445. Techkada tiqilib qolgan yoqilg‘i faqat techka ustida joylashtirilgan tasmali
konveyerlar to‘xtatilgandan keyin, maydonchalardan kovlash teshiklari orqali urib
tushirilishi kerak.
Bu vaqtda kovlash teshigi oldida turish mumkin emas.
446. Osma elektromagnit separatlarini qo‘lda tozalashni to‘xtatilgan konveyerlarda va
separatordan kuchlanish olinganlan so‘ng, qo‘lqoplarda bajarish zarur.
447. Konveyerlar o‘rnatilgan xonalar, estakadalar, bunker galereyalari va yuklarni
tushirish qurilmalarida, u yerdagi uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi yoki yoqilg‘ini
tushirish bilan band bo‘lgan xodimlarga, faqat yurish yo‘laklari bo‘ylab yurishga ruxsat
beriladi.
448. Ishlab turgan konveyerlar ustidan oshib tushish, ularning ustida turli narsalarni
uzatish, shuningdek, ularning ostiga kirish yoki ularning tagidan to‘silmagan va o‘tish
uchun mo‘ljallanmagan joylardan o‘tish man etiladi. Konveyerlar ustidan faqat o‘tish
ko‘prikchalari bo‘ylab o‘tish kerak.
449. Harakat qilib turgan konveyerdan qo‘l bilan namunalarni olish man etiladi.
450. Yoqilg‘ini uzatish xonalarini tozalash mexanizatsiyalangan va tasdiqlangan grafik
bo‘yicha suv bilan yuvish yoki changso‘rg‘ichlarni qo‘llash bilan bajarilishi kerak.
Chang o‘tirib qolishi mumkin bo‘lgan uskunalar va joylarga bemalol kirish ta’minlangan
bo‘lishi shart.
Tortish va yuritmali stansiyalar yordamida (so‘rib oluvchi pnevmoshlanglar va
supurgilar) yoqilg‘ini uzatish trakti konveyerlari ostidagi xonalarni qo‘lda tozalashni
konveyerlar to‘xtatilganda bajarish kerak va boshqarish kalitlarida “Ulanmasin-odamlar
ishlamoqda” xavfsizlik belgilari osilgan bo‘lishi shart.
Gidrotozalash konveyerni to‘xtatmasdan bajariladi.
Tozalanayotgan xonada bo‘lgan xodimlar gidrotozalash boshlanishi to‘g‘risida
ogohlantirilgan bo‘lishi kerak.
451. Harakat qilayotgan konveyer tasmasini qo‘lda tozalash man etiladi.
452. Ta’mirlash, tozalash, moylash va tasma sirpanishini bartaraf etishdan oldin
konveyer to‘xtatilishi, uning elektr sxemasi ajratilgan (ajratgichlar uzilgan, saqlagichlar
olib qo‘yilgan) bo‘lishi shart va boshqarish kalitlarida “Ulanmasin-odamlar ishlamoqda”
xavfsizlik belgisi osilgan bo‘lishi kerak.
453. Estakadalar bo‘ylab harakat qilayotgan vagonlar va vagonetkalarda, kanat yo‘llari
vagonetkalarida bo‘lish, shuningdek, estakadalar relslarida turish man etiladi.
454. Vagon ko‘targichini katakqutisiga o‘rnatilganda uni mavjud bo‘lgan moslama bilan
ishonchli mustahkamlash kerak.
Katakqutining poli va relslari tozaligini nazorat qilib turish kerak.
455. Ko‘targich shaxtalarida va skip chuqurlarida ishlar bajarilayotganda ko‘targich
to‘xtatilgan, uning elektr sxemasi ajratilgan, ishga tushirish qurilmalari esa “Ulanmasin-
odamlar ishlamoqda” xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi shart.
Katakqutisining ustida ishlayotganda u ponalangan bo‘lishi kerak. Elektr dvigatelini
ishga tushirilishini man etuvchi belgi faqat odamlar shaxtadan chiqarilgandan, barcha
asboblar va inventar olib chiqilgandan, katakqutisi bo‘shatilgandan va to‘siqlar joyiga
o‘rnatilgandan keyin olib qo‘yilishi mumkin.
456. Elektr vulkanizatsiya apparatlarida ishlash dielektrik qo‘lqoplar va kalishlarda,
apparat korpusi ishonchli yerga ulangan holda bajarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: