarning 251-bandi talablariga muvofiq naryad bo‘yicha bajarilishi kerak.
464. Rezervuar parkiga traktorlar va avtomashinalarni kirishiga faqat chiqarish
quvurlariga uchqun so‘ndirgich o‘rnatilgandan keyin ruxsat beriladi.
465. Mazutni quyib olish uchastkasida uchqun beruvchi materialdan tayyorlangan
boshmoqlar bilan sisternalarni tormozlash mumkin emas.
Sisternalarni qo‘zg‘atish uchun lomlar, quvurlar va boshqa metall narsalarni qo‘llash
man etiladi.
Estakadada o‘rnatilgan sisternalardan tuzilgan sostav, lokomotivdan ajratilguncha
mustahkamlangan bo‘lishi kerak. Sisternalarga xizmat ko‘rsatish boshlanishidan oldin
lokomotiv ulardan kamida 5 m masofaga chetlashtirilishi shart.
466. Nosoz narvonli, maydonchali yoki ularsiz bo‘lgan sisternalarga xizmat ko‘rsatishni
maydonchali va qo‘lushlagichli ko‘chma narvonlardan yoki qo‘lushlagichli traplardan
bajarish kerak. Zarur bo‘lganda saqlagich belbog‘laridan foydalanish shart, ular
estakadaning qo‘zg‘almas qismlariga karabinlar bilan mahkamlanishi shart.
467. Sisternalarga o‘tish traplari, o‘zidan-o‘zi qaytarilishdan, qulflovchi qurilmalari bilan
jihozlangan bo‘lishi shart.
468. Rezervuarlar va sisternalar lyuklarining qopqoqlarini ochish va yopish,
shuningdek, isitishga bug‘ni berish uchun tashqi metall spiralli turli shlanglar va
isituvchi quvurchalarni sisternaga ehtiyotlik bilan, ularni lyuk og‘ziga urilishiga yo‘l
qo‘ymay tushirish shart.
469. To‘kish estakadasida sisternalarga kamida ikki to‘kuvchi xizmat ko‘rsatishi shart,
ular bir-birini ko‘rib turadigan zonada bo‘lishi kerak.
470. Sisternalardan mazutni to‘kish bilan band bo‘lgan ishchilar NBT turidagi bosh
shchitchalar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
471. Sisternalardagi mazut isitishga tayyorlanayotganda quyidagilar tekshirilishi shart:
sisterna bo‘g‘iziga oshirma trap ishonchli mustahkamlanganligi;
bug‘ magistralini shtanga (shlang) bilan biriktirilishi zichligi;
sisternaga tushirilgan shtanganing (shlang) ishonchli mustahkamlanganligi.
472. Mazut to‘kilgandan va sisterna tozalangandan keyin qopqoqlar va to‘kish klapanlari
faqat sisternaning tashqi yuzasi 40 °S gacha va undan pastgacha sovugandan keyin to‘liq
yopilishi kerak.
473. Sisternalar va rezervuarlardan mazut va boshqa yonuvchi moylash materiallarning
namunalari maxsus namunaolgichlarni qo‘llab olish kerak, ular “Neft va neft
mahsulotlari. Namunalarni olish metodlari” GOST 2517 ga muvofiq tayyorlangan bo‘lishi
kerak.
474. Namunalar olinayotganda, sisternalar va rezervuarlarda mazut sathi o‘lchanganda
va lyuklari ochilayotganda, shuningdek, mazut ostidagi suvni va chiqindilarni


rezervuardan tushirilayotganda, bug‘lar va gazlardan nafas olishni va mazut kiyimlarga
tushishi ehtimolini oldini olish uchun shamolga yon bilan turish kerak.
Mazut namunalarini ochiq va shisha idishlarida tashish man etiladi.
Sisterna, rezervuar lyukining bo‘g‘iziga past egilish man etiladi.
Po‘lat ruletkasini tasmasini qo‘llab sathni o‘lchash man etiladi, agar rezervuarlar
lyukining kirish qismi o‘lchash ruletkasi harakat qilayotganda uchqun hosil qilmaydigan
(qo‘rg‘oshin, alyuminiy va b.) materialdan tayyorlangan halqa bilan himoyalangan
bo‘lmasa. Po‘lat ruletka va namunaolgich o‘lchash lyukining yo‘naltiruvchi ariqchasi
bo‘ylab sirpanishi kerak.
475. Ilonsimon isitgichlar bilan jihozlangan razervuarlarda, mazutni faqat isitgich
ustidagi suyuqlikning sathi 50 cm dan kam bo‘lmaganda isitish mumkin.
476. Rezervuarlarda mazutni 90° S dan yuqoriga isitish man etiladi.
477. Rezervuarni erkin tushayotgan mazut oqimi bilan to‘ldirish man etiladi.
Mazutni rezervuardagi mavjud bo‘lgan suyuqlik sathining ostiga haydab kiritilishi shart.
478. Mazut quvurlaridan qandaydir inshootlar yoki qurilmalar yuklamasini ko‘taruvchi
konstruksiya sifatida foydalanish man etiladi.
479. Muzlab qolgan mazut va bug‘ quvurlari mazkur Qoidalarning 98-bandi talablariga
rioya qilib isitilishi shart.
480. Elektr stansiyalarga mazut o‘rniga boshqa turidagi suyuq yoqilg‘i (dizel, solyarli,
slanets moylar va b.) bir martali kelib tushishida maxsus ko‘rsatmalarni bajarish kerak.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish