Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


§ 6. Balandlikda, havozada, to‘shamada va boshqa moslamalarda turib ishlash



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

§ 6. Balandlikda, havozada, to‘shamada va boshqa moslamalarda turib ishlash
218. Havozalar, to‘shamalar va boshqa moslamalar “Asbob va moslamalar bilan
ishlaganda xavfsizlik qoidalari” va KMK 3.01.02 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi”, GOST
27321 “Qurilish-montaj ishlari uchun ustunli tirkalgan havozalar”, GOST 24258
“To‘shama vositalari. Umumiy texnik talablar”ga muvofiq bo‘lishlari shart.
219. Balandlikda ishlash uchun mo‘ljallangan havozalar, to‘shamalar va boshqa
moslamalar inventarli bo‘lishi va namunaviy loyihalar bo‘yicha tayyorlanishi shart.
Inventar havozalar, to‘shamalar va kajavalar ishlab chiqargan zavodning (korxonaning)
pasportiga ega bo‘lishi shart.
Noinventar havozalar alohida vaziyatlarda va ularning turg‘unligi, shuningdek ularning
barcha asosiy elementlarining mustahkamligiga hisoblar mavjudligida individual loyiha


bo‘yicha qurilishi mumkin. Loyihada xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi
bo‘yicha muhandis-inspektorning imzosi bo‘lishi shart.
Havozalar loyihasi uni ishlab chiqqan korxona yoki tashkilotning bosh muhandisi,
shuningdek uni ishlab chiqarishga bergan korxona yoki tashkilotning bosh muhandisi
tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
220. Havozalar va to‘shamalar qismlarga ajratiladigan metalldan va yog‘ochdan
bajarilishi mumkin.
Qizigan yuzalar yoki uskunalar elementlari yonida havoza va to‘shamalarni qurish
zarur bo‘lganda, havozalarning yog‘och qismlari yonishdan himoyalangan bo‘lishi shart.
221. Havozalar, to‘shamalar va yuk ko‘tarish maydonchalarga qo‘yiladigan yuklama
loyiha (pasport) bo‘yicha belgilanganidan ortiq bo‘lmasligi shart. Havozalar va
to‘shamalarda yo‘l qo‘yiladigan yuklama ko‘rsatilgan plakatlar va uni joylashtirish
sxemalari bo‘lishi shart.
To‘shamalarda odamlarning bir joyda to‘planib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Havozalarga
qo‘shimcha yuklamalar (materiallarni ko‘tarish uchun mashinalardan, yuk ko‘taruvchi
maydonchalardan va b.) tushirish zarur bo‘lgan hollarda, ularning konstruksiyasida
ushbu yuklamalar hisobga olinishi shart.
222. Havozalar va to‘shamalardagi yopmalar ularning ko‘ndalang reykalariga
mahkamlangan bo‘lishi kerak.
Havozalar va to‘shamalarning yopmalari yer yoki tom sathidan 1,3 m va undan
yuqorida joylashgan bo‘lsa, ular ish to‘shamasidan kamida 1,1 m balandlikda
mustahkamlangan qo‘l ushlagich, bir gorizontal oraliq elementli va balandligi kamida 15
cm bo‘lgan bort taxtasidan iborat ustun va panjarali to‘siqlarga ega bo‘lishi, taxtalar
o‘rtasidagi oraliq 5 mm dan ko‘p bo‘lmasligi shart. Havozalarning va to‘shamalarning
zinalari va qoplamalari vaqti-vaqti bilan ish vaqtida va har kuni ish tugagandan keyin
axlatlardan, qish vaqtida qordan va muzdan tozalanishi va zarur bo‘lganda ularga qum
sepilishi kerak.
223. Demontaj qilinayotgan uskunalarning qismlarini (quvurlar, qoplama qismlari,
izolatsiya va b.) va axlatlarni tepadan tashlab yuborish man etiladi. Uskunalarning
demontaj qilingan qismlari va axlatlarni yopiq qutilarda va konteynerlarda
mexanizatsiyalangan usul bilan yoki yopiq tarnovlardan chiqarib tashlash kerak.
224. Balandligi 4 m va undan yuqori bo‘lgan havozalar faqat ularni komissiya
tomonidan qabul qilinib, dalolatnoma rasmiylashtirilganidan keyin ekspluatatsiyaga
qabul qilinadi.
Agar, ta’mirlashni pudratchi tashkilot o‘zi qurgan havozada bajaradigan bo‘lsa, ularni
pudratchi tashkilot buyrug‘i bilan tayinlangan komissiya ekspluatatsiyaga qabul qiladi.
Bunday vaziyatda komissiyaga pudratchi tashkilotning muhandis-texnik xodimi
rahbarlik qiladi.
Havoza energetika korxonasi tomonidan yoki uning buyurtmasi bo‘yicha pudratchi
tashkilotlardan biri tomonidan qurilgan bo‘lsa, unda havozani korxona bo‘yicha buyruq
bilan tayinlangan va energetika korxonasining muhandis-texnik xodimi rahbarlik
qiladigan komissiya ekspluatatsiyaga qabul qiladi. Komissiya tarkibiga, shuningdek
xodimlari ushbu havozada ishlaydigan boshqa pudratchi ta’mirlovchi tashkilotlarning
vakillari ham kiritiladi.
Havozalarni qabul qilish dalolatnomalarini havozalarni ekspluatatsiyaga qabul
qilayotgan tashkilotning bosh muhandisi tasdiqlaydi. Dalolatnoma umumiy naryad
(naryad) bo‘yicha ish rahbarida saqlanadi. Pudratchi-ta’mirlovchi tashkilot tomonidan
o‘z ehtiyojlari uchun qurilgan havozalarni qabul qilish dalolatnomasini ushbu
tashkilotning uchastka (sex) boshlig‘i tomonidan tasdiqlanishiga ruxsat beriladi.
Dalolatnoma tasdiqlanishiga qadar havozalarda ishlash man etiladi.
225. Havozalarda bir nechta tashkilotlar ishlaganda, ularning holati uchun havozalarni
ekspluatatsiyaga qabul qilgan tashkilot javobgarlik qiladi.


226. Balandligi 4 m gacha bo‘lgan havozalar va to‘shamalar faqat ularni ish rahbari
qabul qilgandan keyin va shakli mazkur Qoidalarning 9-ilovasida ko‘rsatilgan
“Havozalar va to‘shamalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jurnalida” yozib
qo‘yilganidan keyin ekspluatatsiyaga qabul qilishga ruxsat etiladi.
227. Havozalarda bir oy va undan ortiq vaqt ishlanmaganda, shuningdek yomg‘ir
yoqqandan keyin, yoki yilning sovuq davrida havo isigandan keyin, uning asosi
deformatsiyalanganda ular tuzatilishi va qayta qabul qilinishi shart.
228. Ekspluatatsiya qilish jarayonida havozalar har kuni ishlar rahbari tomonidan ko‘rib
chiqilishi va natijalari ko‘rib chiqish jurnalida yozib qo‘yilishi shart.
Naryadlar yoki oraliq naryadlar bo‘yicha bir nechta pudratchi tashkilotlar havozalarda
ishlaganda, naryad yoki oraliq naryadi bo‘yicha har bir ish rahbari har kuni havozalarni
ko‘rib chiqishi va natijalarni ko‘rib chiqish jurnalida yozib qo‘yishi shart.
Jurnal umumiy naryad (naryad) bo‘yicha ish rahbarida saqlanishi shart.
229. Tasodifiy tagliklarda (yashiklar, bochkalar va b.) turib ishlash man etiladi.
230. Qisqa muddatli ishlar bajarilishi zarur bo‘lganda (takelaj qurilmalarini osish va
sh.o‘.) pol sathidan (ish maydonchasidan) 1,3 m balandlikda va undan yuqorida ishlar
to‘shamasiz bajarilayotganda saqlash kamarini qo‘llash majburiydir. Ishchilarga
qayerdan chiqish, saqlash kamarining karabinlarini qayerga ilish to‘g‘risida yo‘riqnoma
berilishi shart.
Saqlash kamarlarida keyingi sinash sanasi ko‘rsatilgan yorliq bo‘lishi shart. Sinash
to‘g‘risida belgi bo‘lmasa, sinash muddati o‘tib ketgan bo‘lsa yoki ko‘rib chiqilayotganda
nuqson borligi aniqlansa, saqlash kamaridan foydalanish man etiladi.
231. Kran ilgagiga osib qo‘yilgan yukni havozalarga urilishining oldini olish uchun,
havozaning bevosita oldida strela qayilishi bilan bir vaqtda yukni ko‘tarish (tushirish)
man etiladi.
Yukni ko‘tarish va to‘shamaga tushirishni minimal tezlikda, ravon, turtkilarsiz amalga
oshirish shart.
232. Havozalarni yig‘ish va qismlarga ajratish naryad bo‘yicha ish boshining rahbarligi
va kuzatuvi ostida bajarilishi shart, bunda ishlarni bajarish loyihasida nazarda tutilgan
ketma-ketlikka rioya qilinishi shart. Havozalarni yig‘ishda va qismlarga ajratishda
naryad bo‘yicha ish rahbari tomonidan ishtirok etuvchi ishchilarga ishlarni olib borish
usuli va ketma-ketligi, hamda xavfsizlik choralari to‘g‘risida yo‘riqnoma berilishi shart.
Havozalar va to‘shamalar o‘rnatilayotgan va qismlarga ajratilayotgan joyga begona
shaxslarning kirishi man etilishi shart.
233. Balandlikda ishlar bajarilayotgan vaqtda pastda o‘tish man etilgan va xavfli zona
to‘silgan bo‘lishi shart.
Panjarali maydonchada ishlayotganda, ulardan asboblar va materiallar tushib
ketishining oldini olish uchun o‘tish joylarida zich taxtali qoplama yopilgan bo‘lishi
shart.
234. Vertikal bo‘yicha ishlar birgalikda bajariladigan bo‘lsa, pastda joylashtirilgan ish
joylari tegishli himoya qurilmalari (to‘shamalar, to‘rlar, to‘sqichlar) bilan jihozlangan
bo‘lishlari shart, ular vertikal bo‘yicha yuqorida joylashgan ish joyidan 6 m dan ortiq
bo‘lmagan masofada o‘rnatilishi shart.
Balandligi 6 m va undan yuqori bo‘lgan havozalarda ish bajarilayotganda kamida ikki
to‘shama bo‘lishi kerak: ishchi (yuqori) va himoyalovchi (pastki), bino va inshootlarga
tiralgan havozalardagi har bir joy, bulardan tashqari, ish to‘shamasidan balandligi
bo‘yicha 2 m dan ortiq masofada joylashgan to‘shama bilan yuqoridan himoyalangan
bo‘lishi kerak.
235. Metall havozalardan 5 m dan kam masofada joylashtirilgan elektr simlari,
havozalar o‘rnatilishi va qismlarga ajratilishi vaqtida toksizlantirilgan va yerga ulangan
yoki qobiqqa kiritilgan yoki demontaj qilingan bo‘lishi shart.
236. Vaqtincha ish bajarilmayotgan havozalar va to‘shamalar ishga yaroqli holda
saqlanishi kerak.


237. Yuqoridagi ishlarni mustaqil bajarishga, yoshi 18 dan kam bo‘lmagan, sog‘lig‘iga
to‘g‘ri keladigan, yuqorida ishlash bo‘yicha kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lgan va
uchinchi tarif razryadidan kam bo‘lmagan tarif razryadiga ega shaxslarga (ishchilar va
muhandis-texnik xodimlarga) ruxsat etiladi. Birinchi marta yuqorida ishlashga ruxsat
berilgan ishchilar 1 yil mobaynida korxona rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan
tajribali ishchilarning bevosita nazorati ostida ishlashi kerak.
238. Balandligi 4 m gacha bo‘lgan kichik hajmli va qisqa muddatli ishlar “Qurilish-
montaj ishlari uchun ustunli tirama havozalar” GOST 27321 talablariga mos bo‘lgan
narvonlardan va qo‘sh oyoqli narvonlardan bajarilishi mumkin.
239. Ko‘chma tirama narvonlarda va qo‘sh oyoqli narvonlarda turib payvandlash
ishlarini, elektr va pnevmatik asboblarni qo‘llash bilan ishlarni bajarish, shuningdek
qurilish-montaj pistoletlari bilan ishlash man etiladi. Bunday ishlarni bajarish uchun
panjara bilan o‘ralgan yuqorisida maydonchali havozalar yoki qo‘sh oyoqli narvonlarni
qo‘llash kerak.
240. Tirama narvon bo‘ylab yukni ko‘tarish va tushirish va unda asboblarni qoldirish
man etiladi.
241. Transport vositalari yoki odamlar tez-tez o‘tib turadigan joylarda tirama narvonda
turib ishlaganda, uchida maxsus uchliklar borligiga qaramay tasodifan itarib yuborilishi
oqibatida yiqilib tushishining oldini olish uchun narvon o‘rnatilgan joyni to‘sish yoki
qo‘riqlab turish kerak. Narvon silliq plitkali polda o‘rnatilganda, uni mustahkamlash
imkoni bo‘lmagan vaziyatda, narvonning asosida uni turg‘un holatda ushlab turish
uchun kaska kiygan ishchi turishi kerak. Boshqa vaziyatlarda narvonni pastda turib qo‘l
bilan ushlab turish man etiladi.
Narvon zinapoyalarida bir kishidan ortiq odam turishi man etiladi.
242. Odamlarni ko‘tarish uchun osma va ko‘chma havozalar va kajavalarni, faqat ular
sinalgandan keyin ekspluatatsiya qilishga ruxsat beriladi.
243. Ko‘chma havozalar va kajavalarni ko‘tarish va tushirish uchun xizmat qiladigan
lebedkalar “Yuk ko‘taruvchi kranlarni tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari”
talablariga muvofiq bo‘lishlari kerak.
244. Troslar (kanatlar) kajavaga yoki ko‘chma havozalarga va lebedkaning barabaniga
biriktirilgan joylarda mahkam mustahkamlangan bo‘lishi kerak. Kajavalar va ko‘chma
havozalarni ko‘tarishda troslarning harakati erkin bo‘lishi kerak. Troslarni chiqib turgan
konstruksiyalarga ishqalanishiga ruxsat berilmaydi. Lebedka va ko‘chma havozalardan
turib ish bajarilmayotgan paytda, ular yerga tushirib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Kajavalar
va havozalar joydan-joyga ko‘chirilganda trosni lebedka barabaniga to‘g‘ri o‘ralishini
nazorat qilib turish kerak.
245. Kajavalar va ko‘chma havozalarni ko‘tarish va tushirish uchun qo‘llaniladigan
lebedkalar, poydevorda mustahkamlangan bo‘lishi yoki ikkilangan ishchi yuklamasida
ularning turg‘unligini ta’minlash uchun ballast bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Ballast
lebedkaning ramasida mahkam mustahkamlangan bo‘lishi shart.
Lebedkalarga begona odamlarning yaqin kelishi man etiladi.
246. Osma kajavalar to‘rt tomondan balandligi 1,2 m dan kam bo‘lmagan to‘siq bilan
o‘ralgan bo‘lishi kerak. Kajava to‘siqlarida eshik o‘rnatish man etiladi.
247. Har kuni ishni boshlashdan oldin kajavalar, ko‘chma havozalar va kanatlarning
holati tekshirilishi va ishchi kanatni uzilish imitatsiyasi bo‘yicha sinov o‘tkazilishi shart.
248. Osma va ko‘chma havozalar, kajavalar, narvonlar va boshqa moslamalar qabul
qilishdagi va davriy sinovlardan o‘tkazilishi shart. Qabul qilishdagi va davriy sinovlar
hajmi va dasturi normativ-texnik hujjatlarda belgilanishi shart.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish