Ko‘prikchalar yoki aravachali maydonchalar yo‘q bo‘lganda, vagonlarning lyuklarini va
bortlarini yopish man etiladi. Vagonlarning lyuklarini va bortlarini maxsus
moslashtirilgan va lyuk ko‘targichlar bilan jihozlangan uchastkalarida yopish kerak. Yuk
tushirilgandan keyin maxsus jihozlangan uchastkalariga tortib kelingan vagonlarning
lyuklarini yopish lokomotivdan ajratmasdan bajarilishiga ruxsat beriladi.
384. Omborlarda yoki estakadalardan yuklarni qabul qiluvchi va tushuruvchi
qurilmalarida vagonlardan yuklarni tushirish va ortishda, hamda skreperlar va boshqa
mexanizmlar ishlayotganda, qabul qiluvchi chuqurlarda (transheyalarda) turish man
etiladi.
385. Greyfer yordamida yoqilg‘i tushirilayotganda yoki ortilayotganda,
xamda muzlab
qolgan yoqilg‘ini yumshatish va vagonlarni tozalash (parmalab yumshatish, vibratsion
yumshatish va b.) mexanizmlari ishlatilayotganda greyferni yo‘naltirish yoki
mexanizmlar ishlashini kuzatish uchun vagonlarga chiqish man etiladi.
386. Isitish qurilmasida temir yo‘l vagonlari kiritilayotganda va chiqarilayotganda turish
man etiladi.
387. Isitish qurilmasining kameralariga ularda havo harorati 40 °S dan yuqori
bo‘lmaganda va ventilyatorlar to‘xtatilganda kirishga ruxsat etiladi.
388. Isitish qurilmasi kamerasining darvozasi undagi vagon to‘g‘ri o‘rnatilganligi va
unda odamlar yo‘qligi tekshirilgandan keyin yopadigan moslamalar bilan yopilishi
kerak.
389. Issiq rezervda turgan isitish qurilmasini ko‘rib chiqish uchun 2 kishi tayinlanishi
kerak.
390. Reaktiv dvigatelli isitish qurilmalari ekspluatatsiya qilinayotganda turbinaning
to‘siqlari qalinligi 10 mm dan kam bo‘lmagan metall varaqlaridan yasalgan bo‘lishi
kerak.
Dvigatellar ishlayotgan vaqtda, ular o‘rnatilgan xonada turish, agar ular xonadan
tashqarida o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning oldida turish man etiladi.
391. Ko‘mir vagonag‘dargichli qabul qilish-tushirish qurilmalarining bunkerlari
panjaralarida qo‘l bilan maydalanganda, katak o‘lchamlari 240x240 mm dan ortiq bo‘lsa,
ishlar har safar ish oldidan o‘rnatiladigan to‘siqli maxsus to‘shamalardan turib
bajarilishi kerak. Bunda straxovka arqonlari bo‘lgan saqlagich belbog‘larini qo‘llash
majburiydir.
Muzlab qolgan ko‘mir, slanets va torfning katta bo‘laklarini qo‘lda maydalanganda ZP
turdagi rangsiz oynali yopiq turidagi himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish kerak.
Ko‘mirni qatlam bo‘ylab urib (parchalab)
maydalash kerak, bunda ish oson bo‘ladi va
kam bo‘laklar otilib chiqadi.
Qabul qiluvchi tushirish qurilmalari bunkerlarining panjaralari soz holda bo‘lishi kerak.
392. Xodimlarni bunker panjarasiga qo‘yishga faqat vagonag‘dargichning elektr dvigateli
va maydalash-frezer mashinasi tarmoqdan uzilganidan keyin ijozat beriladi.
Uskunalarning boshqarish pulti kalitlarida “Ulanmasin - odamlar ishlamoqda” xavfsizlik
belgilari osib qo‘yilishi kerak.
Maydalash-frezer mashinasining ishchi zonasi tomonidan vagonag‘dargich xonasi orqali
o‘tish joylari balandligi 2 m dan past bo‘lmagan to‘r bilan to‘silishi kerak (kataklarning
o‘lchovi 20x20 mm).
393. Vagonag‘dargichda vagonag‘dargichni boshqarish shchitidagi ishga tushirish kaliti
bilan blokirovka qilingan tovush va nur signalizatsiyasi bo‘lishi kerak.
394. Vagonag‘dargichda vagonlardan yuk tushirilayotganda changni bosuvchi va
changni chiqarib tashlovchi tizimlar tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak.
395. Vagonag‘dargichni vagonsiz ag‘darilayotganda vibratorlarni tarmoqqa ulash man
etildi.
396. Vagonag‘dargichda vagonni ag‘darish uni platformada to‘g‘ri o‘rnatilganligi va
rotorda, panjaralarda, bunkerlarda va vagonag‘dargichning platformasida odamlar
yo‘qligi tekshirilgandan keyin ruxsat beriladi. Vagonag‘dargichga nosoz vagonlarni
o‘rnatish va ag‘darish man etiladi.
397. Vagonag‘dargichlarni va boshqa mexanizmlarni ko‘rib chiqish, ta’mirlash va
moylash ishlari faqat uskunalar to‘xtatilganda va elektr dvigatelning elektr sxemasi
qismlariga ajratilgandan keyin bajarilishi kerak.
398. Sostavlarni yuk tushirishiga keltirilishi va ularni chiqarilishi, vagonag‘dargichdan
ayrim vagonlarni itarib chiqarilayotganda va lokomotiv qabul qiluvchi-tushirish
qurilmalariga yaqinlashayotgani to‘g‘risida tovush signalizatsiyasi
yoki radiokarnay
orqali xodimlarni ogohlantirish kerak.
Signal uzoq vaqt, sostav yoki vagon to‘liq to‘xtatilguncha bo‘lishi kerak.
399. Vagonag‘dargichni unda vagon tozalanayotganda xato qilib tarmoqqa ulanishini
oldini olish uchun, 90° ga qayirilgan vagonga odamlar kirishi joyidagi
vagonag‘dargichning boshqarish zanjirlari, vagonag‘dargich mashinisti yordamchisining
ishchi joyida joylashgan uzgich bilan ajratib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Uzgichda va
masofadan boshqarish kalitlarida “Ulanmasin-odamlar ishlamoqda” xavfsizlik plakati
yoki belgilari osib qo‘yilishi kerak.
400. Vagonag‘dargichda vagonni tozalash faqat butun vagon bo‘ylab unga odamlar
kiradigan tomonda vaqtinchalik panjaralar (tortib qo‘yilgan arqon) o‘rnatilgandan va
vagonlarning yon tomonidagi eshiklar ishonchli mustahkamlanganidan keyin ruxsat
beriladi.
Rotorli vagon ag‘dargichda turgan vagonga ko‘prikcha bo‘yicha kirish kerak.
401. Vagonag‘dargichni ishga ulanishda, shuningdek, yuki
tushirilgan vagonni undan
itarib chiqarilishida vagonag‘dargich mashinistining yordamchisi ogohlantiruvchi signal
berishi kerak.
402. Vagonitargich ishdan chiqqan vaziyatda vagonag‘dargichga vagonlarni,
vagonitargichning trolley simlari tarmoqdan uzilishi sharti bilan, lokomotiv bilan
berishga ruxsat beriladi. Vagonag‘dargich oldida joylashtirilgan va ishlash rejimida
bo‘lgan isitish qurilmasiga lokomotivning kirishi man etiladi.
403. Yuk tushirilgan vagonlarni chiqarilishi oldidan xodimlar xavfsiz masofaga
chiqarilishi va harakat qilishga xalaqit berayotgan narsalar olib qo‘yilishi shart.
Lokomotiv vagonlarga yaqinlashayotganda va ular jo‘natilayotganda ogohlantiruvchi
signal berilishi shart.
404. Vagonlarga, ular vagonag‘dargich yordamida bo‘shatilgandan keyin texnik xizmat
ko‘rsatishni (tushib qolgan avtoildirish mayatnikli osmalarni, tormoz kolodkalari va
cheklarni o‘rnatish, lyuklar va ularni
yopuvchi qurilmalarni yopish, tormoz yenglarini
biriktirish, buksalarga moyni quyish va b.) shu maqsadda jihozlangan jo‘natish yo‘llarida
(ko‘rgazmali, ekipirovkalash) bajarish kerak.
405. Vagonag‘dargich orqasida bo‘sh vagonlarni yig‘ish yo‘llarida vagonlarga xizmat
ko‘rsatish zarur bo‘lsa quyidagilarga rioya qilish kerak:
ishchi zonasini doimo toza tutish, yoqilg‘idan, axlatdan, quyilib ketgan moydan va
boshqalardan tozalab turish;
vagonlar o‘zidan-o‘zi siljishini oldini olish uchun vagonning skatlari tagiga tormoz
boshmoqlarini qo‘yish;
alohida
guruhlarda
va
sostavlarda
turgan
vagonlarning
avtoildirgichi
ta’mirlanayotganda, vagonlarni kamida 5 m masofaga ajratish va ajratilgan
vagonlarning tagiga oraliq tomonga albatta tormoz boshmoqlarini qo‘yish.
406. Vagon harakat qilayotganda va manevr ishlari bajarilayotganda nosozliklarni
bartaraf etish va buksalarga moy quyish man etiladi.
407. Vagonlardan qo‘l bilan yoqilg‘i namunasini olish faqat vagon ajratilgan va
lokomotiv kamida 5 m masofaga olingan
va vagonlar ketib qolishidan
mustahkamlangandan keyin bajarilishi shart.
Yoqilg‘i namunasini olish uchun vagonga undagi mavjud skobalar yoki tirama narvon
bo‘ylab chiqish kerak.