287. Aylanadigan mexanizmlarni ta’mirlashga tayyorlanishi naryadda ko‘rsatilgan ish
bajarish shartlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Bunda mexanizm to‘xtatilgan
bo‘lishi shart, mexanizmning elektr dvigatelidan va armaturaning
elektr yuritmasidan
kuchlanishi olib qo‘yilishi kerak, elektr dvigatelning ta’minlovchi kabeli “Elektr
uskunalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga” muvofiq yerga
ulangan yoki biriktiruvchi mufta ajratilgan bo‘lishi kerak.
Aylanadigan mexanizm va elektr dvigatelda bir vaqtda ishlaganda mufta ajratib
qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Muftani ajratishni aylanadigan mexanizmni ta’mirlashga
berilgan naryad bo‘yicha ta’mirlovchi xodimlar amalga oshiradi.
Mexanizmning yopish armaturasini (surilma qopqoqlar,
asboblar, to‘sma qopqoqlar,
ventillar va b.) ishlar xavfsiz bajarilishini ta’minlovchi holatga o‘rnatish kerak.
Armaturani boshqarish yuritmalarining shturvallari zanjir yoki boshqa qurilmalar va
moslamalar yordamida qulfga berkitilishi kerak.
Mexanizmning uzilgan yuritmalari va ishga tushirish
qurilmalaridan kuchlanish
berilishini va yopish armaturalarni ochish-yopishni man etuvchi xavfsizlik belgilari,
ishlar bajariladigan joyda esa — “Shu yerda ishlash” xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi
kerak.
288. Elektr yuritmali aylanuvchi mexanizmlar ta’mirlashga chiqarilayotganda elektr
dvigateldan va elektr yuritmalaridan kuchlanishni olib qo‘yishni elektrotexnik xodimlar
bajarishi kerak.
289. Aylanuvchi mexanizmni ishlatib ko‘rish yoki
muvozanatlashtirish davriga
tarmoqqa ulashda mexanizmning elektr dvigatelini avariyaviy uzish knopkasi ishga
tushirilgan bo‘lishi kerak.
Tarmoqdan avariyaviy uzish knopkasi oldida, kuzatuvchi qo‘yilgan bo‘lishi kerak. U ish
rahbarining signali bo‘yicha mexanizmni tarmoqdan uzishi kerak.
290. Aylanuvchi mexanizmni ishga tushirishdan oldin, shu jumladan ishlatib ko‘rishdan
oldin ham, biriktirish muftasi yig‘ilgan bo‘lishi, harakat qilinadigan barcha qismlarning
to‘siqlari o‘rnatilishi, xavfsizlik belgilari olib qo‘yilishi, asbob va materiallar yig‘ib
olinishi va odamlar ish joyidan chiqarilgan bo‘lishi kerak.
Ish rahbari naryadni sexning smena boshlig‘iga topshirishi kerak. Oraliq naryad
bo‘yicha ishlaganda naryad uni bergan shaxsga topshirilishi kerak.
Mexanizm ishlatib ko‘rilgandan keyin (unda ishlarni davom ettirish zarur bo‘lsa) ish
joyi, naryadda ko‘rsatilgan ishlarni bajarish shartlariga muvofiq yangidan tayyorlanadi.
291. Aylanuvchi mexanizm
rotorini muvozanatlashda, faqat rotor aylanishini oldini
olish bo‘yicha choralar ko‘rilgandan keyin, yuklarni osish mumkin.
292. Maxsus muvozanatlash stanoklarida tutunso‘rg‘ichlar yoki ventilyatorlar rotorlarini
statik muvozanatlashtirishdan oldin rotor yiqilishiga to‘siqlik
qiluvchi tirgaklar
o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
293. Pastga tushuvchi gaz yo‘liga chiqishga ega bo‘lgan ventilyator, tutunso‘rg‘ich ichida
ishlashga faqat ushbu gaz yo‘lini mustahkam to‘shama bilan yopilgandan va rotor
aylanib ketishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilgandan keyin ruxsat berilishi
mumkin.
294. Tortish-puflash mashinalarining rotorlarini chiqarib olish uchun qo‘llanadigan
moslamalar “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining talablariga mos bo‘lishi
kerak. Tortish-puflash mashinalarining rotorlarini chiqarib
olish zonasidan odamlar
chetga chiqarilishi kerak.
295. Tortish-puflash mashinalarida 1,3 m va undan yuqoridagi ta’mirlash ishlari mazkur
Qoidalarning III bobining 6-paragrafi talablariga muvofiq havozalar va to‘shamalardan
amalga oshirilishi shart.
296. Tortish-puflash mashinalarining bronyasi almashtirilayotganda va kurakchalarni
metall bilan suyultirib qoplashda korpus qopqoqlari ochiq bo‘lishi kerak.
297. Ishchi g‘ildiraklarning obechayka faskalarining yuzalarini va kurakchalarni
payvandlashdan oldin tozalash uchun silliqlash mashinalari qo‘llanilganda
tegishlicha
“SSBT. Pnevmatik qo‘l mashinalari. Umumiy xavfsizlik talablari” GOST 12.2.010 va “SSBT.
Qo‘l elektr mashinalari. Ishchi asbobi aylanish harakatli silliqlash, diskali va silliqlash va
yaltiratish mashinalarini sinash usullari va umumiy xavfsizlik talablari” GOST 12.2.013.3
talablariga rioya qilish kerak.
Kurakchalar prixvatkasini ishchi g‘ildirak obechaykasida o‘rnatilgan konduktor
yordamida amalga oshirish shart.
298. Tortish-puflash mashinalarining rotorida bevosita barcha payvandlash ishlari yerga
ulangan rotorda bajarilishi kerak.
299. Tortish-puflash mashinalari kurakchalarini metallni suyultirib qoplashda metall
kuyishidan va elektropayvandlovchiga eritilgan metall tushishidan ehtiyot bo‘lish kerak.
Rotorni chiqarmasdan tegirmon ichidagi bolg‘alar va tortish-puflash
mashinalarining
kurakchalarini suyultirilgan metall bilan qoplashni kerakli havo almashtirilishini
ta’minlovchi ventilatsiya mavjudligida, va elektr xavfsizligi bo‘yicha
III guruhga yoki
undan yuqori guruhga ega bo‘lgan kuzatuvchi nazorati ostida amalga oshirish kerak;
kuzatuvchi tegirmon yoki tortish-puflash mashinaning tashqarisida turishi kerak.
Tegirmon yoki tortish-puflash mashinaning ichida turgan elektrpayvandchi straxovka
arqonli qutqarish belbog‘ida bo‘lishi kerak, arqonni uchi kuzatuvchida bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: