419. Yuklangan va chuqurlashtirilgan otval bilan buldozerni bir joyida qayrilishi man
etiladi.
420. Traktorda (buldozerda) ishlaganda quyidagilar man etiladi:
mashina harakatlanayotganda mashinadan chiqish;
qabul qiluvchi yerosti bunkerlari joylashtirilgan joyda yangi to‘kilgan yoqilg‘i ustiga
chiqish;
qiyalikda va dvigateli ishlab turgan mashinani qoldirib ketish;
shtabelda mashinaga yoqilg‘i quyish va ta’mirlash;
shtabelda olovdan foydalanish;
buldozerning otvalini ko‘tarilgan holatida ko‘rib chiqish;
ishlab turgan koveyerning techkasi ostida ishlash.
421. Shtabel qiyaliklarini katok bilan bostirilayotganda bostirilayotgan joyning tagida
turish man etiladi.
422. Qiyaliklarni bostirish uchun katokni tortilgan trosda tushirish kerak.
423. Ombordan qabul qiluvchi yerosti bunkerlari orqali yoqilg‘ini uzatish jarayonida
buldozerlar va o‘zi yurar skreperlar, ta’minlagichlar yangi to‘kilgan balandligi 2 m dan
ko‘p bo‘lgan yoqilg‘i qatlamda ishlayotgan vaqtida, panjara zonasida bo‘lishi mumkin
emas, chunki yoqilg‘ining to‘satdan o‘pirilib tushishi sodir bo‘lishi mumkin.
424. Buldozer bilan qabul qiluvchi bunkerlarga ombordan yoqilg‘ini uzatish
tugatilgandan so‘ng quyidagilar man etiladi:
bunkerlarni nam ko‘mir bilan to‘ldirilgan holda qoldirish;
ish tugatilgandan keyin bunkerlar bo‘shatilishi va shchitlar bilan berkitilishi yoki quruq
ko‘mir bilan to‘ldirilishi kerak;
bunker atrofida ko‘mir uzatilayotganda hosil bo‘lgan vertikal devorlarni qoldirish.
425. Yer osti ombor bunkerlarga ko‘mir to‘kilganda ularning joylashgan joylari aniq
ko‘riladigan ko‘rsatgich (bayroqli reyka va b.) bilan belgilanishi shart.
426. Qabul qiluvchi bunkerlar orqali ombordan ko‘mirni uzatishni boshlashdan oldin
zichlashib gumbaz hosil bo‘lgani yo‘qligini tekshirish zarur. Zichlashib gumbaz hosil
bo‘lgani aniqlansa, uni bartaraf etish uchun choralar ko‘rish shart.
427. Ombordan ko‘mirni buldozer bilan uzatishda chuqurligi 1,5 m dan ortiq bo‘lgan
transheyalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yoqilg‘i omborida ishlashda mashinalar yurayotgan yo‘llar, ishlar fronti va unga
yondashgan uchastkalarni yetarli darajada ko‘rinishi ta’minlanishi shart.
428. Buldozerlar va skreperlar bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazilayotgan otvallar va
kovshlar transport holatiga ko‘tarilgan bo‘lishi shart.
429. Ishlab turgan dvigatelli mexanizmlarni nazoratsiz qoldirib ketish man etiladi. Agar
ketish zaruriyati bo‘lsa dvigatelni o‘chirish shart.
430. Mexanizmlar va qayta yuklovchi qurilmalar yoki kranni ko‘rib chiqish va ta’mirlash
uchun ishdagi barcha tanaffuslarda bosh trolley simlari va ko‘prikli qayta yuklagichning
rubilniklari yoki kran va boshqa mexanizmlarning rubilniklari uzilgan bo‘lishi shart va
ishga tushirish apparatlarning dastaklari va maxoviklari nol holatiga o‘rnatilishi shart.
Qayta yuklagich, rotor-yuklash mashinasi yoki kran mashinasidan kuchlanishni
olmasdan, shuningdek momaqaldiroq paytida kabinadan chiqish man etiladi.
431. Kabel-kranlar mashinistlari greyfer harakat qiluvchi sostav ustidan o‘tayotganda
greyferni eng yuqori holatiga ko‘tarishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: