307. Tushiriladigan izolatsiya materiallari balandligi 1,2 m dan baland bo‘lmagan
to‘plarga taxlanishi kerak. Sochiladigan materiallarni faqat to‘pning ustidan olish kerak.
308. Izolatsiya materiallarini yuqoriga yetkazib berish mexanizatsiyalangan bo‘lishi
kerak.
Changlanadigan izolatsiya materiallari, mineral yoki shisha paxtasi ishlash joyiga
konteynerlar yoki paketlarda, ularni changlanishiga yo‘l qo‘yilmas shartlarga rioya qilib
yetkazib berish kerak.
309. Izolatsiya va qoplamalar qismlarga ajratilayotganda,
quvurlar devorlariga va
uskunalarga urish man etiladi.
Izolatsiyani himoyalovchi ko‘zoynaklarda va faqat yuqoridan pastga qarab qismlarga
ajratish kerak.
Qismlarga ajratilayotgan izolatsiya chang chiqarishini oldini olish uchun uni namlash
kerak.
310. Tunuka va stekloplastiklarni bichishda va kesishda, ularning g‘adiri va o‘tkir
qirralari bilan qo‘llarni kesib yuborishdan ehtiyot bo‘lish kerak.
Ishlayotgan qaychilarning tig‘i yaqinida qo‘llarni tutish man etiladi.
311. Izolatsiya materiallarini pnevmatik uzatishni boshlashdan oldin qorishmani
pnevmatik uzatish qurilmasi sozligi to‘g‘risida ishonch hosil qilish kerak.
Qurilmaning
nosoz elementlari bilan, shuningdek, uzatuvchi havoning bosimini ko‘rsatuvchi
manometrlar bo‘lmasa yoki ular nosoz bo‘lganda ishlash man etladi.
Qorishma yoki mastika uzatiladigan shlanglarni qayirib egish man etiladi.
312. Qorishmalarni uzatuvchi quvurlar montaj qilingandan keyin va keyinchalik har 3
oyda kamida bir marta, ishchi bosimdan 1,5 baravar ortiq bosim bilan gidravlik sinalishi
kerak. Sinash natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi va texnik pasportda qayd
etiladi.
313. Bosim ostidagi qorishma quvurlarini ta’mirlash, shuningdek, ularning flanetsli
birikmalarini tortib qo‘yish man etiladi.
314. Agar qorishma quvurlarining birikmalari (tutashlari) orqali o‘tmay qolsa,
kompressorni tarmoqdan uzish, nosoz uzelni qismlarga ajratish va hosil bo‘lgan tiqinni
olib tashlash kerak. Qorishma quvurni tiqinni bartaraf
etish maqsadida urib chiqish
man etiladi.
315. Qorishtirgich barabanini tozalash uchun rubilnik uzilishi va qorishtirgich elektr
dvigatelidan saqlagichlar olib qo‘yilishi kerak; rubilnikda “Ulanmasin odamlar
ishlamoqda” xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi kerak.
Qorishtirgich ishlayotganda uning barabaniga qo‘llarni tiqish, shuningdek harakat
vaqtida bu barabanni yuksizlantirish man etiladi. Qorishtirma qorishtirgichning
barabanlari o‘lchamlari 70 x 70 mm dan ortiq bo‘lmagan himoya to‘ri
bilan yopilgan
bo‘lishi kerak.
Qorishtirgichning yuklanish kovshi uchun chuqurchani tozalash uchun faqat kovsh
ko‘tarilgan holatda fiksatsiya qilingandan keyin ruxsat etiladi. Ko‘tarilgan va fiksatsiya
qilinmagan kovsh tagida ishchilar turishi man etiladi.
316. Qorishma quvuri puflanayotganda va tozalanayotganda himoyalovchi ko‘zoynagida
ishlash zarur.
Qorishtirgichni siqilgan havo bilan puflash vaqtida ushbu ishni bevosita
bajarayotganlardan tashqari barcha xodimlar puflash zonasidan kamida 10 m
masofagacha chiqarilishi kerak.
317. 1,3 m va undan yuqorida joylashtirilgan uskunalarni izolatsiyalash uchun mazkur
Qoidalarning III bobining 6-paragrafi talablariga muvofiq havozalar o‘rnatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: