Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


§ 8. Uskunalarni defektoskopiya qilishda xavfsizlik choralari



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

§ 8. Uskunalarni defektoskopiya qilishda xavfsizlik choralari
252. Defektoskopiya bo‘yicha ishlarga, ishlarni xavfsiz olib borish va shaxsiy gigiyena
qoidalari bo‘yicha o‘qitilgan va “Bilimlari tekshirilishi haqidagi guvohnomada” ushbu
ishlarni bajarishga huquqi borligi to‘g‘risida belgiga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat
etiladi.
253. Radioizotopli defektoskoplardan foydalanib bajariladigan barcha turdagi ishlar
radioizotopli defektoskopiya bo‘yicha sanitariya me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi
shart.
§ 9. Yer ostidagi inshootlarda va rezervuarlarda ishlash
254. Barcha yer ostidagi inshootlarda ishlashga ruxsat berishdan oldin bevosita ish
zonasidagi havoning tarkibida eng ko‘p bo‘lish ehtimoliga ega bo‘lgan zararli
moddalarning borligi tekshirilishi shart.
Yer ostidagi gaz quvurlarining yaqinida (undan ikki tomonga 15 m gacha masofada)
joylashgan yer ostidagi inshootlar uchun tekshirish muddatlari, ularga xizmat ko‘rsatish
va ularga odamlarni tushirish tartibi korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan
yo‘riqnoma bilan belgilangan bo‘lishi shart.
Gaz quvuriga yondosh bo‘lgan inshootlarning birida gaz borligi aniqlansa, ularni
shamollatish choralari ko‘rilishi shart. Shu bilan birga, qo‘shimcha ravishda, gaz
quvuridan 50 m radius masofadagi yer ostidagi qolgan inshootlarda gaz mavjudligi
tekshirilishi shart.
255. Yer ostidagi inshootlarda tez-tez uchrab turadigan portlash xavfi bo‘lgan va zararli
gazlarning tavsiflari mazkur Qoidalarning 10-ilovasida keltirilgan.
256. Har bir sexda (rayonda, uchastkada) gaz xavfi bor yer osti inshootlarining ro‘yxati
sex (rayon, uchastka) xodimlariga ma’lum qilinadi. Ro‘yxat sexda (rayonda, uchastkada)
ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi shart.


Barcha yer ostidagi gaz xavfi bor inshootlar texnologik sxemada va marshrut kartasida
belgilangan bo‘lishi shart. Gaz xavfi bor yer ostidagi inshootlarning lyuklari bo‘yalgan
bo‘lishi shart (lyukning ikkinchi qopqog‘ini yoki uning silindrli qismini sariq rangga
bo‘yash tavsiya etiladi).
257. Yer ostidagi inshootning yoki rezervuarning havosida eng ko‘p bo‘lishi ehtimoliga
ega bo‘lgan zararli moddalar borligini gazoanalizator asbobi bilan aniqlash kerak. Havo
namunasini yer ostidagi inshootga yoki rezervuarga tushiriladigan shlang yordamida
olish kerak.
Yer ostidagi inshootning yoki rezervuarning havosida kislorod yetarligi ekanligini
aniqlash uchun gazdan xavfsiz bo‘lgan benzinli LBVK lampasini qo‘llashga ruxsat etiladi.
LBVK lampasi bilan ishlash zavod yo‘riqnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
258. Havo namunalarini yer ostidagi inshoot yoki rezervuarlarning eng yomon
ventilatsiyalanadigan yuqori va pastki qismlaridan olish kerak. Namuna yuqori zonadan
olinayotganda shlang uchini ichkariga 20—30 cm masofaga tushirish kerak. Bu holda
havodan zichligi kam bo‘lgan zararli moddalar mavjudligini aniqlash mumkin. Havodan
og‘ir bo‘lgan zararli moddalar mavjudligini aniqlash uchun yer ostidagi inshootning
pastki zonasidan havo namunasini olish kerak, buning uchun shlangning uchi poldan
(tuproqdan) dan ortiq bo‘lmagan masofaga tushirilishi kerak.
259. Havo namunasini olish uchun yer ostidagi inshootlar va rezervuarlarga tushish
man etiladi.
260. Yer ostidagi inshootda va rezervuarda ish boshlashdan oldin va ish davomida ularni
tabiiy va majburiy shamollatilishini ta’minlash shart.
Kameralar va kanallarni tabiiy shamollatish kamida ikkita lyukni ochish, hamda
ularning oldida havo oqimini yo‘naltiruvchi maxsus to‘siqlarni o‘rnatish bilan tashkil
qilinadi.
Yer ostidagi inshootda va rezervuarning havosida zararli moddalar mavjudligida yoki
ulardagi havo harorati 33°S dan yuqori bo‘lganda, majburiy shamollatish amalga
oshirilishi kerak.
Majburiy shamollatish ko‘chma ventilyator yoki kompressor bilan yer ostidagi inshoot
va rezervuarlardagi havoni 10 — 15 min davomida to‘liq almashtirish yo‘li bilan
ta’minlanishi mumkin. Yer ostidagi inshootga tushirilgan ventilyatorning shlangi pol
sathigacha 25 — 30 cm ga etmasligi kerak.
Agar tabiiy va majburiy shamollatish zararli moddalarni to‘liq chiqarib tashlashni
ta’minlamasa, yer ostidagi inshootga yoki rezervuarga faqat shlangli gaz niqobida
tushishga ruxsat beriladi.
261. Yer ostidagi inshootni yoki rezervuarni kislorod bilan shamollatish man etiladi.
262. Transport yuradigan yo‘l qismida joylashgan yer ostidagi inshootlarning ochiq
lyuklaridan kamida 10 — 15 m masofada transport harakat qiladigan ikkala tomonga
ogohlantiruvchi belgi o‘rnatilishi shart. Aholi turadigan punktlardan tashqarida, ish
o‘tkazilayotgan joydan 50 m dan kam bo‘lmagan masofada, transport harakat qilayotgan
tomonda qo‘shimcha ogohlantiruvchi yo‘l belgisi o‘rnatiladi. Ish bajarilayotgan joy to‘sib
qo‘yilgan bo‘lishi shart. Sutkaning qorong‘i vaqtida va ko‘rinish sharoiti yetarli
bo‘lmaganda, ogohlantiruvchi yo‘l belgilari, shuningdek ish bajarilayotgan joy yonidagi
to‘siqlar 42 Vdan yuqori bo‘lmagan kuchlanishli lampalar bilan yoritilgan bo‘lishi shart.
To‘silgan zona qish vaqtida qordan va muzdan tozalangan hamda ustidan qum sepilgan
bo‘lishi shart.
263. Yer ostidagi inshootlarda va rezervuarlarda ishlashga xodimlarga ruxsat berishdan
oldin, ular orqali gaz, kislota va boshqa agressiv moddalar tushishi ehtimoli bor
quvurlar uzilgan bo‘lishi shart va ularning flanetsli birikmalarida tiqinlar o‘rnatilishi,
yopilgan berkituvchi armaturalarda esa “Ochilmasin — odamlar ishlamoqda” xavfsizlik
belgilari osib qo‘yilishi kerak.
Yer ostidagi inshootni yoki rezervuarni, ular orqali suv, bug‘, mazut va hokazolar
tushishi ehtimoli bor quvurlardan uzib qo‘yish mazkur Qoidalarning 11-ilovasini 1-


bandiga muvofiq amalga oshirilishi shart.
264. Yer ostidagi inshootni yoki rezervuarning lyukini ochishda shamol tomonida
(shamolga orqa tomon bilan) turish kerak.
265. Yer ostidagi inshootda yoki rezervuarda bo‘lish vaqtini, shuningdek dam olish
(undan chiqish) vaqti davomiyligini ish sharoiti va xarakteriga bog‘liq holda naryad
beruvchi shaxs belgilaydi, buni naryadning “Alohida shartlar” qatorida ko‘rsatib qo‘yadi.
266. Yer ostidagi inshootda yoki rezervuarda (yoqilg‘i va moylar saqlanishi uchun
rezervuarlardan tashqari) havo harorati 33 S dan yuqori bo‘lganda alohida vaziyatlarda
(avariyalarda, agar u odamlar hayotiga, uskunalarning buzilishiga va boshqalarga
xatarli bo‘lsa), ish rahbari ruxsati bilan va uning bevosita rahbarligida xodimlarning
kuyishini oldini olish uchun zarur choralar ko‘rilishi bilan ruxsat beriladi.
Yer ostidagi inshootda yoki rezervuarda havo harorati 33 °S dan yuqori bo‘lganda issiq
maxsus kiyimda ishlash kerak. Yer ostidagi inshootda yoki rezervuarda suyuq muhit
mavjud bo‘lganda rezinali poyabzaldan foydalanish zarur.
267. Yer ostidagi inshootda yoki rezervuarda suv sathi 200 mm dan yuqori bo‘lsa (pol
sathidan), shuningdek suv harorati 45 °S dan yuqori bo‘lsa, ularda ishlash man etiladi.
268. Yer ostidagi inshootda yoki rezervuarda ishlash uchun, shuningdek davriy ko‘rib
chiqish uchun yo‘riqnoma olgan brigada tayinlangan bo‘lishi shart, uning tarkibida
kamida 3 kishi bo‘lishi shart, ulardan ikki kishi lyuk oldida turishi va ishlayotganning
holati va shlangli gaz niqobining havo oluvchi patrubkasini nazorat qilib turishlari
shart. Begona shaxslarga ish joyiga yaqinlashish man etiladi.
269. Yer ostidagi inshootda yoki rezervuarda odam bor bo‘lganda, kuzatib turuvchilar
yer ostidagi inshoot yoki rezervuar lyuki oldidan ketib qolishga va boshqa ishlarga
alaxsishga haqlari yo‘q.
Katta uzunlikka yoki chuqurlikka ega bo‘lgan yer ostidagi inshootda ishlayotganni ko‘z
bilan kuzatib turishning iloji bo‘lmasa, u bilan qabul qilingan signallar (mazkur
Qoidalarning 274-bandiga qarang) yoki telefon yordamida aloqa tashkil etilgan bo‘lishi
shart.
Agar ishlab turgan odam o‘zini yomon his qilib qolgan bo‘lsa, u ishni to‘xtatishi va
yuzaga chiqishi shart, bunda kuzatuvchi yaqinda turgan xodimlarni jalb qilib unga
yordam berishi shart.
Agar jabrlanganning oldiga tushish zarur bo‘lsa, kuzatuvchilardan biri yuqorida qolgan
boshqa kuzatuvchiga qutqarish arqonining bir uchini berish bilan gaz niqobini va
qutqarish kamarini kiyishi shart.
270. Ishni boshlashdan oldin gaz niqobi va shlanglar sozligini tekshirish zarur.
Havoni majburiy beruvchi gaz niqobida, shuningdek havo puflagichi va ularning
yuritmalari ishga yaroqligi tekshirilishi shart.
Gaz niqobi va shlangning germetikligi gaz niqobi kiyilgan holatda shlang uchini qo‘l
bilan qisish yo‘li bilan tekshiriladi. Agar bu holatda nafas olishning ilojisi bo‘lmasa,
dyemak gaz niqobi soz holda.
271. Yer ostidagi inshootga yoki rezervuarga tushishdan oldin, gaz niqobi maskasining
nafas olish klapaniga havoni olib keluvchi gofrlangan shlang beldagi kamarga
mustahkamlangan bo‘lishi shart.
Gaz niqobining havo oluvchi patrubkalari zararli moddalar chiqayotgan yoki chiqishi
mumkin bo‘lgan joydan shamol kelayotgan tomonida joylashtirilgan bo‘lishi kerak va
shunday mustahkamlangan bo‘lishi kerakki, unda tuproq yuzasidan chang so‘rilishi
istisno bo‘lishi shart. Ventilyator yordamida havoni berish imkoniyati bo‘lmaganda,
shlang uzunligi 15 m dan ortiq bo‘lmasligi shart. Shlang keskin egilishlarga ega
bo‘lmasligi yoki biron-narsa bilan qisilmasligi shart.
272. Yer ostidagi inshootda yoki rezervuarda havoni analiz qilish portlashdan
himoyalangan turdagi gazanalizatorini qo‘llash bilan o‘tkazilishi shart, ular yo‘q
bo‘lganda esa - havo namunasini olish va uni inshoot yoki rezervuardan tashqarida
analiz qilish shart.
o


273. Yer ostidagi inshootlarda yoki rezervuar ichida ishlaganda qutqarish kamarlari va
arqonlarini qo‘llash majburiydir.
Qutqarish kamarlarida orqa tomondan yelka kamarlari va ularning kesishishida
qutqarish kamarini bog‘lash uchun halqa bo‘lishi shart. Kamar shunday moslanishi
kerakki, bunda halqa odam kuragidan past bo‘lmagan joyda joylashsin. Elka
kamarlarisiz bel kamarlarini qo‘llash man etiladi. Qutqarish arqonining boshqa uchi
kuzatuvchining qo‘lida bo‘lishi shart.
274. Gaz xavfli yer ostidagi inshootda yoki rezervuarda ishlayotgan va kuzatuvchi
orasida aloqa bog‘lash uchun quyidagi signalizatsiya qo‘llaniladi:
inshootda ishlayotgan odam qutqarish arqonini bir marta tortib qo‘ysa bu “Shlang va
arqonni tort” degani bo‘ladi. Bunda tortishni, kuzatuvchi tomonidan signal (bir tortib
qo‘yish) berilganidan va yer ostidagi gaz xavfli inshoot yoki rezervuardan bir tortish
javob olingandan so‘ng boshlash mumkin. Agar javob qaytib kelmasa, unda faqat shlang
va arqonni emas, balki ishlab turgan odamni ham tortib chiqarishni boshlash kerak,
chunki bir tortish u yiqilganida sodir bo‘lishi mumkin;
ikki marta tortish “Shlang va arqonni tushir” degan signalni bildiradi. Bunday signalni
gazxavfli yer ostidagi inshootda yoki rezervuarda ishlayotgan odam, unga joydan-joyga
o‘tish zarur bo‘lganda beradi;
uch marta tortish “Hamma narsa joyida” deganni bildiradi.
Arqon va shlangni yer ostidagi inshootda yoki rezervuarda turib ishlayotgan tortadi,
shuning uchun kuzatuvchi arqon va shlangni joydan-joyga siljishiga xalaqit bermasligiga
va tushib ketishga yo‘l qo‘ymasdan ushlab turishi shart. Ishlab turgan odam harakatni
to‘xtatganda, u uch marta tortish bilan signal berishi kerak, bu “Hamma narsa joyida”
deganni bildiradi. Kuzatib turuvchi arqon va shlang harakati to‘xtaganda signal
olmagandan keyin, ishlab turgandan bir tortib qo‘yish bilan savol berishi kerak, bunga u
arqonni uch marta tortilishi bilan javob olishi shart;
kuzatuvchi tomonidan qutqarish arqonini bir necha marta qayta tortilishi, gazxavfli yer
ostidagi inshootda yoki rezervuarda ishlayotgan odam lyuk oldiga kelishi yoki yuqoriga
ko‘tarilishi kerakligini anglatadi. Rezervuar ichida ishlab turgan bergan xuddi shunday
signallar uni tortib olishni talab qilayotganini belgilaydi.
275. Kuzatib turuvchilar shamol tomonida joylashishi, ishlab turgan ishchining
ahvolidan vaqti-vaqti bilan xabar olib turishlari va uning signallari bo‘yicha qutqarish
arqoni va shlangni tushirishi yoki tashqariga tortishlari shart.
276. Agar, shamollatishga qaramasdan, asbob zararli moddalar mavjudligini qayd etsa,
unda zararli moddalar kelib turishi bartaraf etilishiga qadar va qayta tekshirish bilan
ular yo‘qligini tasdiqlanishiga qadar yer osti inshootida ishlash man etiladi.
Kuchaytirilgan shamollatish bilan yer ostidagi inshootda zararli moddalar kelib turishini
bartaraf etish mumkin bo‘lmasa, unga faqat shlangli gaz niqobida va mazkur
Qoidalarning 104-bandi talablariga rioya qilgan holda tushish va ishlash lozim. Gaz
xavfli ishlar O‘zbekiston Respublikasining gaz xo‘japigida xavfsizlik qoidalari talablariga
muvofiq bajarilishi shart.
277. Yer osti lyuklarini bevosita qo‘llar bilan, gayka kalitlari va buning uchun
mo‘ljallanmagan boshqa narsalar bilan ochish va yopish man etiladi; buning uchun
uzunligi 500 mm dan kam bo‘lmagan maxsus ilgaklardan foydalanish shart.
278. Ish tugatilgandan keyin lyuklarni yopishdan oldin, ish rahbari va ish boshi yer
ostidagi inshootda yoki rezervuarda bexosdan ishchilardan kimdir yoki materiallar,
asboblar va boshqa narsalar qolib ketmagani to‘g‘risida ishonch hosil qilishlari shart. Yer
ostidagi inshootda yoki rezervuarda ish tugatilganidan keyin lyuklarni ochiq qoldirish
man etiladi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish